Mavzu: Mustaqilik yilarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo'lgan e'tibor
REJA:
Kirish
ii. Asosiy qisim
Buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʼlgan eʼtibor
2. Qadimgi obidalarimizning tiklanishi
3. Buyuk ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’daniy merosi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi. Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O ‘zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar. 1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi. Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi. 1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi. Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan buyuk vatandoshlarimiz fiqh ilmining bilimdoni, nomi sharq va g‘arbda mashhur bo‘lgan Abul Hasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, kalom ilmining asoschisi Imom Abu Mansur al Motrudiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlab o‘tildi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo‘qotmagan bir paytda – 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi. O‘zbekiston hukumatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991 -ilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari Haj ibodatini ado etishga muvoffaq bo‘lganlarning soni 31.057 kishini tashkil qildi.
1.O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.
Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i darkorligini ta‘kidladi.
2.Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz. yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar, qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi.
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi. Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin bo`ldi
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham xissasini qo`shdi.
2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr — Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
3 Hadis — islom dinida shariat ahkomlarini belgilashda Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi moʻtabar manba hisoblanadi. Hadis Qur’onda umumiy tarzda bayon etilgan masalalarga aniqlik kiritish va ularni izohlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli ham hadis to‘plash, uni tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish ishi Payg‘ambar (s.a.v.) davrida sahobalar tomonidan boshlanib, keyingi davrlarda uning turli usullari, yo‘nalishlari va maktablari vujudga keldi. VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan Markaziy Osiyoga boshqa islom ilmlari qatorida hadis ilmi ham kirib keldi. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa mahalliy xalq orasidan ham ilk muhaddislar — hadislarni to‘plash, tartibga solish va keyingi avlodlarga yetkazish bilan shug‘ullanuvchi ulamolar yetishib chiqdi. “Kitob az-zuhd var-raqoiq” (“Zohidlik va nozik masalalar kitobi”) nomli hadislar to‘plami muallifi Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn al-Muborak ibn Vozih al-Hanzaliy at-Turkiy al-Marvaziy, Abu Muoz Xolid ibn Sulaymon al-Balxiy, Abu Muqotil Hafs ibn Salm Fazoriy Samarqandiy kabilar Markaziy Osiyolik ilk muhaddislar hisoblanadi. Keyinchalik, o‘lkamizdan Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon as-Samarqandiy ad-Dorimiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy, Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Shuayb an-Nasoiy va shu kabi boshqa ko‘plab dunyoga mashhur muhaddislar yetishib chiqdilar. IX asrga kelib islom dinining sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qiluvchilar orasida eng ishonchli deb tan olingan olti moʻtabar hadis to‘plami — Imom Buxoriyning “al-Jome as-sahih” (“Ishonchli hadislar to‘plami”), Muslimning “al-Jome as-sahih”, Abu Dovudning “Sunan” (“Sunnatlar”), Imom Termiziyning “Sunan”, Imom Nasoiyning “as-Sunan al-kubro” (“Ulug‘ sunnatlar”) va Ibn Mojaning “Sunan” asarlari yaratildi. E’tiborlisi shundaki, islom olamida “Sihohi sitta” (“Olti ishonchli to‘plam”) nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu olti to‘plamdan uchtasining muallifi — Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar Markaziy Osiyo vakillari hisoblanadi. Shu bois, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk vatandoshlarimizning boy merosini chuqur o‘rganish, ular tomonidan asos solingan hadis ilmi maktablari faoliyatini qayta tiklash va rivojlantirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Qolaversa, qo‘lyozma fondlarida saqlanayotgan hali dunyo yuzini ko‘rmagan bir qancha qadimiy qo‘lyozmalar mavjud. Ular ustida ilmiy-tadqiqotlar olib borish dolzarb vazifalardan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Hozirgi kunda O‘zbekistonimizning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to‘liq o‘rganilmagan, ular olimlar va o‘z o‘quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o‘rtaga qo‘yayotgan juda ko‘p dolzarb muammolarga javob topish mumkin. Xususan, Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo‘lida birlashishga da’vat etadigan teran ma’noli fikr va g‘oyalar bugun ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Lekin biz ana shunday noyob meros vorislari, shunday boylik egalari bo‘laturib, ularni har tomonlama o‘qish-o‘rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha, yetarli ish qilmaganimizni ham ochiq tan olish kerak”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda qator sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda hamda mavzuga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda ma’lum darajada xizmat qiladi. Binobarin, jahonning turli burchaklarida din niqobi ostida sodir etilayotgan buzg‘unchilik harakatlarining muqaddas dinimiz nomidan amalga oshirilayotgani, bularning oldini olish va allomalarimiz merosini yanada chuqur o‘rganish, ular asosida yangicha fikr va yondashuvdagi tadqiqotlar olib borish zaruratini kuchaytirmoqda. Mazkur yo‘nalishda Movarounnahrda IX asrda yashab, ijod etgan yetuk muhaddis olimlardan Imom Shoshiy nomi bilan tanilgan yurtdoshimiz Abu Sa’id Haysam ibn Kulayb Shoshiyning hayoti, ijodi hamda uning hadis ilmida muhim o‘rin tutgan “al-Musnad al-Kabir” asarining ahamiyatini ochib berish bugungi kunda islomshunos mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Allomaning “al-Musnad al-Kabir” asaridagi odob-axloq, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, imon-e’tiqodga da’vat etuvchi hadislar bilan bir qatorda kishilarni qotillik, razolat, fitna-fasod, zulm kabi illatlardan qaytaruvchi hadislar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi ilmiy merosimizni har tomonlama tadqiq etish, milliy mafkurani shakllanishida, xalqimiz ma’naviyatining yuksalishida o‘rni beqiyos. Yurtimizda diniy soha, xususan diniy ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlarni e’tiborga olganda “Musnad” asaridagi hadislarni tarjima, tadqiq etish va uning natijalari asosida hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimizga, ayniqsa, yosh avlodga yetkazish muhim sanaladi. Binobarin, Imom Shoshiyning “Musnad” asari hadisshunos Mahfuz Rahmon Zaynulloh hamda Homid Abdulloh Mahallaviy tomonidan tadqiq qilinib, nashr ettirilgan. Ammo ushbu nashr arab tilida bo‘lib, o‘zbek tilida bu borada alohida tadqiqot qilinmagan. Qolaversa, Imom Shoshiyning “Musnad” asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasiga taqdim etilishi zarur bo‘lgan asarlardan biri. Zero, ushbu asar ajdodlarimizning hadis ilmining rivojiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi asarlarning eng qadimiylaridan sanaladi. Bir so‘z bilan aytganda, buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy asarlari insoniyatni ezgu ishlar va to‘g‘ri yo‘lga yurishga boshlovchi ezgu chorlovdir. Qaysi davr bo‘lmasin asarlaridagi dolzarblik o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotmaydi. Bil’aks, el-yurt taraqqiyoti, yoshlar kamoloti uchun tengsiz dasturulamal vazifasini o‘tab boraveradi. Shuning uchun ushbu nodir meroslarni o‘qib-o‘rganishimiz, chuqur tadqiq etib, dunyo hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, kelajak avlodlarga yetkazish, buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar sifatida xayrli amallarni bajarish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir.
Yozma meros yodgorliklarini targ‘ib qilish maqsadida institut fondidagi Alisher Navoiy asarlarining XIV–XVI asrlardagi miniatyuralari va boshqa qo‘lyozma kitob bezaklarini o‘z ichiga olgan “Kitobat san’ati durdonalari” nomli kitob-albom nashr etildi. Nashr tadqiqot, miniatyuralarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi tavsiflari bilan ta’minlangan. Institut fondida saqlanayotgan qo‘lyozma merosni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston madaniy merosi” ruknida “Aniq va tabiiy fanlar”, “Islom, falsafa va tasavvuf” hamda “Tarixiy asarlar va hujjatlar” nomli katalog-albomlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop qilindi. Institut xodimlarining mustaqillik yillarida olib borgan tadqiqotlari natijalari asosida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashrlari (1991–2018 yillar)” bibliografiyasi e’lon qilindi. Unga 513 ta kitob va chet elda nashr etilgan 355 ta ilmiy maqola kiritilgan. Bugungi kunda olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida Xorazm Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek astronomiya maktabi vakillarining ilmiy asarlarini nashr qilish ishlari ustida ham qizg‘in tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ko‘p jildlik “Tanlangan asarlar” silsilasini to‘ldirish ishlarining davomi sifatida mazkur silsilaning 4-jildini tashkil qiluvchi, allomaning dorishunoslikka oid “Kitob us-saydana fit tib” (Tabobatda dorishunoslik) kitobining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi hamda shu silsilaning uchta astronomik risola o‘rin olgan yangi — 8-jildi nashr etilishi ko‘zda tutilgan. Abu Ali ibn Sinoga nisbat berilgan arab tilidagi “Qonuncha” asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Jamshid Koshiyning astronomiyaga oid “Ziji xoqoniy” asarining tanqidiy matni va tadqiqi tayyorlanadi. Islomshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlar islom ilmlari bo‘yicha Burhoniddin Marg‘inoniyning hanafiy fiqhiga oid arab tilidagi “At-tajnis val mazid” (“Yangi qo‘shilgan masalalar”) asarining o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi, Abu Hafs Nasafiyning arab tilidagi “Mashori’ ash-sharoi’” (Fiqhiy masalalar) asarining asl matni nashr qilinadi. Institut fondidagi noyob nusxalarning nashri borasida Husayn Voiz Koshifiyning Alisher Navoiy uchun atalgan “Mavohibi Aliyya” nomli asari avtografi faksimile shaklida chop etilishi rejalashtirilgan. Shu o‘rinda O‘zbekiston va O‘mon sultonligi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar natijasida Sharqshunoslik instituti uchun qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etishga mo‘ljallangan, jahon talablariga javob beradigan maxsus bino qurib berilganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Bino qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, raqamlashtirish uchun dunyo standartlaridagi jihozlar va boshqa moddiy-texnik baza bilan ta’minlangan. Albatta, bu institut faoliyatini takomillashtirish va u yerdagi noyob xazinani zamon talablari asosida raqamlashtirishga xizmat qilmoqda. Xalqaro jamoatchilikni allomalarimizning dunyo ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar hamda dunyoning yetakchi olimlarini mazkur yo‘nalishdagi tadqiqot ishlariga jalb etish, beqiyos ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash hamda xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan ishlar haqida so‘zlab bersangiz. Buyuk alloma va shoirlarimiz yaratgan asarlar nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo hamjamiyati madaniy merosi xazinasidan munosib o‘rin egallagan. Manbalarning asosiy qismi O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanadi hamda u haqli ravishda YuNESKOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan. Fondda IX‒XX asrning birinchi yarmida yaratilgan turli soha va mazmundagi asarlar, hujjatlar jamlangan. Shu sababli Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston tarixi, fani va o‘tmish madaniyati bilan shug‘ullanuvchi barcha xorijlik olimlarning eng muhim ilmiy dargohlaridan biriga aylangan. Institut qo‘lyozmalari chet ellik olimlar olib borayotgan ilmiy izlanishlar uchun asosiy tarixiy manba vazifasini o‘taydi. Ularning yakdil fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyoning haqqoniy tarixini institut jamg‘armasidagi birlamchi asarlarsiz tasavvur etish mumkin emas. “Uzbekistan Today” tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomining 13-jildi yaratildi. Unda vatanimizdagi me’moriy yodgorliklar tarixi hamda undagi turli mazmun va xat uslubida bitilgan matnlar talqini o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etildi. Bu turkumdagi nashrlar nafaqat ilmiy-ommabop maqsadda foydalanish, balki turizmni rivojlantirishda ham qo‘l kelmoqda. Sharqshunoslik instituti tegishli tashkilot bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti to‘plami” turkumida “Tarixiy asarlar va hujjatlar”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Badiiy adabiyot”, “Islom, falsafa va tasavvuf” va “Miniatyura va xattotlik namunalari” nomli kitob-albomlarni nashrga topshirdi. 2019 yili avgust oyida “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va tamaddunlar chorrahasi: imperiyalar, dinlar, madaniyatlar” madaniy meros haftaligi doirasida mazkur besh jildlik kitob-albomlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida institut 2017 yili dekabr oyida K.Kekelidze nomidagi Gruziya qo‘lyozmalar milliy markazi, 2019 yili iyun oyida Yaponiyaning Aichi san’at universiteti, iyulida O‘mon Sultonligining Arxivlar boshqarmasi, sentyabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Nodir qo‘lyozmalar va kitoblar milliy markazi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Qo‘lyozmalar vaqt o‘tgani sari o‘z xususiyatini yo‘qotib boraveradi. Shu sababli ularni saqlash choralarini ko‘rish, faksimile nashrlarini tayyorlash, maxsus texnik jihozlar orqali qadimgi kitoblarning elektron shakllarini yaratish, raqamlashtirish zarur. Buning uchun esa fondida qo‘lyozma asarlar mavjud muassasalar moddiy-texnik bazasini boyitish kerak. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalsangiz. Ajdodlar qoldirgan bebaho qo‘lyozmalarni ta’mirlash sohasida yetarlicha malaka, tajriba va ko‘nikmaga ega restavratorlar tarafidan zararlangan qo‘lyozmalar,hujjatlar ta’mirlanib, ularga ikkinchi hayot baxsh etilmoqda. Respublikamizdagi o‘rta asr manbalarini ta’mirlash jarayonini faollashtirish va sifatini oshirish maqsadida institut bazasida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiyasi bo‘yicha xorijiy mutaxassislarning trening kurslari tashkil etilmoqda. Manbalar restavratsiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar ham o‘tkazilib, malakali mutaxassislarning ko‘p yillik tajribalari asosida O‘zbekistonda birinchi marta “Tarixiy hujjatlarning konservatsiyasi va restavratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Chet ellik tadqiqotchilarga qulayliklar yaratish hamda xorijiy tashkilotlardagi biz uchun ahamiyatli qo‘lyozmalar bo‘yicha o‘zaro almashinuvni yo‘lga qo‘yish, qo‘lyozma va nodir manbalarni raqamlashtirish maqsadida eng nodir manbalarning raqamli nusxalari yaratilmoqda. Kelgusida bosqichma-bosqich barcha manbalarning elektron nusxalari yaratiladi. Bu esa nodir manbalarning umrini uzaytirishga xizmat qilish bilan birga, asarlarni boshqa xorijiy markazlarga tanishtirish va ular bilan o‘zaro almashuvini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratadi. Germaniyaning Gerde Xenkel fondi bilan hamkorlikda Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning ingliz tilidagi elektron katalogi yaratildi. Bu katalogdan bugungi kunda dunyoning xohlagan joyidan turib foydalanish mumkin.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida yurtimiz hududidan yetishib chiqqan yetuk daholarning betakror merosini chuqur o‘rganish, ularni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirish borasida qanday ishlarni amalga oshirish zarur? Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekistonda yangi Renessans poydevorini yaratish uchun qanday imkoniyatlar mavjud, deb o‘ylaysiz? Mamlakatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, deb aytdi.
Shubhasiz, bu Uyg‘onish — Uchinchi Renessansda yurtimiz hududidan yetishib chiqqan mutafakkirlarning betakror merosini chuqur o‘rganish, uni doimiy harakatdagi qo‘llanmaga aylantirishning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Darhaqiqat, IX–XI asrlarda Movarounnahrda nafaqat musulmon ma’naviy madaniyati rivojlandi, balki aniq va tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tilshunoslik, mumtoz musiqa, tasviriy san’at, turkiy adabiyotning asoslari yaratildi. Shuning uchun bu davr haqli ravishda Birinchi Uyg‘onish davri deb e’tirof etiladi. Ana shu davrning mahsuli sifatida X asrning oxiri — XI asrning boshlarida Xorazm Ma’mun akademiyasi paydo bo‘ldi. Amir Temur davlatining yuzaga chiqishi nafaqat Movarounnahr, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti, ilmu fanining yuksalishi uchun qulay sharoit yaratdi. Bu davlatning ravnaqi tufayli ona yurtimizda ikkinchi madaniy yuksalish sodir bo‘ldi. O‘lkamizdagi “Oltin davr” deb yuritiladigan ikkinchi madaniy yuksalish haqida gapirganda, ko‘z oldimizda nomi ilmu ma’rifat osmonida yorqin yulduz kabi porlagan Mirzo Ulug‘bek siymosi hamda u bunyod etgan Samarqand rasadxonasi va akademiyasi, ularda faoliyat yuritgan benazir olimlar gavdalanadi.
Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligi namunalari, xususan, Samarqanddagi Shohi Zinda, Go‘ri Amir va Registon majmualari jahon me’morchiligi durdonalari qatorida e’tirof etilgan. Ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ulkan ilmiy-ma’naviy meros keyinchalik jadidlar deb atalib, nomlari dunyoga tanilgan ko‘plab ilm-fan, adabiyot va madaniyat arboblarining yetishib chiqishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qildi.
Buning ma’nosi shuki, tarixiy sharoitlar qanday bo‘lganidan qat’i nazar, xalqimizga xos ulug‘ qadriyatlardan biri — ma’naviy vorisiylik an’anasi hech qachon uzilib qolmagan. Prezidentimizning tantanali marosimda so‘zlagan nutqi ma’naviy-madaniy hayotimizdagi ana shunday burilish nuqtalaridan biri sifatida qaralishi va mamlakatimiz madaniy-ma’naviy hamda ilmiy-texnik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi dasturi sifatida qabul qilinishi lozim. Bugun xalqimizning keng muhokamasiga taqdim etilgan Prezidentimizning “Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy va madaniy merosini nashr etish, keng omma va yosh avlodga sodda, tushunarli shakllarda yetkazish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ularning amaliyotga tatbiq etilishi xalqimizni o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Xulosa
Darhaqiqat, vatanimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli — qadimiy yozma manbalar xalqimizning buyuk ma’naviy boyligidir. Ularni asrab-avaylash, kelajak avlodga beshikast yetkazish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Bahrom ABDUHALIMOV bilan suhbatimiz shu xususda bo‘ldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yuz mingdan ziyod qadimiy qo‘lyozma asar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor. Olim va mutafakkirlarimizning tarixiy merosini chuqur o‘rganish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Darhaqiqat, yurtimiz qadimdan dunyo ilm-fani rivojlangan mintaqalardan biri sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajagidagi o‘rnini juda yaxshi anglagan. Buning yorqin dalili sifatida muhaddislar sultoni — Imom Buxoriy bobomizning o‘n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan fikrlarini keltirish mumkin. Qadimdan qaysiki davlatda hukmdor olimu ulamolarni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, o‘sha yurt, albatta, ravnaq topgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi, Bag‘doddagi “Bayt ul-hikma” yoki temuriylar davri ilm-fani o‘z davrida rivojlanishning yuksak cho‘qqisiga erishgan va hali-hanuz jahon ilm-fani rivojida asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ma’naviy ildizimiz bo‘lmish yozma merosning tadqiqi va talqiniga xolisona yondashuv, boy tariximizning bizga ma’lum va noma’lum sahifalarini yoritishga, tabiiyki, mustaqillik yillarida imkon yaratildi. Keyingi yillarda manbalar tadqiqi va ularni saqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida O‘zFA Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy muassasa etib belgilandi. Mamlakatimiz rahbari O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan yuz mingdan ortiq nodir qo‘lyozmaga dunyo ahli havas qilishini aytdi. Bu, albatta, bizga cheksiz g‘urur bag‘ishlaydi. Shuning bilan birga, zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, o‘tmishda yaratilgan bu nodir qo‘lyozma kitoblarni o‘zbek va xorijiy tillarda bugungi o‘quvchining talabiga mos ravishda nashrga tayyorlash ishlarini jadallashtirishimiz darkor. Ularning chop etilishi xalqimizga o‘tmishning bebaho merosi va madaniyati durdonalari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Institut fondidagi qo‘lyozmalarni mavzu bo‘yicha kataloglashtirish ishlarining davomi sifatida falsafa hamda filologiyaga oid asarlar qo‘lyozmalari kataloglarining dastlabki jildlari tayyorlandi. O‘rta asrlarda yashagan termizlik olimlar tomonidan islom ilmlari, tasavvuf, adabiyot va tibbiyot sohalari bo‘yicha ta’lif etilgan 300 ta asarning 1419 ta ilmiy tavsifidan iborat “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo‘lyozmalari” katalogi chop etildi.
Imom Termiziy markazining tashkil etilishi va respublikada termizlik olimlarning ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlarning faollashgani munosabati bilan Abu Iso Termiziy, Hakim Termiziy, Xoja Samandar Termiziy, Adib Sobir Termiziy kabi olimlarning diniy, didaktik va adabiy mazmundagi asarlari ilk bor o‘zbek tiliga ilmiy izohli tarjima qilinib, to shu kungacha 15 ta kitob shaklida e’lon qilindi.
Yozma meros yodgorliklarini targ‘ib qilish maqsadida institut fondidagi Alisher Navoiy asarlarining XIV–XVI asrlardagi miniatyuralari va boshqa qo‘lyozma kitob bezaklarini o‘z ichiga olgan “Kitobat san’ati durdonalari” nomli kitob-albom nashr etildi. Nashr tadqiqot, miniatyuralarning o‘zbek, ingliz, rus tillaridagi tavsiflari bilan ta’minlangan.
Institut fondida saqlanayotgan qo‘lyozma merosni dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston madaniy merosi” ruknida “Aniq va tabiiy fanlar”, “Islom, falsafa va tasavvuf” hamda “Tarixiy asarlar va hujjatlar” nomli katalog-albomlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop qilindi.
Institut xodimlarining mustaqillik yillarida olib borgan tadqiqotlari natijalari asosida “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashrlari (1991–2018 yillar)” bibliografiyasi e’lon qilindi. Unga 513 ta kitob va chet elda nashr etilgan 355 ta ilmiy maqola kiritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
Ozbekiston tarixi. Milliy istiqlol davri Toshkent- 2007 (Qamariddin Usmonov)
Internet resurslari WWW. Ziyo.net
O’zbekistoning eng yangi tarixi.
Internet resurslari WWW. Arxiv. uz
Do'stlaringiz bilan baham: |