Мавзу: мустақил давлатлар ҳамдўстлиги мамлакатлари иқтисодиёти


O‘zbekistonning Ozarbayjon bilan 1996 - 2003 yilning avgustigacha olib borgan tashqi savdo dinamikasi



Download 193,5 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi193,5 Kb.
#253267
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
o'zbekiston respublikasi qashqi iqtisodiy aloqalar va MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik

O‘zbekistonning Ozarbayjon bilan 1996 - 2003 yilning avgustigacha olib borgan tashqi savdo dinamikasi

mln. doll. AQSH



Ko‘rsatkichlar nomlanishi

1996

1997

1998

1999

2000

2001

2002

2003 8 oy.

Mahsulotlar ayirboshlash

7,9

23,5

5,2

5,1

7,8

12,2

10,7

6,5

Eksport

3,6

3,1

2,3

2,5

3,5

3,7

5,2

4,1

Import

4,3

20,4

3,0

22,6

4,2

8,5

5,5

2,4

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi.

1998 yilning 26 fevralida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzildi. Komissiyaning faoliyati doirasiga nafaqat iqtisodiy xarakterdagi balki TRASEKA loyihasi doirasidagi kommunikatsion masalalar ham, fan va madaniyat sohasidagi hamkorliklar ham kirgan edi.




5.O‘zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan hamkorligining bugungi kundagi istiqbollari

Bugun kunda O‘zbekiston Respublikasi va MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik yuqori bosqichlarga ko‘tarilmoqda. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-sentabr kuni Qirg‘izistonga tashrifi buning yorqin isbotidir. Ikki davlat o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlik asosan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdoiqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi. Muzokaralarda ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. 2017-yilning o‘tgan davrida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foiz o‘sdi1 . Ikki davlat o‘rtasida madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2017-yil fevral oyida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek musiqali akademik drama teatrining Farg‘ona vodiysiga ijodiy safarini, iyun oyida Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri jamoasining O‘sh, O‘zgan, Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlariga ijodiy safarini alohida qayd etish lozim. 2017-yil oktabr oyida Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari, 2018-yil O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi. Bugun O‘zbekistonda 300 mingga yaqin qirg‘iz millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi. Ularning o‘z madaniyati, tili, an’ana va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 6 ta qirg‘iz milliy madaniy markazi faoliyat ko‘rsatmoqda, 56 ta maktabda ta’lim qirg‘iz tilida olib boriladi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari o‘rtasida Qo‘shma bayonot va O‘zbekiston 1 Do’stlik va ishonchga asoslangan hamkorlik // Xalq so’zi. 2017-yil 6-sentabr. Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Andijon va O‘sh, Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida, Soliq qonunchiligiga rioya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida, Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo, ilmiy-texnikaviy hamkorlik, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, Chegaradosh mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi, Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va boshqa muhim hujjatlar imzolandi2 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lganligi katta ahamiyat kasb etdi. Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat hamkorligi 1996-yil 24-dekabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanmoqda. Keyingi bir yilda mamlakatimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojida yangi sahifa ochildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-6 sentabrdagi Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda katta ahamiyatga ega. Unda savdo-iqtisodiyot, transport, energetika, madaniyat sohalarida va chegaralar masalasida imzolangan hujjatlar o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya bu borada muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar yaqinda O‘shda bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi. Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida “O‘zekspomarkaz”da sanoat mahsulotlari 2 Do’stlik va ishonchga asoslangan hamkorlik // Xalq so’zi. 2017-yil 6-sentabr. ko‘rgazmasi va biznes forum tashkil etildi. Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Muhokamalarda transport kommunikatsiyalari sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu ikki mamlakatning iqtisodiy va transit imkoniyatlarini oshirishi, yangi transport yo‘laklari ochish tomonlarga birdek manfaat, qo‘shimcha daromad keltirishi ta’kidlandi. “O‘zbekistonQirg‘iziston-Xitoy” temir yo‘li va “Andijon-O‘sh-Irkeshtom-Qoshg‘ar” avtomobil yo‘li qatnovi bu borada ulkan ahamiyat kasb etadi. Madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari keng. Shu maqsadda ta’lim, fan va texnika sohasida hamkorlik, ta’lim va ilmiy muassasalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar rivojlantirilmoqda. Bu ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, tadqiqotchilar, mutaxassis va talabalar almashinuvi, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish, malaka va ilmiy darajalar masalalari bo‘yicha axborot almashish uchun qulaylik yaratadi. O‘zbekistonda qirg‘iz tilida o‘qitiladigan, Qirg‘izistonda darslar o‘zbek tilida o‘tiladigan maktablar faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston ko‘magida O‘sh shahrida zamonaviy maktab bunyod etilmoqda. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik, do‘stlik, ahil qo‘shnichilik va ishonchni mustahkamlash to‘g‘risida deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hududlari, vazirlik va idoralari o‘rtasidagi hamkorlikka doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi. 2017-yil 10-11kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida sammit o‘tkazildi. Ushbu sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Ushbu sammitda hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ushbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi3 . O‘zbekiston MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 3 Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Sochi sammiti:. // Toshkent oqshomi. 2017-yil 12-oktabr. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan savdoiqtisodiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini ta’kidladi. 2017-yil boshidan buyon O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o‘sgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, Hamdo‘stlik doirasida yangi, aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini qayd etdilar. Transport va kommunikatsiyalar hamkorlikning strategik muhim yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zaro integratsiyalashgan transport tizimlarini rivojlantirish, Hamdo‘stlik mintaqasining ulkan tranzit salohiyatidan to‘la foydalanish barcha uchun manfaatli hisoblanadi. Ma’muriy jarayonlarni takomillashtirish va o‘zaro imtiyozlar berish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasidagi imkoniyatlar ham to‘la ishga solinmagani, bu imkoniyarlarni tahlil qilish va aniqchora tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. MDH mamlakatlari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘onistondagi vaziyatga ham e’tibor qaratildi. Jinoiy daromadlarni legallashtirish, korrupsiya, terrorizm, narkobiznes kabi xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi. MDHga raislik qiladigan navbatdagi mamlakat masalasi ko‘rib chiqildi. Umumiy qarorga muvofiq, 2018-yildan ushbu xalqaro tuzilmaga raislik Tojikiston Respublikasiga o‘tganligi ta’kidlandi4 . Sammitda Hamdo‘stlik mamlakatlarining Parlamentlararo assambliyasi faoliyatini takomillashtirish, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashini rivojlantirish, kelgusi yillarda MDHning madaniy poytaxtlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi. MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019-yilni Kitob yili, 2020- yilni 1941-1945 yillardagi “Ulug‘ Vatan urushi”da qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilindi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohalaridagi 4 Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining Sochi sammiti:. // Toshkent oqshomi. 2017-yil 12-oktabr. hamkorligiga doir konsepsiyalar ma’qullandi. Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilik munosabatlari aniq amaliy mazmun bilan boyiganini alohida ta’kidladilar. O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik 2004-yil 16- iyunda imzolangan Strategik sherikchilik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005-yil 14- noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida izchil rivojlanib bormoqda. Bu ikki mamlakat BMT, SHXT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifidan so‘ng o‘tgan qisqa davrda o‘zaro aloqalar sezilarli faollashdi. Hamkorlik doirasiga yangi sohalar qo‘shildi. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasida Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Eksport va importning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish kuzatilmoqda. 2017-yil boshidan buyon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 3 milliard dollardan oshgan. Sammitda sanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida kooperatsiya kuchaygani, biznes vakillari hamkorligi kengaygani, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. 2017-yil 16-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning yurtimizga tashrifi yaqin qardoshlik va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan bir-biriga yelkadosh bo‘lib, ahil-inoq yashab kelishgan. Xalqlarimizning tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlari bir-biriga yaqin. Bu yaqinlik bugungi kunda davlatlararo hamkorlikka mustahkam asos bo‘lmoqda5 . Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik 1998-yil Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2013-yil Toshkentda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma alohida ahamiyat kasb etmoqda. 5 Yaqin qardoshlik va o’zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikning yangi bosqichi: // Xalq so’zi.2017-yil 17- sentabr. Ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarni qamrab olgan. Parlamentlar, vazirlik va idoralar o‘rtasidagi aloqalar muntazamlik kasb etgan. Mamlakatlarimiz BMT, SHXT, MDH, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Tashrif doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga kuchli sur’at bag‘ishladi. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniygumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishildi. Xususan, 2018- yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yilini va 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazib olishga kelishib olindi. O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi6 . Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stlik mamlakatlari ham O‘zbekiston Respublikasi bilan manfaatli hamkorliklarining katta ahamiyatga egaligi ayni haqiqatdir. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH mamlakatlari o‘rtasidagi aloqalar yangi bosqichlarga ko‘tarilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi va MDH mamlakatlari hamkorlik aloqalarida tinchlik, barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. 6 Yaqin qardoshlik va o’zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlikning yangi bosqichi.

Oʻzbekistonning raisligi davrida yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan kompleks va izchil choralar amalga oshiriladi.
Hamdoʻstlikni yana-da rivojlantirish va MDH ishtirokchi davlatlarining integratsiyasini chuqurlashtirish maqsadida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari samaradorligini oshirish boʻyicha kelishilgan chora-tadbirlarni hayotga tatbiq qilishni hamda Tashkilot tuzilmalari faoliyatining zamonaviy voqelikka moslashishini koʻzda tutuvchi yangi tahrirdagi Hamdoʻstlikni yana-da rivojlantirish Konsepsiyasini qabul qilishni tezlashtirish boʻyicha ishlar faollashtiriladi.
Tashqi siyosat sohasida siyosiy muloqotlar amaliyoti saqlab qolinadi, jumladan tashqi siyosat idoralari oʻrtasidagi xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari boʻyicha, MDH ishtirokchi davlatlarining xalqaro tashabbuslarini roʻyobga chiqarish masalalari borasida maslahatlashuvlar oʻtkazish davom ettiriladi.
Parlamentlararo hamkorlik sohasida Hamdoʻstlik nizomidagi vazifalarni amalga oshirishda parlamentariylarning rolini mustahkamlash maqsadida “parlament diplomatiyasi”, xususan MDH Parlamentlararo Assambleyasi doirasida hamkorlikni faollashtirish uchun mavjud barcha imkoniyatlar ishga solinadi.
Iqtisodiy hamkorlik sohasida saʼy-harakatlar MDHning 2030-yilgacha boʻlgan davr uchun Iqtisodiy rivojlanish strategiyasini va uning birinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha Tadbirlar rejasini tayyorlashga, oʻzaro savdoda qulay sharoitlar yaratishga, jumladan bojxona tartibini soddalashtirishga, savdodagi mavjud istisno va cheklovlarni, xususan texnik toʻsiqlarni bartaraf etishga hamda ishtirokchi davlatlar hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga, jumladan MDHning 2030-yilgacha boʻlgan mintaqalararo va chegaradosh hududlar hamkorligi Konsepsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishga yoʻnaltiriladi.

Xulosa

2020-yilda Oʻzbekistonda turli yoʻnalishlar boʻyicha hududlararo hamkorlikni faollashtirish maqsadida MDH hududlari Forumi oʻtkaziladi.
Transport sohasida yangi transport marshrutlarini tashkil etish, MDH davlatlarining tranzit salohiyatidan keng foydalanish boʻyicha aniq choralarni nazarda tutuvchi Tashkilot ishtirokchi davlatlarining
2030-yilgacha hamkorligining Ustuvor yoʻnalishlarini tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va maxsus xizmatlarning hamkorligi sohasida terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashishda 2019-2023-yillarda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha Davlatlararo qoʻshma chora-tadbirlar dasturini, 2020-2022-yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zoʻravonlik koʻrinishlariga qarshi kurashishda MDH ishtirokchi davlatlarining Hamkorlik dasturini hamda Tashkilot ishtirokchi davlatlarining axborot xavfsizligini taʼminlash Strategiyasini amaliy bajarish borasida maqsadli ishlar yoʻlga qoʻyiladi.
Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi harakatlar hamkorlikning erishilgan darajasini saqlab qolish va rivojlantirishga, shuningdek MDH ishtirokchi davlatlarining 2025-yilgacha boʻlgan harbiy hamkorligi konsepsiyasini tayyorlash yoʻli bilan yangi istiqbolli yoʻnalishlarni taraqqiy ettirishga va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ilmiy-texnik va innovatsion hamkorlik sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining 2030-yilgacha boʻlgan Hukumatlararo innovatsion hamkorlik dasturini tayyorlash boʻyicha ishlar tashkil etiladi. Mazkur dasturning amalga oshirilishi ilmiy-texnologik ishlanmalar va ixtirolardan samarali foydalanish, uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini amalga oshirish va innovatsion loyihalarni amalga chiqarish uchun resurslarni jamlash imkonini beruvchi ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirishni koʻzda tutadi. Jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasida informatsion hamkorlik toʻgʻrisida Bitimni qabul qilish boʻyicha ishlar faollashtiriladi.
Madaniy-gumanitar sohadagi harakatlar yoshlar siyosati, madaniyat va sport, fan va taʼlim, sogʻlikni saqlash hamda turistik aloqalarni kengaytirish jabhasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratiladi.
2021-2030-yillar uchun moʻljallangan yoshlar hamkorligi, turizm hamda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha uchta Strategiyalarni tayyorlash borasidagi ishlar tashkil etiladi. Bu ishtirokchi davlatlarning har birida galma-gal MDH davlatlarining har yilgi turizm yarmarkalarini va Madaniyat kunlarini oʻtkazishni, Hamdoʻstlik ijodkor yoshlarining har biri aniq mavzuga bagʻishlangan muntazam uchrashuvlarini tashkillashtirishni hamda MDH mamlakatlari madaniy merosining virtual muzeyini yaratishni v.h. nazarda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi “Hamdoʻstlikning madaniy poytaxti” Davlatlararo dasturini kelgusida ham amalga oshishida faol ishtirok etadi.
MDH Davlat rahbarlari kengashining 2017-yil 11-oktyabrdagi 2020-yilni Hamdoʻstlikda 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligi yili deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorini bajarilishi tinchlik, hamfikrlik va doʻstlik muhitini, shu jumladan MDH yoshlari oʻrtasidagi mustahkamlashga yoʻnaltirilgan birgalikdagi saʼy-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi
1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha asosiy chora-tadbirlar Rejasini bajarish, jumladan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, harbiy-ilmiy ishlar boʻyicha xalqaro tanlovlar, badiiy va hujjatli film kinofestivali hamda harbiy orkestrlarning musiqiy festivali va boshqa qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hamdoʻstlik xalqlari hayot darajasini yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yaratishdagi MDHning rolini yana-da kuchaytirish va tashkilotning nufuzini mustahkamlash maqsadida koʻp tomonlama hamkorlikning barcha yoʻnalishlaridagi ishlarni faollashtirishda bor imkoniyatlarni ishga soladi.
Oʻzbekiston tomoni MDHdagi raislik vazifalarini Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlari, tuzilmalari hamda MDH Parlament Assambleyasi bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi va oʻz raisligi davrida Tashkilotga aʼzo davlatlarning koʻmagiga hamda taklif etiladigan tadbirlarda ularning faol ishtirok etishiga umid bildiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


1. Lomakin V. Mirovaya ekonomika: Uchebnik. -M., 2004.

2. Nazarova G.G‘., Xalilov X., Eshtaev A. va boshqalar. Jahon iqtisodiyoti: O‘quv qo‘llanma. -T.: Ilm –Ziyo, 2005.

3. Nazarova G.G‘., Xalilov X. va boshqalar. Jahon iqtisodiyoti va XIM: Darslik. -T.: YOzuvchilar uyushmasi, 2005.

4. Nazarova G.G‘., Xaydarov N. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar: O‘quv qo‘llanma. -T.: TDIU, 2005.

5. Anilionis G.P., Zotova N.A. Globalnыy mir: edinыy i razdelennыy. Evolyusiya teoriy globalizatsii. – M.: Mejdunarodnыe otnosheniya, 2005.

6. Abramov V.L. Mirovaya ekonomika: Uchebnoe posobie. –izd. 3-e, pererab. – M.: Izdatelsko-torgovaya korporatsiya. «Dashkov i K˚», 2006.

7. Sыpin I.S., Vesnin V.R. Mirovaya ekonomika: Uchebnik. - M.: TK Velbi, Izd-vo Prospekt, 2006.
Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish