Interiorizatsiya – avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funksiyaning shaxsning ichki funksiyasiga aylanishi.
Akseleratsiya – bolalar va o’smirlarda ma’lum davrlarda somatik va fiziologik o’sishning tezlashuvi.
Yosh – psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situasiyasi mavjud.
Psixik taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar.
Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o’rni o’rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog’chada, maktabda). Ta’lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo’yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi.Biogenetik yo`nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin yetakchi rolni biologik ya’ni irsiy omillar bajaradi.Biogenetik qonunni F. Myuller va E. Gekkel kashf qilgan. Bunday qarashning ko’zga ko’ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko’chiradi. Bu nazariyaga ko’ra ontogenezda bola o’z psixik taraqqiyotida filogenezni insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi.(chaqaloq-faqat sut emizuvchi hayvon, 6 oylikda maymunlar darajasiga yetadi, 2 yoshida oddiy odam, 5 yoshda ibtidoiy gala, maktabga kirgach ibtidoiy davr odami darajasida, 16-18 yoshda hozirgi zamon kishilari darajasiga yetadi deb hisoblaydilar.
Inson zotidagi rivojlanishi bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi. Biologizm tarafdorlaridan Krechmer «Konstitutsion nazariya» yaratgan. Z.Freyd esa shaxsning barcha xatti-xarakatlari instinktlaridan kelib chiqadi deb hisoblaydi. Albatta, biologik omillar inson xulqini belgilovchi birdan bir omil emas.Sotsiogenetik yo’nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni yetakchi deb hisoblaydilar. G’arbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning “Fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |