O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Mavzu: Mumtoz adabiyotning diniy tasavvufiy manbalari
Tayyorladi: Abdinazarov Bahrom
Reja:
1. Islom dining kelib chiqishi.
2. Qur'oni karim mumtoz adabiyotning bosh manbasi.
3. Xulosa.
Islom dini ko‘p xalqlar orasida keng tarqalgan dinlardan biridir. Islom so‘zining ma‘nosi allohga itoat qilish, bo‘ysunish ma‘nolarini anglatadi. Bu dinga e‘tiqod qiluvchilar, ya‘ni musulmonlar jahonda 2 mlrdga yaqin kishini tashkil etadi. Islom dini Arabiston yarimorolida VI asrning oxiri VII asrning boshlarida vujudga kelgan. Uning asoschisi Muhammad alayhissalom hisoblanadi. Muhammad s.a.v Makkada Quraysh qabilasiga mansub hoshimiylar xonadonida tug‘ilgan(milodiy 570-632). Muhammad alayhissalom 609-610-yillarda Makkada yakka xudoga e‘tiqod qilish to‘g‘risida targ‘ibot boshlagan.
Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragan. Shundan so‘ng 622-yilda o‘z tarafdorlari bilan Madina shahriga yo‘l oladi. Aynan mana shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi. 630-yilga kelib, Makka ham musulmonlar qo‘liga o‘tadi.Shu tariqa musulmon davlati shakllanadi. Muhammad s.a.v vafotlaridan keyin bu davlat uning o‘rinbosarlari, ya‘ni noiblari tomonidan boshqariladi. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda "Arab xalifaligi" deb nom olgan
Arab xalifaligi tomonidan O‘rta Osiyo yerlari VIII asr boshlaridan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini ham kirib kelgan. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda islom mintaqa madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati o‘ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshidan kechirdi. Islom diniy ta'limotining asoslari - Qur‘on va hadis to‘plamlarida, shuningdek, VIII-XII asrlar davomida vujudga kelgan ilohiyot adabiyotlarida o‘z ifodasini topgan.
Qur‘oni Karim - musulmon olamining muqaddas kitobi
Qur‘oni Karim Ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil alayhissalom tomonidan Muhammad alayhissalomga nozil etilgan.
Qur‘on so‘zining ma‘nosi - qiroat qilish, ya‘ni o‘qish degan ma‘noni anglatadi. Ulamolar Qur‘onning o‘ttiz xil nom va sifatlarini e‘tirof etib kelganlar. Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qur‘onning nozil bo‘lishi milodiy 610-yildan boshlangan va 23 yil davomida nozil bo‘lgan . Qur‘oni Karim Muhammad payg‘ambarga 40 yoshida Makka shahri yaqinidagi Hiro g‘orida chuqur tafakkurga berilib o‘tirgan bir paytda Jabroil alayhissalom "Iqro"(Oqi) deb boshlanuvchi "Alaq"surasining avvalgi 5 oyatini keltirgan.
Buni bobomiz, turkiy tasavvuf asoschisi Xoja Ahmad yassaviy
Mening hikmatlarim farmoni Subhon,
O‘qub, uqsa ham ma‘noyi Qur‘on, -degan so‘zlaridan ham bilish mumkindir.
Yoki
Man bandayi Qur‘onam agar jon doram,
Man hoki rahi Muhammad muxtaram.
Gar naql kunat juz inkas az guftoram
Bezoram az o va az-on suxan bezoram.
Sharq va keng ko'lamda jahon adabiyoti tarkibida
o'zbek adabiyoti ham Qur'oni asrlar davomida turlicha o'zlashtirgan va uning mavzulari asosida turfa asarlar yaratilgan. Kur'onning matni 14 asr davomida o'zgargani yo'q. Aksincha, undagi iboralar turli tillarga singib o'tib, o'ziga, xos qur'oniy iboralar sifatida turli xalqlarning maqol va matallariga asos soldi.
Bir so'z bilangina olam-olam ma'noni ifodalovchi ibolar jilolanib, tarix nafasi jonlandi.
Mazkur jarayon natijasida milliy adabiyotning Qur'on matni bilan sintezi asosida badiiy va diniy-didaktik asarlar yaratilgan. Misol tariqasida Abu Ali ibn Sinoning ikki ruboyysini tahlil etaylik:
Shul xoki siyohdin to avji Zuhal,
Har nechaki mushkulot erur, etdim hal.
Ochdim necha zapjir zanjiri makru hiyal,
Yechdim necha bir tuguv, magar qoldi ajal...
Ruboiyning so'nggi misrasidagi tugunni yechish uchun
Qur'oni karim 113-surasining quyidagi 4-oyatini bi-
lishimiz lozim:
Yana bir ruboiysida Ibn Sino aynan shu suraga
ishora qiladi:
Pir o'lding, ishingii onchunon etmassen,
Soch bki-la pirliging nihon etmassen,
Tun zulmatida har neki qilding-qilding,
Teng ravshanida bo'ldi ayoi — etmassen.
Xulosa qilib aytganda, Mumtoz adabiyotda Qur‘oni Karim va Hadisi sharifning o‘rni beqiyos .Inson Quro‘n orqali qayta tug‘iladi, kamol topadi, eng go‘zal mavjudlik darajasiga ko‘tariladi. Quro‘n yolg‘iz insonshunoslik emas, balki hayotshunoslik hamdir. Uning hech so‘nmas va porloq nuri hayotning eng murakkab, eng ziddiyatli tushunchalarini ham yorqinlashtirib, yurak va ruhni munavvar qiladi. Qur‘oni Karim, hadislar va shariat ko‘rsatmalari inson ma'naviy-ma‘rifiy kamolotining asosi bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallamning hadislari ma‘naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan fikrlarning mukammal to‘plamidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Hamidulla Karamatov. "Qur'on va o'zbek adabiyoti. Toshkent 1993 2. Dissertatsiya va malakaviy ishlar. E’tiboringiz uchun tashakkur!
Do'stlaringiz bilan baham: |