Mavzu: Muomala texnikasi va strategiyasi . Raxbarlik odobi va muomala madaniyati.
Muomala odobi o`z tabiati, mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo`ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o`rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijtimoiy munosabatlarning har biri o`ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo`lgan axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o`rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog`lanishlarga asoslanadi.
Muloqot – yunoncha so’z bolib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o’zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki, undan ortiq kishilarning so’zlashuvida paydo bo’ladi
muloqot o’qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi, hamkorlik munosabatini shakillantiradi;
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
munosabatning tarkibiy qismi hisoblanib, motivatsiyada motiv muhimligi kabi u ham muhim ahamiyat kasb etadi;
o’qituvchining o’quvchilarga ta’sir o’tkazish asosida o’zaro munosabatni faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirgan funksiyasini bajarishidir.
Pedagogik muloqot – bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o’zi uchun eng qulay bo’lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratish uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatdir. o’zaro axborot almashishni yo’lga qo’yish;
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etish;
o’quvchilarni erkin fikr-mulohaza yuritishga o’rgatish;
salbiy holatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf etish;
do’stlar uchun qayg’urish va ularga yordam berishga erishish;
o’zligini anglash, o’quvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish.
Pedagogik jarayonda sodir bo`ladigan muomala odobida muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasi aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o`ziga, o`z kasbiga, o`quvchilarga, kasbdoshlariga, ota-onalarga muomalasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat davlat o`qituvchiga, ta’lim-tarbiya ishlariga nisbatan qo`yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi.
Xushmuomalalik-asosiy mazmun insoniy muomalaning turli vaziyatlarda ahloqning muayyan qoidalariga rioya qilish,odobga rioya qilish odatlaridan iborat xarakter belgisidir.
Xushmuomalalik-asosiy mazmun insoniy muomalaning turli vaziyatlarda ahloqning muayyan qoidalariga rioya qilish,odobga rioya qilish odatlaridan iborat xarakter belgisidir.
Kommunikativ muloqot:bir tomonlama axborot uzatiladi;
Interaktiv muloqot: ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir;
Perseptiv muloqot: o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi o’zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi.
Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda sub’ekt-ob’ekt munosabatlari shaklida ifodalanadi. Sub’ekt-ob’ekt munosabatlari muallim o`zining professional burchini bajarayotganida o`quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o`qituvchi o`rtasidagi aloqalarda vujudga keladi. U o`zaro hurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik, tashabbuskorlik, o`zaro g`amxo`rlik, har birlarining inson sifatida qadr qimmatini e’zozlash kabilarda namoyon bo`ladi. Ular o`qituvchining pedagogik faoliyatda boshqalar bilan muomalasining xarakterini baholashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |