Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohatlar Reja


Aralash (yarim Prezidentlik) Respublikasi



Download 102,5 Kb.
bet6/11
Sana28.12.2022
Hajmi102,5 Kb.
#896822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat boshqaruv shakli

Aralash (yarim Prezidentlik) Respublikasi. Bunday shakldagi boshqaruv usuli, Prezidentlik va Parlamentar davlat hokimiyati belgisini ifoda etuvchi Respublika hisoblanadi. Uning tuzilishi turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Prezidentlik-Parlamentar Respublikasi o‘zining tuzilishi boshqaruv shakliga qarab, ma’lum belgilari bilan ajralib turadi.
Alohida olingandabir tomondan o‘ziga xos xususiyatlari bilan kuchli Prezidentlik hokimiyatini namoyon qilsa, ikkinchi tomondan, hukumatning parlament oldidagi siyosiy, javobgarligini mustahkamlaydi, shuning bilan prezidentning parlamentni tarqatib yuborish huquqini ham belgilaydi. Mazkur davlat boshqaruv shaklining o‘rnatilishi, qoida bo‘yicha, u yoki bu davlatning inqirozi tufayli sodir bo‘ladi. Endigina rivojlanish sharoitida iqtisodiy va siyosiy tizimni tartibga solishda, ijro etuvchi hokimiyatning parlament oldidagi javobgarlik ma’suliyati yo‘qolib borayotganda yarim Prezidentlik va yarim Parlamentchilik davlat boshqaruv shakliga o‘tilishi mamlakatda va qonuniy hokimiyatning mustahkamlanishi diktaturaning o‘rnatilishini oldini oladi.
Dunyo mamlakatlari ichiga birinchi marta bunday davlat boshqaruv shaklining o‘rnatilishi 1958 yil qabul qilingan Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi.
Fransiya Respublikasining beshinchi rivojlanish bosqichi, insoniyat tarixida yangi davlat boshqaruv shaklini amalda isbotlab berdi. Fransiya boshqaruv shaklining eng muhim belgisi davlat boshlig‘i prezidentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq tomonidan saylanishi hisoblanadi. Fransiya prezidenti juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, ijroiya hokimiyatga boshchilik qiladi, hukumat raisi hisoblanadi, Bosh Vazirni tayinlaydi va uning taklifi bilan boshqa vazirlarning nomzodini tasdiqlaydi, zarurat tug‘ilganda ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslarini lavozimidan ozod etadi. Fransiya Respublikasining yarim Parlamentchilik ko‘rinishida hokimiyat belgisi shundan iboratki, milliy yig‘ilish va quyi Palata oldida Hukumatning siyosiy javobgarligi hamda Bosh Vazir lavozimining mavjudligidir.
Hozirgi vaqtda juda ko‘p mustamlakachilik tuzumidan ozod bo‘lgan xalqlar o‘z davlat boshqaruv shaklini aralash Respublika tarzida kurmoqdalar. ayniksa Sobiq Ittifoq Respublikalari bunday davlat boshqaruv shakliga o‘tish jarayonlarini boshidan kechirmoqsalar.
O‘zbekiston Respublikasida ham o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, "Respublika parlamenti qonun yaratuvchilik faoliyati bilan faol shug‘ullanmokdaki, u yosh mustaqil davlatning shakllanishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta’minlashga qaratilgandir. Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi shakllanmokda. Prezidentlik boshkaruv usuli - shu tizimning o‘zagidir"11
Hozirgi davrda aralash boshqaruv shaklini tanlagan davlatlar qatoriga Portugaliya, Polsha, Bolgariya, Xorvatiya, Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya kiradi. Shuningdek, Finlyandiya ham tuliq rasmiy xususiyatlari bilan aralash boshqaruvni o‘z hayotiga tadbiq etib bo‘lgan.
Sovet Respublikasi - bunday davlat boshqaruv shakli, sovet tuzumi o‘rnatilgan mamlakatlar hisoblanadi. Ularda hokimiyatning bo‘linishi rad etiladi ya’ni yagona hokimiyat mehnatkash xalqning vakillik organi sovetlarga saylangan vakillari orqali amalga oshirilishini mustahkamlaydi.
Lekin bunday boshqaruv shaklida siyosiy rejim totalitar tuzum o‘rnatish sharoitni yaratib beradi.
Sovet tuzumining o‘rnatilishini dastlabki bosqichi, ma’muriy-hududiy birliklarda vakillik organi Sovetlarni shakllantirish yuqoridan pastga qarab. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti, oblast, rayon, shahar, shaharcha, gosyolka, qishloq va ovul sovetlariga saylovlar nomigagina o‘tkazilar edi. "Qonun chiqaruvchi hokimiyat, rasman Oliy Sovetlarda mujassamlashgan bo‘lsa ham, ijroiya hokimiyati qonun chiqaruvchi organlarga o‘z erkini o‘tkazar va sovetlar tomonidan nazorat qilinishi haqida gag ham bo‘lishi mumkin emas edi".
"SSSR Parchalanib ketdi. 74 yil mobaynida O‘zbekiston taqdiri va ta’minoti Ittifoq qo‘lida edi. Sobiq Ittifoq bu yerdan mahsulot va xom ashyoni olib ketib, bizga suv va havoday zarur narsalarni o‘z ko‘rsatmasi bilan keltirib berardi. Sodda qilib aytganda, Paxta va boshqa boyliklarimiz olib ketilardi, don, shakar, yonilgi va boshqa xalq iste’moli mollari, umuman, hayotimizga, iqtisodiyotimizga va xalq xo‘jaligimizga zarur bo‘lgan mahsulotlar olib kelinardi. Mana birgina misol. Sobiq SSSR Kanada va Amerikadan har yili 40-50 million tonna g‘alla sotib olardi. Shuning hisobidan O‘zbekistonga ham ulush berardi"13. O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi qisqa davri mobaynida g‘alla va boshqa don mahsulotlarini to‘liq o‘zida yetishtiradigan bo‘ldi.
Endi, hozirgi zamonaviy sovet Respublikalari davlat boshqaruvi shaklini taxlil qiladigan bo‘lsak, Vyetnam Xalq Respublikasida, joylarda Sovetlar va Milliy Majlis, Kubada ham huddi shunday.
Hitoy Xalq Demokratik Respublikasida Xalq Vakillik organlari deb atalib siyosiy rejim sotsialistik, davlat rejimi bir muncha demokratiyaviyroq tashkil qilingan. Shuning uchun ham xalqaro munosabatlarda tan olinadi, ya’ni yagona nushada boshqaruv shakli takomillashtirilgan Sovet Respublikalari hisoblanadi.

Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish