Qo‘llar cho‘ntakda yoki belda - agressiv va hujumga o‘tishga shay bo‘lgan kishi. Agar sizning tanishlaringizdan birortasi ko‘pincha shunday holatni egallasa, bu uning avtoritarligi boshqalarga ta’sir va hukm o‘tkazishga intilishidan darak beradi.
Qo‘llar ko‘krakda chalishtirilgan - o‘ziga ishonchsizligini yashirishga harakat qilayotgan kishi. Chalishtirilgan qo‘llar himoya reaksiyasi bo‘lib, muloqotda, o‘zaro bir-birini tushunishda to‘siq mavjudligini namoyish etadi. Agar tinglovchi shunday holatni egallasa, bu uning sizning fikringizga qo‘shilmayotganligi, gapingizni eshitishga xoxishi yo‘qligidan darak beradi. Mabodo, gapirayotgan odam shunday holatni egallasa, uning gaplarining to‘g‘riligiga, chin ko‘ngildan chiqayotganligiga shubha bilan qarashga asos bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |