Noverbal vositalarning Turlari: 1. Vizual vositalar: kinesika – qo‘l, bosh, oyoq, tana harakatlari, qadam tashlash; yuz ifodasi, ko‘z ifodasi; qarash yo‘nalishi, vizual aloqalar; teri reaksiyalari – qizarish, oqarish, terlash; proksemika (muomalani tashkil etish zamoni va makoni) – suhbatdosh bilan oraliq masofa, oraliq burchagi, shaxsiy maydon; qo‘shimcha muloqot vositalari – qaddi-qomat xususiyatlarini bo‘rttirish yoki yashirish (jinsni, yoshni, irqni); tananing tabiiy tuzilishini o‘zgartirish (kiyim, soch turmagi, kosmetika vositalari, ko‘zoynak, taqinchoqlar, tatuirovkalar, mo‘ylov va soqol, qo‘ldagi kichik ashyolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |