Qo‘llar orqada chalishtirilgan - ongsiz ravishda o‘z qo‘rqmasligini namoyish etish maqsadida qorinni hamda ko‘krakni oldinga chiqarishga imkon yaratuvchi o‘z-o‘ziga ishonch va ustunlik ishorasi. Stress vaziyatida xuddi shunday holatni egallash orqali birmuncha yengil tortish, erkinlik va o‘z-o‘ziga ishonchni his qilish mumkin. Tutib turgan qo‘l ikkinchi qo‘lning qanchalik yuqorisidan ushlagan bo‘lsa, kishining shunchalik ko‘proq jahli chiqayotgan bo‘ladi. Bu holatda kishi o‘zini nazorat qiladi va barcha haqiqatni aytayotganligiga ishonish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |