Mavzu. Murakkab mavzular asosida ishlash. Gen muhandisligiga asoslanib



Download 342,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi342,75 Kb.
#584708
  1   2
Bog'liq
41ZKRB3O78ZFYEqRqKVvckdsf4ETi1mhpsdVVVOS




Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, 
USA, 2011; Cambridge University.р. 
222 
Mavzu. Murakkab mavzular asosida ishlash. Gen muhandisligiga asoslanib 
o‘simlik irsiyatini o‘zgartirish 
Gen injeneriyasi. Zamonaviy biotexnologiyaning asosiy yutug‘i genetik 
transformasiya, ya’ni begona gen va boshqa irsiy belgilarni tashuvchi materiallarni 
mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralariga o‘tkazish, yangi belgi va 
xususiyatli transgen organizmlarni olishdir.
Gen injenerligining asosiy 
bosqichlari va metodlari.
Genetik injeneriyaning keyingi 10-15 yilda qo‘lga kiritgan yutuqlari 
organizm genotipini o‘zgartirish maqsadida genlar bilan turli amallarni bajarishga 
imkon beruvchi metodlarni ishlab chiqishga olib keldi. 
Bunday tadqiqotlarning asosiy maqsadi organizmdan olingan genlarni 
ikkinchi organizm genomiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan 
yangi fenotiplar yaratish, genomning irsiy nuqsonlarini tuzatish, ya’ni irsiy 
kasalliklarga davo qilishdir. Gen injeneriyasining dastlabki yutuqlari odam uchun 
foydali mahsulotlar, jumladan, dori moddalarini sintezlab beradigan yangi 
mikroorganizm formalarini yaratish bilan bog‘liqdir. 
Gen injeneriyasi yordamida nukleotidlar tartibi o‘zgargan DNK molekulasi 
hosil qilinadi va uni ishlab turgan hujayra genomiga o‘tkaziladi va shu bilan yangi 
irsiy belgili hujayralar olinadi. 
Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From 
Knowledge to Decisions. New York, USA, 2011; Cambridge University. r.211 
Gen injeneriyasi uchta bosqichda olib boriladi: 
1. Kerakli genni ajratish yoki sintez qilish; 
2. Kerakli geni bo‘lgan DNKni ko‘chiruvchi (vektor) DNKsiga ulash; 
3. Kerakli gen ulangan vektor DNKsini hujayraga yoki organizmga 
o‘tkazish. 
Gen injeneriyasi yordamida mo‘ljallangan maqsadga erishish quyidagi 
asosiy masalalarning qanday yechilishiga bog‘liq: 
1. Har xil organizmlardan olingan DNK molekulasini mayda bo‘laklarga 
(genlarga) ajratish; 
2. Genlar ichidan keraklisini topib, shu genni tashib yuruvchi (vektor) ga 
birlashtirish; 
3. DNKsida kerakli gen bo‘lgan vektorni hujayraga kiritish; 
4. Ko‘pgina hujayralar orasidan ko‘chirib o‘tkazilgan genni olgan 
retsipiyent hujayralarni ajratish. 
Har bir organizmdan olingan DNK molekulasini mayda bo‘laklarga 
(genlarga) ajratish endonukleaza, transferaza va ligaza fermentlari topilgandan 
keyin hal etildi. Genlar ichidan keraklisini topib, shu genni tashib yuruvchi vektor 
sifatida plazmidlar DNK sidan foydalanildi. DNK da kerakli gen bo‘lgan vektorni 
hujayraga kiritishda kalsiy tuzlaridan foydalanildi. Kalsiy tuzlari ta’sirida vektorni 
qabul qiluvchi hujayralar membranasining o‘tkazuvchanligi oshadi. 



Roland W. Scholz Environmental Literacy in Science and Society: From Knowledge to Decisions. 
New York, 
USA, 2011; Cambridge University.р. 
222 
Ko‘pgina hujayralar orasidan ko‘chirib o‘tkazilgan genni olgan retsipiyent 
hujayralarini ajratish genetik va biokimyoviy usullardan foydalanilgan holda 
kerakli gen bo‘lgan hujayralarni (klon) ajratib olish bilan hal etildi. Gen 
injeneriyasida hujayradan ajratib olingan kerakli gen vektor DNKsiga ulanadi. 
Odatda, lyambda bakteriofagi, hayvonlarning ayrim onkogen viruslari, 
bakteriyalarning plazmidasi va episomalari vektor sifatida ishlatiladi. 
Restriktaza fermentlari yordamida plazmida DNK zanjiri bir-biridan 
ajratilib, uning yakka DNK ipi mayda bo‘laklarga bo‘linadi Restriktaza 
fermentlarining 50 dan ortiq xili bo‘lib, har birining DNK molekulasida 
o‘zining ta’sir ko‘rsatadigan, ya’ni uzadigan joyi bor. Shular ichida eng ko‘p 
ishlatiladigani restriktaza EcoRI. Bu restriktazani ishlatishning qulayligi shundaki, 
u DNK molekulasining ma’lum bir joyini, aniqrog‘i adenin va timin orasidagi 
bog‘ni uzadi. Natijada yakka ipli DNKning boshqa DNK bo‘lagi bilan oson 
birlashadigan mayda bo‘laklari paydo bo‘ladi va bu bo‘laklarda nukleotidlarning 
joylashishi bittasida faqat adeninli asosdan boshlansa, ikkinchisida faqat timindan 
boshlanadi. Boshqa DNK bo‘lagini o‘ziga osongina birlashtiradigan DNK 
bo‘lagini ligaza fermenti bo‘lgan eritmaga solinadi. Ligaza fermenti kerakli geni 
shu genni ko‘chiruvchi plazmida DNKsiga ulaydi. Natijada har xil DNKli (ximer) 
plazmida hosil bo‘ladi. Ular endi shunday plazmidalarni o‘ziga qabul qiluvchi 
hujayralari (retsipiyentlar) bo‘lgan sovuq holdagi kalsiy xlor eritmasiga tushiriladi. 
Agar eritmani tezlik bilan qizdirilsa, hujayralar po‘stining hujayra uchun begona 
bo‘lgan moddalarni kiritmaslik xususiyati yo‘qoladi. Shuning uchun har xil DNK 
bo‘lagi bo‘lgan plazmida bakteriya hujayrasiga osongina kirib, uning DNKsiga 
birlashib oladi. Bakteriya hujayrasi bo‘linganda undan hosil bo‘lgan yangi 
hujayralar endi oldingilariga o‘xshash bo‘lmaydi. 

Download 342,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish