Mavzu: Mustaqillik va ona tili haqida suhbat



Download 14,28 Mb.
bet115/146
Sana19.04.2022
Hajmi14,28 Mb.
#564583
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146
Bog'liq
4 sinf ona tili 1536590792

III. Yangi mavzu bayoni.
403-mashq. O’qing. Matnga ikki-uchta gap qo’shib yozing.
Bahor. Quyosh charaqlab nurini sochmoqda. Uning nuri shunday yoqimliki, undan dov-daraxtlar yayramoqda. Daraxtlar qizg’ish tusga kiryapti. Maysalar nish uryapti. Hamma yoqqa o’t-o’lanlarning yoqimli hidi taralmoqda. Osmonda yakka-yakka oppoq bulutlar quvlashmachoq o’ynashmoqda.
(M. Tursunovdan)
Fe’llarni topib, qaysi zamonda ekanini ayting. Hozirgi zamon qo’shimchasining tagiga chizing.
IV. Mustahkamlash.
404-mashq. O’qing. Fe’llarni topib, zamonini, bo’lishli yoki bo’lishsizligini ayting.
BULBUL
Qo’shni tomondan bir qushning yoqimli ovozi keldi. Qobiljon devorga tirmashdi, lekin chiqolmadi.
— Dada, nega bizning bog’imizga bulbul kelmaydi? — dedi Qobiljon.
— Bulbul sendan qo’rqadi. Axir sen qushlarga kesak otib, mayib qilyapsan, — dedi dadasi.
Qobiljon o’ylanib qoldi.
— Rostdan ham bulbul bizning bog’imizga hech kel-maydimi-a?
O’sha kundan buyon Qobiljon qushlarga kesak otmaydigan bo’ldi. (Hakim Nazirdan)
Hozirgi zamon fe’li qatnashgan gaplarni ko’chiring. Zamon qo’shimchasining tagiga chizing.
V. Uyga vazifa
405- mashq, Ko’rganlaringiz, o’qiganlaringizdan foydalanib, „0’lkamizda bahor” mavzusida hikoya tuzing. Bunda o’tgan zamon va hozirgi zamon fe’llaridan foydalaning. Fe’llarning tagiga chizing.

      1. 13.04.2017 144-dars

Mavzu: Hozirgi zamon fe’li (Mustahkamlash) 406 – mashq
Maqsad: 1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish;
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish.
3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikmani hosil qilish.
Jihozlar: darslik, plakat, chizmalar.
Darsning uslubi: tushuntirish, mustaqil ish.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish;
davomatni aniqlash;
Sinfni darsga tayyorlash;
Darsning maqsadini aytish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani tekshirib, baholayman.
O’quvchilar yozgan hikoyalarini o’qittiraman.
O’lkamizda bahor.
Bahor kelib, kunlar isiy boshladi. Barcha jonivorlar, qushlar, hayvonlar, o’simliklar uyg’ondi.
Dalalarda maysalar ko’kardi. Gullar ochildi. Qirlar bag’ri binafsha, qip-qizil lolaqizg’aldoqlarga burkandi. Qushlar uchib kelmoqda. Ba’zan momaqladiroq gumburlab, chaqmoq chaqnaydi, sharros yomg’ir quyadi.
Bahorning gashti boshqacha-da!
III. Yangi mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash.

  1. mashq. Ertakni o‘qing. So’roqlar yordamida fe’llarni topib, zamonini ayting.

ENG YAXSHI DORI
Safe degan kichkina qizcha o’rmonga bordi. U o’rmonda adashib qoldi. Adashgan Safega bir qushcha yordamlashdi. Qizcha esa qushchani qafasga solib qo’ydi. Qushcha qafasda sayramay qo’ydi.
— Nima uchun sayramayapsan? — so’radi Safe qushchadan.
— Og’ir kasal bo’lib qoldim, meni ozodlik davolaydi. U quvvatimni ham, baxtimni ham qaytib beradi, — deb javob berdi qushcha.
Safe qushcha uchun ozodlik hamma narsadan afzal ekanini tushundi va uni uchirib yubordi.
(„Arab xalq ertagi”dan)

Download 14,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish