3-MAVZU MURAKKAB QO’SHMA GAP, UNING TURLARI: BOG’LANISH VA BOG’LOVCHISIZ TUZILGAN MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR 1 – mashq. Gaplarni to‘liq sintaktik tahlil qiling . Bog‘langan qo‘shma gaplarning semantik xususiyatlarini tushuntiring, bog‘lovchi vositalarini ko‘rsating. 1. Molu dunyosi ko‘p bo‘lgan kishi boy emas, balki isrofdan saqlanib iqtisod tejamni bilgan kishi boydir, shuning uchun foydasiz yerlarga va yaramas ishlarga bir tiyin ham sarf qilmang. 2. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u keltiradi. 3. Zohid Said Qodirovga rahmat aytdi-da, ketishga ijozat so‘radi. 4. Asadbekka bir narsa bo‘lganu, Chuvrindi esa otni qamchilab qolgan edi. 5. Osmonda yoqutdek yangi yulduzlar porlaydi, yangi oyning o‘rog‘i daryoda qalqib-qalqib suzadi.
2 – mashq. Gaplarni tahlil qiling. Ergash gapli qo‘shma gaplarning turini aniqlang va kismlarini biriktiruvchi vositalarni kursating. 1. Shunisi muhimki, hammasi bajonidil qabulqilindi. 2. U yuragi dov bermay hujraga kirganda, Maxsim chiroqning so‘xta bo‘lgan piligini gugurt cho‘pi bilan tekislab turgan edi. 3. Botirali to o‘zini o‘nglab olguncha, mirshab yurib ketayotgan tramvaydan uni itarib tushirib yubordi. 4.Nizomiddin endigina yechinib ko‘rpaga kirgan ham ediki, kimdir zarb bilan derazani ura boshladi. 5. U to‘g‘ri qilgan ekan, chunki sal yurmay, kallaklangan butalar bilan o‘ralgan paykalda bir-ikkita odamning qorasi, shalop-shalop qilib suvga tushgan ketmon ovozlari botganimda, go‘yo to‘shakdek eshitildi.
Topshiriq. Savollarga tezkorlik bilan javob bering.
Uyushiq bо’lаk dеb nimаgа аytilаdi?
Uyushiq bо’lаklаr qаndаy hоldа shаkllаnаdi?
Uyushiq bо’lаklаr qаndаy mа’nо аnglаtishi shаrt?
Аjrаtilgаn bо’lаklаr dеb qаndаy bо’lаklаrgа аytilаdi?