Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohatlar Reja



Download 102,5 Kb.
bet5/11
Sana28.12.2022
Hajmi102,5 Kb.
#896822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat boshqaruv shakli

Parlamentar Respublika. Bunday davlat boshqaruv shakli, Parlamentar monarxiya shakliga mos tushadi faqatgina davlat boshlig‘i masalasi bilan bir-biridan ajralib turadi.
Endi, davlat hokimiyati masalallarida vakolatlari cheklangan monarx o‘rnida, prezident faoliyatining qanday tashkil etilishi va yuritilishini kuzatamiz. Parlamentar Respublika shaklida prezident parlament tomonidan saylanishi mumkin yoki alohida tuzilgan kollegiya organida yoxud federatsiya subyektlarining parlament deputatlari tomonidan va boshqa hududiy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining vakillari ishtirokida o‘z lavozimiga quyilishi, turli davlatlarda o‘ziga xos belgilangan xuquqiy mezonlarda bo‘lishi mumkin.
Parlamentar Respublikasida prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlarining belgilanishi, tartib bo‘yicha hukumat tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni prezident boshchiligida hukumat uning vazifasini bajaradi. Masalan, Hindiston Respublikasining 1949 yilda Konstitutsiyasiga quyidagi tartibda 1-qismining 74- moddasiga 42 chi va 44 chi o‘zgartirish kiritildi va unda hukumatning maslahatlariga prezident amal qilishi shart ekanligi ko‘rsatildi.
Parlamentar Respublikaning asosiy belgisi – huddi parlamentar monarxiyaga o‘xshash, hukumatning parlament oldida siyosiy javobgarligidir. Hukumatning bir a’zosiga bildirilgan ishonchsizlik asosan Bosh Vazirga uning butun tarkibi bilan iste’foga chiqish oqibatini keltirib chiqaradi. Hukumat ham quyi palatani tarqatib yuborish haqida prezidentga murojaat etishi mumkin va bunday holatda saylov kunini belgilaydi.
Parlamentar Respublika davlat boshqaruv shaklida ham xuddi parlamentar monarxiya singari ikkita davlat rejimi; paralmentning va hukumatning faoliyati asosiy rol o‘ynaydi. Hakiqiy parlamentar respublika shaklidagi davlatlar jahonda juda kam uchraydi. Bunga faqat Germaniya, Vengriya, Italiya, Hindiston, Chexiya, Slovekiya, Estoniya davlatlarini kiritish mumkin.
Bu davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini kengroq o‘rganish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish asoslariny qarab chiqish zarur bo‘ladi.
Bosh Vazir lavozimining alohida qilib belgilanganligi va uni ijro etuvchi hokimiyatga boshchilik qilishi bilan mamlakatning eng ulug‘ siyosiy arbob sifatida namoyon etadi. Italiya Konstitutsiyasining 89-moddasida; "Prezident tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar haqiqiy emas, agar u hukumat tomonidan javobgarligi ilova qilinmagan bo‘lsa" deb belgilangan.
"Parlamentar Respublikasida hukumat tarkibi har bir parlament saylovlaridan keyin unga saylangan siyosiy partiya vakillaridan iborat tartibda shakllantiriladi. Bosh Vazir parlament tarkibida eng ko‘p saylangan siyosiy partiya yoki blokning rahbari bo‘ladi. Umuman olganda parlamentar Respublika shaklidagi davlat boshqaruvida hukumatni shakllantirishning ikki xil ko‘rinishi ko‘zatiladi. Ulardan birida tartib bo‘yicha Bosh Vazir va boshqa vazirlarni prezident tayinlaydi, shundan keyin prezident parlamentga uni tasdiqlab berishi to‘grisida murojaat qiladi. Agar parlament hukumatga ishonch bildirmasa, prezident parlamentni tarqatib yuborishi mumkin yoki hukumat tarkibini yangidan tuzatadi va parlament tasdig‘iga qo‘yadi. (Italiya Konstitutsiyasi-ning 92, 94-moddalari).
Parlamentar Respublikasining ikkinchi ko‘rinishida Bosh Vazir va boshqa vazirlarning lavozimiga qo‘yilishida prezident parlamentdan rozilik olishi lozim bo‘ladi"9. (GFR Konstitutsiyasining 63, 64-moddalari). Shundan ko‘rinib turibdiki, parlamentar Respublika shaklida davlat hokimiyatining amalga oshirilishi Prezidentlik (dualistik) Respublikasining davlat boshqaruvidan tubdan farq qiladi. Parlamentar Respublikasida qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyatning ajratilishi Prezidentlik (dualistik) Respublikasiga nisbatan belgilanishi ularning o‘zaro kelishuvida nazoratchilik faoliyatini juda ham mukammal ishlangan huquqiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat rejimi parlamentar monarxiya kabi parlamentar Respublikasida siyosiy partiyalarning qanchalik darajada davlat hokimiyati organlarida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. Shuning uchun ham parlamentar shaklidagi davlat boshqaruvida demokratik siyosiy rejim davlat hokimiyatini tashkil etish bobida shunchalik kuchli hisoblanadiki, amalda parlament yoki hukumat tomonidan uni o‘zgartirishning hech ham iloji yo‘q. Bunda asosiy eng kuchli siyosiy partiya qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Demak parlamentar davlat boshqaruv shakli insoniyat rivojining eng yuqori darajada takomillashgan xohish irodasini ifoda etadi. "O‘zbekistonda odamlarning ongini o‘zgartirish, qonunlarni hurmat qiladigan erkin fuqarolarning uyg‘un rivojlangan jamiyatini barpo etish uchun qanchalar yil kerak bo‘ladi. Germaniya, Buyuk Britaniya 1789 yilgi inqilobdan boshlab Fransiya mana shunday jamiyat qurgunicha qancha vaqt ketgan".

Download 102,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish