Dars turi:Yangi bilim beruvchi noan’anaviy dars.
Dars uslubi:Savol-javob, ko’rgazmali o’yinlar.
Darsning borishi: Oltin qoidalar:
— Darsda faol bo’lish;
— Vaqtdan unumli foydalanish;
— O’zaro hurmat;
— O’n barmoq qoidasi;
— O’zgalar fikrini qadrlash;
— Fikrni to’liq bayon etish;
— Yangiliklar sari intilish;
— Rag’batlantirish;
Dars davomida qoidalarda bitilgan da’vatlarga amal qilib boriladi.
Qaysi guruh qoidani buzsa, bahosi 1 balldan pasaytiriladi.
Plakatga yozilgan reja doskaga ilingan bo’ladi.
Dars rejasi: l.Tashkiliy qism:
a) O’quvchilarni darsga hozirlash.
b) Guruhlarga bo’lish.
2. Refleksiya mashg’uloti. (So’z tarkibi. O’zak va o’zakdosh so’zlar haqida).
3. So’zlar qatoridan o’zakdosh bo’lmagan so’zlarni topish.
4. So’zlarga so’z yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’yib, yasama so’zlar hosil qilish.
5. Berilgan so’zlarga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo’shish va ularning vazifasi.
6. «Men kimman» o’yini asosida dam olish daqiqasi.
7. Berilgan so’zlarni bir-biriga bog’lab gap tuzish.
8. Orfografik estafeta.9. Tahlil o’tkazish.
10. Fidbek berish asosida va baholash orqali guruhlarni rag’batlantirish.
Darsning borishi:
O’quvchilarni musiqa asboblari yordamida guruhlarga bo’linadi. Turli xil rangli qog’ozlarga yozilgan «Doira», «Rubob» deb yozilgan so’zlar ularga tarqatib chiqiladi.
Kim qaysi so’zni olgan bo’lsa, o’sha narsaning chalinish harakatini bajarib turadilar.
O’qituvchi tomonidan
«Sherigingizni toping», deb buyruq berilishi bilan «doira» so’zini olganlar — doira chalish harakati orqali, «rubob» so’zini olganlar esa rubob chalish harakati orqali sheriklarini topadilar.
O’qituvchi: — Bolalar, hammangiz darsda iloji boricha g’oliblikni qo’lga kiritishga harakat qilasizlar, deb ishonaman. Darsimiz qanday dars ekan?
O’quvchilar: — Ona tili.
O’qituvchi: — Fanimizni qanday olqishlaymiz? Rubob guruhi:
— Shamol tegib ko’krakka, O’zimizni tanidik. Malham bo’lgan yurakka, So’zimizni tanidik.
Doira guruhi:
— Jannatga atalgan yer — o’zbekniki,
Manglaydan oqqan ter — pok o’zbekniki.
Tangri farzandlari — yer o’zbekniki,
Senikidir Jayxun, Sayxun, Zarafshon — O’zbek, O’zbekiston.
Hamma:
So’zlashamiz biz bunda,
Bizning jon-u dilimiz.
O’zligimiz tanitgan
Bizga ona tilimiz.
Refleksiya mashg’uloti.
— Qani, aziz bolajonlar, o’tilgan «O’zak va o’zakdosh so’zlar» mavzusidan nimani o’rgandingiz? Nimaga qiynaldingiz?, nimani to’liq bilib oldingiz?
Bilimlaringiz asosida «Buterbrot» yasab bering. Qani, qaysi guruh bajaradi?
So’zlar qatoridan o’zakdosh bo’lmagan so’zlarni oppish.
Guruh sardorlari taklif qilinadi va doskaga ilingan ko’rgazmalardan foydalanadilar.
Rubob guruhi: Doira guruhi:
O’roq, Mashinasoz,
O’rtoq, Mashinachi,
O’rim, Mashmasha,
O’roqchi, Mashinali,
O’rmala. Mashinasiz.
So’z yasovchi qo’shimchalardan yasama so’zlar hosil qilish va ularning hosil bo’lishi haqida so’zlash.
O’quvchilar so’zlar qatoridan o’zakdosh bo’lmagan so’zlarni topib, o’chiradilar va tezlik bilan o’zakdosh so’zlardan bittadan gap tuzadilar.
Berilgan so’zlarga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo’shish va ularning vazifasi haqida gapirib berish.
Doira guruhidagi o’quvchilarga «So’z yasovchi qo’shimchalarni ayting va yasama so’zlar tuzing» topshirig’I beriiadi.
Doskaga ilingan ko’rgazmalar asosida berilgan quyidagi so’zlarni bir-biriga bog’lab gap tuzish topshiriladi.
Rubob guruhiga: Hozir, fasli, kelgan, tabiatda, qish.
Doira guruhiga: Boshlangan, hozir, o’lkamizda, sovug’I, qishning.
Orfografik estafeta o’yini o’quvchilarni eslab qolish qobiliyatlarini o’stirish, xatosiz va chiroyli yozish, hamkorlikda ishlash, topshiriqni tez va puxta bajarishga undash maqsadida o’tkaziladi.
O ’yin qoidasi: guruhlarga konvertlar tarqatiladi. Konvert ichida 2 ta «chopar», 1 ta «nazoratchi», 1 ta «muharrir», 1 ta «mirzo» so’zlari yoziladi. Sinf tashqarisida, ya’ni, — yo’lakka kichkinagina matn yozib yopishtiriladi. Choparlar galma-galdan tashqaridan matnni o’qib kelib, mirzoga aytadilar. Mirzo yozib boradi. Nazoratchilar guruhlar ishini kuzatib boradi. Hech kim xalaqit bermasligi kerak. Muharrirlar ikkala guruh ishini almashtirib, tekshiradilar. Bunda xatolar soni va tushib qolgan so’zlar hisobga oiinadi. Yozilgan matnlarda guruh nomlari «Rubob» yoki «Doira» deb yozib qo’yiladi. Jarayon yuzasidan yutuqlar va kamchiliklar asosida guruhlar fikri so’raladi.
So’ng o’quvchilarning olgan bilimlari asosida bilimlar cho’qqisi savolnomasi o’tkaziladi. (O’zlashtirilgan Amalda qo’llayman)
Doskada metoplankartada tog’ shakli ko’rsatilgan tasvir chizilgan bo’ladi. O’quvchilar bugungi dars mashg’ulotidan qaysi biri eng ma’qul bo’lganligi va o’zlashtira olganliklari haqida, qaysi birlarini amalda qo’llay olishlari haqida — bilganlarini yoza boshlaydilar. Javoblarga qarab ikkala tog* to’ldirib boriladi. Javoblar turli shakllarda boMadi.
Masalan: ∆ — So’z yasovchi qo’shimchalarni o’zlashtirdim, refleksiya mashg’uloti ma’qul bo’ldi.
So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga bemalol gap tuza olaman.
Ikkala guruhdan o’zlashtirgan va o’zlashtira olmaganliklari haqida fikrlari so’raladi. Mashg’ulot o’quvchilardan ma’qul tushdimi? Yoki tushmadimi? Deb so’raladi?
Tahlil o’tkazish.
«Bilaman»
|
«Bi1ishni xohlayman»
|
«Bilib oldim»
|
O’zak va o’zakdosh so’zlarni
|
So’z tarkibi haqida to’1iqroq bi1im o1ishni, «Buterbrod» yasashni
|
« M e n k I m m a n » o’yini
|
Tahlil yuzasidan o’quvchilar fikri so’raladi.
Fidbek berish asosida va baholash orqali guruhlarni rag’batlantirish;
Fidbek — qayta oziqlantirish. O’ylab muloqot qilish. Masalan: shirinso’zlik va kelajakka ishonch uyg’otish orqali mag’lub guruhlar ko’nglini ko’tarib qo’yish kerak.
Demak, Fidbek berish orqali ekspertlar va o’quvchi tomonidan guruhlar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |