VI. Darsni yakunlash. O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:__________________________
Mavzu: Ikki va undan ortiq kishining nutqi. 86-89- mashq
Maqsad: a) ta’limiy: Nutq haqida bilimlarini mustahkamlash.
b) tarbiyaviy: so’zlashish odobi va madaniyatini shakllantirish.
d) rivojlantiruvchi: nutq va matn haqida bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Darsning uslubi: tushuntirish, mustaqil ish.
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism:a) salomlashish;b) davomatni aniqlash;c) darsga tayyorgarlik ko’rish;
d) darsning maqsadini aytish.
II. Uy vazifasini tekshirish.
85- mashqni o’quvchilar qanday bajarganligini tekshiraman.
Og’zaki savol- javob o’tkazaman.
1. Matn nima?
2. NUtq nima?
3. Nutq nima uchun kerak?
4. Undalma nima?
5. Uyushiq bo’laklar deb nimaga aytiladi?
III. Yangi mavzu bayoni.
Matn nutqning yozma shaklidir.
Matn mazmunan o‘zaro bog‘langan gaplardan tuziladi.
Matnni qismlarga bo‘lish, unga sarlavha qo‘yish, reja tuzish mumkin.
86- mashq. O‘qing. Yuqoridagi va quyidagi fikrlarni taqqoslang. Ulardan qaysi biri matn? Nima uchun uni matn deb hisoblaysiz?
Isiriq Sharq va O‘rta Osiyoda ishonchli dori-darmon bo‘lib kelgan. (M. Nabiyev) 2. Savolni o‘z vaqtida, o‘z o‘rnida berishni o‘rganing. 3. Ko‘m-ko‘k bo‘lib turgan yap-roqlar kuzda nega sarg‘ayib qoladi? („Gulxan“dan)
Samarqanddagi Registon ansambli uchta salobatli bi-nodan tashkil topgan. Bular: Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalaridir.
U lug‘bek madrasasi 1471- yili barpo etilgan. Madrasada diniy ilmdan tashqari, turli dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan. Bu yer Ulug‘bek davrida ilm-fanning markazi bo‘lgan. Madrasada Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan. („Gulxan“dan)
Matn nutqning qanday shakli?
IV. Mustahkamlash. 1-топшириқ.
Расмга мос сарлавҳа қўйиб, суҳбат шаклидаги матн тузинг.
2-топшириқ. Қўйилиши лозим бўлган сўзларингизни қуйидагича ёзинг: 1-ром; 2-мўри ва ҳоказолар.
Топшириқ бажарилгач, шу сўзлардан бирини сарлавҳа учун танлаб матн тузинг.
87- mashq. Matnni o’qing. Gaplar o’zaro qanday bog’langan?
FUTBOL O’YINI TARIXIDAN
18-asrda futbol o’yini keng tus oldi. Ba’zan o’yinda har bir tomondan besh yuz kishi maydonga tushardi. To’pni shahar bo’ylab ma’lum bir joyga birinchi eltgan komanda g’olib sanalardi. Qo’y terisidan tikilib, ichiga latta-puttalar to’ldirilgan to’p tepilardi.
Futbolni ingliz qirollari ko’p marta taqiqlaganlar, lekin o’yin davom etaverardi.
19- asrda futbol sport turiga kiritildi va o’n uchta o’yin qoidasi ishlab chiqildi.
Matnni nechta qismga ajratish mumkin? Matnga reja tuzing. Rejangiz asosida matnni qayta hikoyalang.
Do'stlaringiz bilan baham: |