2.Jismoniy daqiqa.
Non yopganda.
Non yopganda, non yopganda mening oyim
Issiq kulcha yopar doim
Kulcha juda mazali
Sedanali jizzali
Yegan sari, yegim kelar
Raxmat oyi degim kelar (xarakatlar bilan bajariladi)
3.Mustaxkamlash.
Bolalar “Kuloyim” ertagi esingizdami. Unda o‘gay ona Kuloyimga no‘xot bilan loviyani aralashtirib berib “-Agar shuni ajratsang balga borasan” deydi. Kuloyim xafa bo‘lib qoladi (bolalar xam yuz qiyofalarini o‘zgartirishadi).
-Kelinglar Kuloyimga yordam beramiz. Ularni shakli, rangi so‘raladi.
Aralashgan loviya va no‘xot ajratiladi.
-Barakalla bolajonlar Kuloyim sizlardan juda xursand bo‘ladi (bolalar yuzlarini kulgu xolatiga keltiradilar)
Do'stlaringiz bilan baham: |