Mavzu: mutal burxonov



Download 99,35 Kb.
bet10/14
Sana21.01.2022
Hajmi99,35 Kb.
#394325
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MUTAL BURXONOV

Harfiy sistema. Amaliyotda tovushlar bugin bilan yozilishidan tashqari, Lotin alfaviti asosida harf bilan yoziladi. Masalan: S D Ye G‘ G A N Do re mi fa sol lya si Xosila pog‘onalarni yozish uchun harflarga qo‘shimcha bo‘g‘inlar ko‘shiladi. Masalan: Is-diyez, cis-do diyez Isis-dubl diyez, des-re bemol Yes-bemol, fisis-fa dubl diyez Yeses-dubl bemol, geses-sol dubl bemol Hamma pog‘onalarda Si bimol dagida qo‘shimcha bo‘g‘in bo‘lmaydi. V yoki b harfi bilan yoziladi. Es bo‘g‘inda unli a va ye harflar uchrasa, talaffuzning qulay bo‘lishi uchun; mi bemol ees o‘rniga yes, lya bemol ayes o‘rniga as yoziladi. Oktavalarni belgilashda harflar ustiga qo‘shimcha qilib raqamlar yoki chiziqlar yoziladi. Katta va kichik oktavalarning tovushi katta yoki kichik harflar bilan yoziladi. Masalan; katta oktavaning lya tovushi katta A harfi bilan kichik oktava kichik a harfi bilan yoziladi. Birinchi oktavada beshinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlar qaysi oktavaga tegishli bo‘lsa, shunday raqam yoki chiziqlar va kichik harflar bilan belgilanadi. Masalan; 1 oktava do tovushi - s yoki s1 2 oktava re tovushi - d yoki d2 3 oktava mi tovushi - ye yoki ye3 4 oktava fa tovushi - f yoki f4 5 oktava do tovushi - s yoki s5 Kontroktava bilan subkontroktava tovushlari qaysi oktavaga tegishli bo‘lsa ostiga yoziladigan shunday raqamlar yoki chiziqlar va katta harflar bilan belgilanadi.

―Nota‖ so‘zi lotincha bo‘lib belgi ma‘nosini bildiradi. Nota yozuvi deb tarixdan yuzaga kelgan maxsus belgi - notalar vositasida tovushlarni yozish sistemasiga aytiladi. Nota belgisi doirachalardan iborat. Tovushlarni cho‘zimiga qarab doirachalarni ichi bo‘sh,bo‘yalgan, tayoqcha (shtil), tayoqchaga dumchalar guruhiga esa qovurg‘achalar qo‘yiladi.

Tovushlarning balandligini aniqlash uchun notalar 5 ta parallel chiziqka joylashtiriladi. Chiziqlar pastdan yuqoriga qarab sanaladi. Nota yo‘lini boshiga vertikal boshlang‘ich chiziq qo‘yiladi.

Notalar nota yo‘lini ustiga, yo‘liga, orasiga va pastiga yoziladi.

Asosiy chiziqlardan tashqari qo‘shimcha chiziqlar ishlatiladi. Qo‘shimcha chiziqlar asosiy chiziqlarni ostiga va ustiga qo‘yiladi .

Ostidagi chiziqlar tepadan pastga qarab sanaladi.Ustidagi chiziqlar pastdan tepaga qarab sanaladi. Tayoqcha yoki shtil uchinchi chiziqdan pastga yozilgan notalarga tepaga qaratib qo‘yiladi. Uchinchi chiziqdan tepaga yozilgan notalarga pastga qaratib qo‘yiladi.

17

NOTA ChO’ZIMI 1) Eng katta cho‘zimli tovush – butun.

2) Butun cho‘zimli tovushning ikki marta qisqargani- yarimtalik.

3) Yarimtalikni ikki marta qisqargani – choraktalik.

4) Chorakning ikki marta qisqargani – nimchorak.

5) Nimchorakning ikki marta qisqargani – o‘n oltitalik.

6) O‘n oltitalikning ikki marta qisqargani — o‘ttiz ikkitalik.

7) O‘ttiz ikkitalikni ikki marta qisqargani- oltmish to‘rtalik

Bulardan ham qisqa notalar kam qo‘llaniladi. Shuningdek ,butun cho‘zimini ikki marta oshirib yoziladigan nota ham kam ishlatiladi. KALITLAR Tovushlarning muayyan balandligi maxsus belgi bilan belgilanadi va bu belgi kalit deb ataladi. Kalit nota yo‘lini boshida asosiy chiziqlarga qo‘yiladi. Ana shu chiziqda joylashgan nota tovush balandligini belgilaydi. Xozirgi zamonga kelib uch xil kalit ko‘llaniladi. 1) Skripka kaliti (sol kaliti)

2) Bas kaliti ( fa kaliti )

3) Alt va Tenor kaliti (do kaliti )

Alt kaliti alt va trombon asboblari uchun ishlatilinadi. Tenor kaliti fagot va trombon asboblari uchun ishlatilinadi. Oldingi davrda kalitlar turi ko‘p bo‘lgan . Do - soprano kaliti 1 - chiziq ustiga qo‘yilgan. 2 - chi chiziqda messo soprano kaliti 5 -chi chiziqda Bariton kaliti joylashgan, bular odam ovozi diapozoniga mos keladi va qo‘shimcha chiziqlari ko‘p bo‘lgan.


Download 99,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish