V. Uyga vazifa:
89- mashq. O’qing. Ertak mazmuniga mos bo’lmagan gaplarni aniqlang. Ularni tushirib qoldirib, qayta o’qing va yozing. Ertakka „Usta Teshaboy”, „Teshaboy va uning uch o’g’li” sarlavhalaridan mosini qo’ying.
Qadim zamonda Teshaboy degan usta o’tgan ekan. Usta yog’ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan.
Teshaboyning uch o’g’li voyaga yetibdi. Bir kuni u o’g’illariga biror buyum yasashga yaramaydigan yog’och keltirishlarini buyuribdi. Biz kitob o’qish uchun kutubxona-ga bordik.
Katta o’g’li bug’uning tumshug’iga o’xshash qurigan shox keltiribdi. Teshaboy undan omoch yasabdi.
O’rtancha o’g’li yo’g’onligi bilakdek keladigan yog’och keltiribdi. Teshaboy undan otiga bo’yinturuq yasabdi. Futbol o’yini qiziqarli o’tdi.
Kenja o’g’li butun terakzorni kezib, keraksiz yog’och topolmabdi. Uyga quruq qaytibdi. Shunda Teshaboy kenja o’g’lidan haqiqiy usta chiqishini aytibdi.
(,,0’zbek xalq ertagi”dan) omoch — hayvonga qo’shib, yer haydaydigan asbob
VI. Darsni yakunlash.
Sana:__________________________
Mavzu: Matn . 90- mashq
Maqsad: a) ta’limiy: Matn haqida bilimlarini mustahkamlash.
b) tarbiyaviy: so’zlashish odobi va madaniyatini shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: nutq va matn haqida bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Darsning uslubi: tushuntirish, mustaqil ish.
Darsning borishi.I.Tashkiliy qism:a) salomlashish;b) davomatni aniqlash;c) darsga tayyorgarlik ko’rish;
d) darsning maqsadini aytish.
II. Uy vazifasini tekshirish.85- mashqni o’quvchilar qanday bajarganligini tekshiraman.
Og’zaki savol- javob o’tkazaman.
1. Nutq qanday shaklda bo’ladi?
A) og’zaki B) yozma D) og’zaki va yozma
2. Nutq nimalardan tuziladi?
A) so’zlardan B) gaplardan D) bo’g’inlardan
3. Berilgan matn nechta gapdan iborat?
Men kitob oldim. U qushlar haqida yozilgan ekan. Maza qilib o’qidim.
A) to’rtta B) uchta D) ikkita
4. Gap nimalardan tuziladi?
’) harflardan B) bo'g'inlardan D) so'zlardan
5. Berilg’n’gap nechta so'zdan’iborat? Gulzorda chiroyti gullar ’childi.
A ) uchta B) to'rtta D) beshta
6. Quyidagi so'zlardan ’o'g'ri tuzilgan gap qaysi qat’rda berilg’n’
Chittak, qo'ndi, ayvonga
A) Qo'ndi ayvonga chittak’
B) Chittak ayvong’ qo'ndi. D) Ayvonga qo'ndi chittak
III. Yangi mavzu bayoni.
’90- mashq. Matnni o'qing. Rasmni kuzating.
KUZ
G’ir-g’ir shamol yeladi, Maktab borar qiz-o’g’il,
Buni hamma biladi. Qo’lda kitob hamda gul.
O’giradi yelga yuz: Oltin oqar daladan,
— Marhamat! Kel, oltin kuz! Tong yorishgan palladan.
Quyosh tushar taftidan, Barg to’kadi daraxtlar.
Qo’rqib qishning aftidan. Hosil yig’ib olinar,
Sarg’ayadi ko’katlar, Qishga zamin solinar.
Shukur Sa’dulla
Do'stlaringiz bilan baham: |