Mavzu: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining tanlanishi, uning asosiy mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari



Download 18,74 Kb.
Sana11.12.2022
Hajmi18,74 Kb.
#883758
Bog'liq
Mavzu Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.

MAVZU: Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining tanlanishi, uning asosiy mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlari.

Mamlakatimiz bundan 28 yil oldin o‘z mustaqilligini e’lon qilib, tarixiy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. O‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan murakkab, ayni paytda sharafli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Vatanimiz ozodligi naqadar mashaqqatli va tinimsiz kurashlar, xalqimizning qanday og‘ir va fidokorona mehnati evaziga qo‘lga kiritilgani, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirgan ishlarimiz, erishgan natijalarimiz beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.


Bu haqda gapirganda, avvalambor mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og‘ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi.
G‘oyat ulkan tabiiy, mineral-xomashyo va mehnat resurslariga, insoniy salohiyatga ega bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi. Bunday sharoitda iqtisodiyotning halokatli ravishda inqirozga yuz tutishi va inflatsiyaning o‘ta keskin darajada o‘sib ketishiga chek qo‘yish, shakllangan xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etar edi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ana shu holatlarning barchasi e’tiborga olinib, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab dunyo tajribasini har tomonlama o‘rganish asosida mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish dasturi ishlab chiqildi. Unda milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish orqali O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan uyg‘un va hamohang rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi
Davlatimiz rahbari “O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li” risolasida xalqimiz bosib o‘tgan milliy taraqqiyot yo‘lini chuqur tahlil etib, bu borada ikki tarixiy davr muhim o‘rin tutganini har tomonlama asoslab bergan edi. Avvalo, o‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 yildan 2000 yilgacha bo‘lgan davr mamlakatimiz va xalqimiz hayotida beqiyos va ulkan, tom ma’noda tarixiy iz qoldirgan davr bo‘ldi.
Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, dunyoda o‘zbek modeli sifatida tan olingan O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, uning afzalliklari haqida jahondagi nufuzli siyosatchi va iqtisodchilar, ekspert va tahlilchilar tomonidan ko‘plab haqqoniy fikrlar, yuksak baholar bildirilgan. Asosiy negizini iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligini nazarda tutadigan pragmatik iqtisodiy siyosat; davlatning bosh islohotchilik vazifasini o‘z zimmasiga olishi; qonun ustuvorligini ta’minlash; kuchli ijtimoiy siyosat olib borish; islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyil tashkil etadigan ushbu taraqqiyot modeli ayniqsa 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘zining naqadar to‘g‘ri ekanini yana bir bor isbotladi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, mamlakatimizning chetdan tiqishtirilgan, “shok terapeyasi” deb atalgan usullardan, “bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi” qabilidagi soxta qarashlardan avvalboshdanoq voz kechib, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor munosabatlariga o‘tishda inqilobiy emas, balki tadrijiy rivojlanish yo‘lini tanlagani bugun o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, “Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, “Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan, bugun ko‘pchilikka yod bo‘lib ketgan hayotiy shiorlar negizida yangi davlat, yangi jamiyat poydevorini barpo etish yo‘lida qanday yutuqlarga erishayotganimizni bugun har qadamda ko‘rish mumkin.
Yurtimizda o‘tgan yillar davomida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va boshqa institutsional tizimlari aynan ana shu tamoyillar negizida shakllanib, faoliyat olib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor dastur va rejalari, jumladan, Inqirozga qarshi choralar dasturi ham shu asosda ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shuning hisobidan biz bugungi kunda sobiq sovet tuzumidan qolgan og‘ir illatlarning xatarli tahdidlarini yengib o‘tish, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan saqlanish uchun ishonchli to‘siq va mustahkam poydevor yaratish bilan birga, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini, aholimizning hayot darajasi va farovonligi uzluksiz oshib borishini ta’minlashga erishmoqdamiz.
Faqat mustaqil taraqqiyot, ijtimoiy-siyosiy tizimdagi chuqur o‘zgarish va islohotlar tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining ana shunday jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lganini bugun har qaysi yurtdoshimiz o‘z hayoti misolida ko‘rmoqda.
Istiqlolimizning eng buyuk yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi. Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy qonunimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari o‘zining aniq ifodasini topgan bo‘lib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qo‘yilgan.
Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi.
Yana bir tarixiy yutug‘imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mamlakatimizda amalda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi o‘rin egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini oshirishning eng muhim omiliga aylandi.
Yurtimizda yoqilg‘i-energetika va g‘alla mustaqilligiga erishishdek muhim strategik maqsadga erishildi. Mamlakatimizning boy mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni izchil amalga oshirish, energetika, neftgaz-kimyo, rangli metallurgiya, ximiya va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya kabi yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan, iqtisodiy taraqqiyotning lokomotivi hisoblangan tarmoqlarning jadal rivojlanishi ta’minlanmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishda uning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilayotgani, yurtimizda eksport salohiyati va eksport mahsulotlari hajmi ortayotgani, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoning oshayotgani, tashqi qarzlar hajmining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda, oltin-valuta zaxiralarining barqaror o‘sib borishi ta’minlanayotgani muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zgalarning havasini uyg‘otayotgan bunday iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni yangilash, demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va butun mamlakatimizni modernizatsiya qilishda jahonda o‘xshashi bo‘lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining joriy etilishi, mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashga davlat tomonidan katta e’tibor berilayotgani ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ijobiy ma’nodagi portlash effektiga olib keldi.
Bugun hech kimdan kam bo‘lmay, zamonaviy bilim va kasb-hunar asoslarini egallab voyaga yetayotgan yigit-qizlarimizning ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarida erishayotgan dastlabki umidbaxsh yutuqlari buni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasini isloh etishga qaratilgan davlat dasturlari va chora-tadbirlar tizimi amalga oshirilgani va aholini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritilgani ham biz uchun oliy qadriyat bo‘lmish inson manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlash joiz.
Albatta, kichik bir maqolada o‘tgan yillar davomida yurtimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli, tom ma’noda tarixiy ishlarning barchasini sanab o‘tish imkonsizdir. Lekin, shu davrda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarining, eng muhim va salmoqli natijalari haqida gapirganda, avvalo Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Asaka va Samarqand avtomobil zavodlari, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi kabi strategik sanoat obyektlarini, o‘nlab to‘qimachilik majmualari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari sohasidagi yuzlab yangi korxonalar va obyektlarni faxr bilan tilga olishimiz tabiiydir.
Shular qatorida mamlakatimizning barcha hudud va mintaqalarini bog‘lab turadigan yagona transport kommunikatsiya tizimi yaratilgani, transmilliy transport yo‘laklari va jahon bozorlariga chiqish imkonini beradigan 694 kilometrlik Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘ hamda 223 kilometrlik Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘l liniyalari, zamonaviy avtomobil yo‘llari, “Navoiy aeroporti” va “Angren” xalqaro logistika markazlari ham mustaqillik davridagi bunyodkorlik ishlarimizning alohida yorqin sahifasini tashkil etadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiyotni isloh qilish, barqaror va mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, jumladan, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va dunyodagi boshqa bir qator yetakchi moliyaviy tashkilotlar tomonidan haqli ravishda e’tirof etilayotgani, hech shubhasiz, barchamizni quvontiradi.
Mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ana shunday g‘oyat keng ko‘lamli ishlarimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, mamlakatimiz oldida iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirish, butun jamiyatimizni yangilash bo‘yicha yanada ulug‘vor vazifalar turganini ham o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
Bizning pirovard maqsadimiz – dunyoning taraqqiy topgan demokratik mamlakatlari qatoridan mustahkam joy egallash, xalqimiz uchun munosib hayot darajasini ta’minlashdan iborat ekan, erishgan barcha yutuq va marralarimizni mustahkamlab, bu yo‘lda belni yanada qattiqroq bog‘lab mehnat qilishimiz talab etilishi tabiiydir.
O‘zining 28 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida qanchadan-qancha sinov va mashaqqatlardan yorug‘ yuz bilan o‘tgan, beqiyos bunyodkorlik salohiyati bilan o‘z yurtini obod va farovon etib kelayotgan mard va mehnatkash xalqimiz bunga har tomonlama qodir ekani barchamizga kuch-g‘ayrat va g‘urur, ertangi kunimizga mustahkam ishonch bag‘ishlaydi.
Download 18,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish