Mavzu: Munis-tarixnavis tarjimon



Download 49,31 Kb.
bet5/7
Sana28.06.2022
Hajmi49,31 Kb.
#712371
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Munis

Bilursan g'am yukin ko'p chekkanimni,
Yog'irnim ustida ko'rsang yog'irni.
Faqat yaqinlarni boy berishgina emas, ishqdagi yor jafolari ham oshiqqa tinimsiz uqubatlar keltiradi. Shuning uchun u yorga qarata "Agar ko'nglim yog'irnini ochib ko'rsatsam, uning ustidagi yag'irlarni ko'rib, qanchalar g'am yukini tortganimni bilar eding" so'zlari bilan ahvolini bayon etadi.
Keyingi baytda oshiq "yag'rinining yag'ir"ligi tasviri o'sib, goh ko'ngil, goh bag'rini ma'shuqa itiga berishga ham tayyorlik darajasiga yetadi:
Iting ko'rsam, manga uns aylasun deb,
Berurman gah ko'ngul, gohi bog'irni.
Raqib ollingda bo'lmoqdin hazinman,
Tilarman ko'rmasam ul bo'lmog'urni.
Zamona ahlig'a bo'lmish shikva oyin,
Netong, sevsam agar gung-u sog'imi.
G'azalda endi so'z zamona ahliga ko'chadi. Zamonagidagi odamlarda ham nolish, anduhlar ko'pki, shikoyat qilish ular uchun odat bo'lib qolgan. Ularning shikoyatlari esa shoirning g'amlariga g'am qo'shadi. Shuning uchun shoir gung — gapira olmaydigan sag'ir bechoralarni yoqtirishini ajablanarli hol emas deb izohlaydi.G'azal maqta'sida oshiq o'zi tushgan o'ta mushkul holatdan qutulishning an'anaviy chorasini topganligi aks etgan:
Najote istasang Munisga g'amdin,
Ayoqchi, tut anga har dam chog'irni.
Ko'p asrlar mobaynida she'rlarda tasvirlab kelinganidek, g'amdan qutulishning eng samarali yo'li dardni unutishdir. Bunda esa, chog'irga teng keladigan vosita yo'q. Chog'ir (may), oldin aytilganidek, ilohiy ishqni, ayoqchi (soqiy) Olloh ishqini dillarda yolqinlatuvchi piri komil timsollarini anglatadi. Demak, kimning dilida ilohiy ishq bo'lar ekan, u bu ishq shavqida dunyo g'am-alamlaridan xalos bo'lib, umrini Yaratganning yodi bilan shod o'tkazadi. Munis ul-ushshoq* devoni. Munis adabiy merosi muallif tomonidan 1815 yili tartib berilgan, keyinchalik to'ldirilib, tahrir etilib «Munis ul-ushshoq» nomida bizgacha yetib kelgan devonda jamlangan. Bu devonda mumtoz she'riyatimizda mavjud qariyb barcha an'anaviy janrlardagi she’rlar keltiriladi. Tabiiyki, unda g'azallar yetakchi o‘rin tutadi. Shu devonga vozilgan muallif debochasida Munis unga kiritilgan she'rlaming janr tarkibi haqida so‘z ochib, quyidagilarni qayd etib qoldirgan: «...Har nav' she'r ila orasta va har zarif nazm bila pirasta bo'ldi. Andog‘kim, g‘arro qasidalar, dilkusho g'azallar, fasohatoyin tarkib-bandlar, latofat taz'yin (ziynat topgan) qifalar, sharif musaddas va muxammaslar, latif ruboiy va muammolar, shirin masnaviy va rangin tuyug‘lar va g'ayra ham taxminan olti ming baytdir... Aksar g‘azal va ruboiylarkim majoz yo‘sinida ishq va husni zohiriy sifatida voqc’ erdi... «Munis ul- ushshoq»g‘a mavsum bo‘ldi».Munis devonida Navoiy va Boburdan so‘ng juda kam yaratilgan muammo she'r namunalari ham bor. Agar «Munis ul-ushshoq»dagi she'rlar haqida XX asrning 50—yillaridan boshlab marhum olimlardan N.Mallayev, V.Abdullayev, M.Yunusov tadqiqotlar (nomzodlik dissertatsiyasi, adabiy portret va ilmiy ocherk) yaratgan bo'lsalar, 90—yillari yosh olim Nusratulla Jumaxo‘ja «Munis g‘azaliyoti» (1991) nomida shoir she'rlaridagi badiiy mahorat xususida risola yaratdi. «Munis ul-ushshoq» 1957 yili devon sifatida, 1980 yili esa, ancha to'ldirilib «Saylan.ma» tarzida chop etildi. Nomidan ham ma'lum bo'layotirki, «Saylanma»ga kiritilmay qolgan she'rlar (hamdlar, na'tlar, qasidalar) hali ancha. «Saylanma»ning joriy nashridan asosan g'azallar, to‘rtta qasida, 38 ruboiy, 8 tuyuq, 2 mustazod, Navoiy g'azallariga yozilgan 6, Fuzuliy g‘azallariga yozilgan 2, Andalib g'azaliga yozilgan 1 muxammas, 2 musaddas, 5 qit'a, «Chilim» so‘zi yashiringan g'azal-chiston hamda «Savodi ta'lim» manzumasi o‘rin olgan. Asar oxirida tushunilishi qiyin arabcha-forscha so'zlaming alfavit tartibidagi lug‘ati berilgan . «Saylanma»ga xorazmlik olim va shoir Yunus Yusupov kirishso‘z yozgan, noshirlik qilgan.«Munis ul-ushshoq» shoir she'riyatining mazmuniningmohiyatini, muallifning estetik maqsadini ifodalaydi. «Munis» so‘zi do'st, ulfat, hamdam; «ushshoq» so‘zi sevishganiar, oshiqlar ma'nolarini anglatadi. Ma'lum bo'Iadiki, «Munis ul-ushshoq»dagi lirik she'rlar sevishganlaming qalb kechinmalari, dard-alamlari, orzu-umidlari, visol shodliklari va hijron iztiroblarini aks ettiradi. Shoir o‘z devoni va undan joy olgan she'riaming dunyoviy hamda ilohiy ishq ahli bilan hamdam bo'lishini uning nomlanishida ramziy tarzda ifodalaydi.«Munis ul-ushshoq»dagi oshiqona, orifona, didaktikg‘azallar shoir ijodidagi an'anaviy xususiyatlami namoyon etsa, hasbi hollilik, ijtimoiylik va tanqidiylik mazmuniga ega she'rlar uning davr tashvishlari bilan hamnafas ekanligini, asarlari davriy hodisa ham ekanligini namoyon etadi. KeyingiJari Munis ijodiyotiga xos yangiliklar sanaladi. Bunday she'rianda shoir o‘z davrining ilg‘or, ma'rifatparvar arbobi sifatida gavdalanadi. Fuqaroparvar, diyonatli, vatanparvar siymo, mazlumlarga achinuvchi, zolimlarga nafrat ifodalovchi adolatpesha hakam sifatida ko‘rinadi.Munis g‘azaliyoti shoir davri hayotining muhim tomonlarini ifodalashi bilan muhimdir. Uning ko'plab g‘azallari an'anaviy mavzu va uslubda yozilganligiga qaramay muayyan bir ma'noda shoir hasbi holi, taqdir-qismati, zamondosh fuqaro ahli ahvolotini ham aks etdiradi. Hatto ayrim g‘azallarini shoir tarjima holi, dard-alamlari tasviriga bag‘ishlangan monolog xarakteridagi avtobiografik g'azallar desa ham bo'ladi. U motamsaro bir g'azalida «Andcg‘kim, ota va ona va ini mani bekas ibtilosig‘a sazovor va motamkashlik balosig‘a giriftor qildi», deydi. Munis ijodiyotida odob - axloq masalalari alohida o'rin egallaydi . Uning ijodiyotidagi asosiy yo'nalishlar : nohaqlik va zulmga qarshi adolat , saxiylik , xalqqa cheksiz muhabbat , ilm - ma'rifat , jaholatga qarshi kurashuvchi insoniy fazilatlar . Munis o'z zamonasidagi o'zaro urushlar , hirsu dunyo odamlarni bir - biriga nisbatan mehrsiz bo'lishga asos bo'ldi deydi : Ne natija ja berur adab , hunaring na nazarga kirar nasab guharing . Bas erur bu zamonda bisoting aro qara Siymu zaring . tarbiya Munis Alo'z V. asarlari bilan masalalariga katta e'tibor berdi . Uning didaktikasi insonni yuksak olijanoblik , rostgo'ylik , halol , ilmga chanqoq , mehru oqibatli bo'lishga qaratilgan . Munisning adabiy va pedagogik g'oyalari maktablarda to'g'ri , chiroyli yozuv tartib - qoidalarini o'rgatish uslubi sifatida xizmat qilgan va qilmoqda .Munisning boy merosi kelajak avlod tarbiyasida ham muhim o'rin tutadi .



Download 49,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish