Raqobatlashgan bozor
Demak, talab yuqori darajada elastik bo`lsa, monopolist oladigan qo`shimcha foyda shuncha kichik bo`ladi. Monopol hokimiyat ko`rsatkichi. Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo`lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi P MC. Ana shu farq MC P, ya`ni foydani maksimallashtiradigan narx bilan chekli xarajat o`rtasidagi farq monopol hokimiyatni o`lchash usuli bo`lishi mumkin. Monopol hokimiyatni xuddi ushbu usulda aniqlashni 1934 yilda iqtisodchi olim Abba Lerner tomonidan taklif qilinganligi uchun, bu ko`rsatgich Lernerning monopol ko`rsatkichi degan nomni olgan L Pm MC Pm 1 D , bu yerda: L- monopol hokimiyatning Lerner p indeksi; Pm - monopol narx; MC - chekli xarajat; D p - talabning narxga ko`ra elastikligi. Masalan, benzinga talabning narx bo`yicha 1 E E 252 2 3 n 1 2 p 1 2 elastikligi -5 bo`lsa, 1 1 0,2. Benzin sotuvchi firmaning D 5 monopol hokimiyati 0,2 ga teng. Shuni ta`kidlash kerakki, yuqori monopol hokimiyat yuqori foyda olishni kafolatlamaydi. Foyda o`rtacha xarajatning narxga bo`lgan nisbatiga bog`liq.
Agar ikki firmadan birinchisining monopol hokimiyati, ikkinchi firmanikiga ko`ra yuqori bo`lsa va birinchi firmaning o`rtacha xarajati juda yuqori bo`lsa, uning oladigan foydasi ikkinchi firma foydasidan kichik bo`ladi. YUqoridagi tenglama ko`rsatadiki, talab qanchalik elastik bo`lmasa, shunchalik monopol hokimiyat yuqori. Demak, monopol hokimiyatning kelib chiqish sababi, talab elastikligidadir. Amaliyotda chekli xarajatni hisoblash qiyin bo`lgani uchun, uni o`rtacha xarajat bilan almashtiradi. Bu holda formula quyidagi ko`rinishni oladi: L P AC . P Agar biz ifodaning surat va maxrajini Q ga ko`paytirsak, maxrajda umumiy daromadni, suratda foydani olamiz: L P AC Q P Q . TR Shunday qilib, Lerner ko`rsatkichi yuqori foyda olishni monopoliyaning dalolati ekanligini ko`rsatadi. Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko`rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko`rsatkich birinchi bo`lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u XerfindalXirshman indeksi deb yuritiladi. Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig`indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo`lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo`lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi. Firmalar bozordagi ulushiga ko`ra tartiblashtiriladi. I 2 S 2 S 2 ... S 2 , bu yerda: I -XerfindalXirshman indeksi; S 2 - bozorda eng katta ulushga ega bo`lgan firma; S 2 - undan keyingi kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo; ulushga ega bo`lgan firma. n -eng kichik E S S 253 1 P D MC A Pm Pe E C AR B MR 0 Qm Qе Q Agar tarmoqda yagona firma bo`lib, uning mahsuloti tarmoq mahsulotini tashkil qilsa, S 2 =100% bo`ladi va bunday hol sofmonopoliya bo`ladi, ya`ni Xerfindal-Xirshman indeksi I 10000 ga tengdir. Masalan, AQSh da Xerfindal-Xirshman indeksi I 1800 dan oshgan tarmoqlar, monopol tarmoqlarga kiradi. Yuqoridagi indeksdan monopoliyaga qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha firmalar tomonida uchun monopolist mahsulot hajmini noldan, uning umumiy daromadi TR oshadi.Q * miqdorgacha oshirganda TR Elastik talab B MR 0 Q* Noelastik talab Talab chizig’i C Q TR TR max TR Q* Q 14.1-rasm. Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab, uning chekli va umumiy daromadi Talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida chekli daromad manfiy, ya`ni MR 0 bo`lgani uchun, talab chizig`ining ushbu qismida 245 p p ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy daromadni kamaytiradi.
Shuning uchun ham monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismidan qochishga harakat qiladi. Agar monopolistning talab chizig`i raqobatlashgan bozordagi singari gorizontal bo`lganda edi, u tovar hajmini o`zgartirishi bilan narxga ta`sir qila olmas edi. Monopollashgan bozorda taklif chizig`i ma`noga ega emas. Nima uchun deganda, ishlab chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o`rtasida proportsional bog`liqlik yo`q. Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli xarajatga bog`liq, balki talab chizig`ining shakliga ham bog`liq bo`ladi. Monopol bozorda talabning o`zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan bozordagiday proportsional o`zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o`zgarganda mahsulot hajmini o`zgartirmasdan narxni o`zgartirishi yoki narxni o`zgartirmasdan mahsulot hajmini yoki bir vaqtning o`zida narxni hamda mahsulot miqdorini o`zgartirish mumkin. Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo`lsa, u tovar narxini xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma`lum darajaga etganda umumiy daromad umumiy xarajatni qoplamaydi. Monopolist qanday narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko`ra talab elastikligi bilan qanday bog`liqligini eslash zarur bo`ladi.
Talab chizig`ining elastik bo`lgan qismida E 1 narxning pasayishi umumiy daromadni o`sishiga olib keladi MR 0, elastiklik birga teng bo`lganda E 1 umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo`lmagan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi MR 0. Shu sababli monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida harakat qilmaydi. Monopolist ham raqobatlashgan bozordagi firma kabi chekli harakat bilan chekli daromadni tengligini ta`minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin (14.2-rasm). 246 P P1 P* P K MC E e F M L D=AR M 0 Q Q* Qe Q 14.2- rasm. MC MR bo`lganda foydani maksimallashtirish grafigi 247 1 Rasmda monopolistning o`rtacha daromad chizig`i bipor talabi chizig`ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq funktsiya. Grafikdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q * ga teng bo`lganda chekli xarajat chekli daromadga teng bo`ladi. Talab chizig`idan foydalanib mahsulot hajmi Q * ga mos bo`lgan bir birlik mahsulotning monopol narxi P * ni aniqlaymiz. Ushbu Q * ga teng bo`lgan mahsulot hajmida foyda maksimal bo`lishini ko`rsatamiz. Ma`lumki, raqobatlashgan bozorda muvozanatlik E nuqtada erishiladi. Grafikda E nuqta muvozanat nuqta va unga mos keladigan ishlab chiqarish hajmi Qe va narx Pe . Faraz qilaylik, monopolist ishlab chiqargan mahsulot miqdori Q1 bo`lsin va u Q* dan kichik Q Q * , bu holatga mos keladigan narx P1 ham P * dan yuqori va chekli daromad chekli xarajatdan katta MR MC .
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.
Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi.
"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avgust) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin:
tartibga solish vazifasi;
resurslarni joylashtirish vazifasi;
innovatsion vazifa;
moslashtirish vazifasi;
taqsimlash vazifasi;
nazorat qilish vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |