1-Bola: Nota o‘zi nima ekan?
Qanday, muxim sir bor unda?
Buni qanday bilsak bo‘lar?
Kim ham bizga buni aytar?
2-bola: Xafadirman men juda ham,
Nota yozuv sirli biram.
Shuncha qilib bilolmayman,
Kalitin hyech topolmayman.
Boshlovchi: Xafa bo‘lma, axir har ishning,
Yechimini topsa bo‘ladi.
Bilib olsang kalitin uning
Bajarishing oson bo‘ladi.
Festivalni boshlagan hamon,
Ular bizga bo‘lishar mehmon.
Savodxonlik qatnashchilari.
Bilimdondir ularning bari.
1-bola. Ular rostdan bilishadimi?
Nota sirin aytishadimi?
Qani-qani to‘rdan o‘tingiz,
Bizga aziz mehmon bo‘lingiz.
Boshlovchi: Bilasizmi bolalar?
Notalar nechta bo‘lar?
Buni tezroq aytish-chun
Ular sahnada turar.
Sol notasi: Chiziq boshida kalit
Notalarni o‘rnatar, misol
U ikkinchi chiziqda
Sol tovushin ko‘rsatar
Do'stlaringiz bilan baham: |