Bunda mutaxassislar narxga nisbatan asosiy iste’molchilarning munosabati darajasini belgilaydilar, shuningdek, raqiblar bozorga qay darajada tezlik bilan kirib kelishi mumkinligini o‘rganadilar. O‘ziga o‘xshash o‘rinbosarlari bo‘lgan yangi mahsulot taqlidiy yoki moslashtirilgan mahsulot tarzida tasnif etiladi. Bunday hollarda narx siyosati ilgarigi taktikasini davom ettiradi va narx darajasi muqobil tovarlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan sifat va miqdorga qarab o‘zgaradi.

Mahsulotning bozorga kirib kelishi va o‘sishi bosqichidan to‘yinish bosqichiga harakati darajasiga qarab, narxlarni puxta boshqarish narx marketingni strategiyasini amalga oshirishning kaliti hisoblanadi.
Savdo-sotiq faoliyatida marketing mutaxassislari uchun narx belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatidir. «Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o‘rnatib, asta - sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini olish» siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi. Bunda narx qandaydir bir yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa segmentlash natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi. Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p miqdorga etkaziladi. Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlar izlashdir.