Monarxiya davlat boshqaruv shakli.
«Monarxiya» atamasi (monos - bir, arxe - hokimiyat) yunoncha so‘z bulib, yakkahokimlik, yagona xukmdor degan ma’noni anglatadi15. Monarxiya boshqaruv shakli sifatida uzining anik yuridik belgilariga ega. Agar oliy davlat hokimiyati bir shaxsning (monarx, kirol, Podsho, imperator, shox, sulton) qo‘lida to‘plangan bulsa va avloddan-avlodga meros kilib koldirilsa, bunday boshqaruv shakli monarxiya deb ataladi.
Monarxiya - bir kshiining hokimiyati. Monarx davlatning jonli timsoli bulib, tashki va ichki siyosat bobida davlat boshlig‘i sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chikadi.
Monarx davlatning barcha ishlarini bir o‘zi xal etmasada, ya’ni davlatda turli davlat organlari, maslaxatchilar, vazirlar, amaldorlar mavjud bulsada, eng muxim, prinsipal davlat ishlari buyicha monarx o‘zi xukm chikaradi. YA’ni u butun hokimiyatning to‘la sohibidir. monarxiyaning asosiy belgilarini kuyidagicha ifodalash mumkin:
monarx davlatni shaxsiylashtiradi;
monarx hokimiyatni yakka o‘zi boshqaradi;
monarx hokimiyati muqaddas deb e’lon kilinadi;
monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir;
hokimiyatni o‘rnatish, kabul kilish (ligitimlashtirshi) ning aloxida tartibi mavjud;
muddatsiz, umrbod boshqaruv;
monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jixatdan javobgar emas, ya’ni monarx mas’uliyatdan ozod kishi xisoblanadi.
Monarxiya tuzumi hukmron bo‘lgan jamiyatda, davlat boshlig‘i xudoning yerdagi vakili deb qaraladi. Masalan, Yaponiya imperatori 1945 yilga qadar quyosh xudosi Amaterasning o‘g‘li deb hisoblangan17. Xozirgi zamonda Podsholarning xudolar avlodidan kelib chiqqanligi hech kimni qiziktirmaydi. Tarixiy manbaalardan bizga ma’lumki, feodal tuzum hukmron bo‘lgan davrda katta yer egalari hokimiyatni egallashga harakat qilib kelishgan. Ayrimlari bu maqsadlariga erishib o‘zlarini oliy xukmron deb e’lon kilganlar.
Demak, hozirgi monarxiya tuzumi saqlanib qolgan davlatlarning xukmdorlari o‘ta feodal tuzum davridan avloddan-avlodga o‘tib kelgan nasl egalari hisoblanadi. Lekin ular hozirgi zamonda oldingi davrdagidek davlat hokimiyatiga ega emaslar. Ammo monaxning millat birligini namoyon etuvchi mavqei xozir ham yuqori baholanmoqda. Masalan, 1946 yilgi Yaponiya Konstitutsiyasining 1-moddasida "Imperator xalq birligi va davlat ramzi hisoblanadi, mustaqil hokimiyatga ega bo‘lgan, xalqning hoxish irodasi uning maqomini belgilab beradi." Shuningdek, 1978 yilgi Ispaniya Konstitutsiyasining 56 moddasida xam millat birligi va davlat hokimiyatining mavjudligi Qirol nomi bilan ataladi. 1707 yilgi Buyuk Britaniyaning Shotlandiya bilan qo‘shilish haqidagi konstitutsiyaviy qonunida ham Qirolichaning ikki davlat hokimiyati tizimidagi tutgan o‘rni belgilab berilgan. Mazkur qonunning 1,2 moddalari Qirolicha xazrati oliyalarining bundan keyingi maqomi ikki oliy davlat birligi ramzi sifatida doimo hokimiyat tepasida bo‘lishi va taxt vorisligi masalalarini mustahkamlab bergan. Bizga tarixiy manbalardan ma’lumki ushbu konstitutsiyaviy akt qabul qilingunga qadar Shotlandiya Qirolligi mavjud bo‘lgan. Bu qonun qabul qilingandan keyin ikki davlat qirolligi birlashib yagona Qirolicha birlashgan Qirollik davlatining ramzi va millat birligi maqomida, ayrim vakolatlari saqlanib qolingan. Masalan Qirolicha jamoa Palatasini tarqatib yuborishi, Bosh Vazir lavozimiga jamoa palatasi vakilidan birortasini ko‘yishi, amnistiya va avf etish to‘g‘risidagi farmonlarini qabul qilishi mumkin.
Eng muhimi shundan iboratki, aksariyat monarxiya tuzumi hukmronlik qilayotgan davlatlarda monaxning maqomi Konstitutsiyada mustahkamlangan bo‘ladi. Lekin, 1931 yil qabul qilingan Belgiya Konstitutsiyasida monax haqidagi tavsifnomalar belgilanmagan.
Eng asosiysi monax vakolatlari, uni Konstitutsiya yoki boshqa qonunlarda belgilanishining ahamiyati yo‘q. Mana shu prinsip asosida monarxiya ko‘rinishidagi davlat shaklini o‘rganamiz va uni tahlil qilamiz.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek monarxiya tuzumi mavjud bo‘lgan mamlakatlarning davlat boshqaruv shakli ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |