Mavzu. Ms excel jadval muxarririda tibbiyot masalalarini echish. Mashg‘ulotning maqsadi



Download 186,51 Kb.
bet3/5
Sana01.04.2022
Hajmi186,51 Kb.
#523977
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot PI Mavzu. Elektron jadvallarda masalalarni yech-конвертирован

Formula – “=” belgisi bilan boshlanadigan har qanday ma’lum qoida asosida yozilgan ifoda. Masalan, A1 yacheykasiga “=S4” ifoda kiritilgan bo‘lsa, demak, S4 yacheykasidagi ma’lumot A1 yacheykasida ham ifodalanishini bildiradi.
Matn – son va formuladan farqli bo‘lgan ixtiyoriy belgilar ketma-ketligidan iborat ma’lumot. Bunday ma’lumot kiritilganda, ular yacheykaning chap chegarasiga taqalib
ifodalanadi. Ayrim hollarda sonlarni ham matn sifatida tasvirlash kerak bo‘lib qoladi. Buning uchun sonni kiritishni apostrof belgisi bilan boshlash kerak.
Odatda yacheykaka kiritilayotgan matn faqat bitta satr ko‘rinishida kiritiladi. Bu esa masalan, uzun ma’lumotlar kiritishda, jadval sahifasida ma’lumotlarning noqulay joylashuviga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bitta yacheykaka bir necha satrli yozuvlar kiritish uchun Alt + Enter klavishlar kombinatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Excelni ishga tushirganda odatda ish sahifasining A1 yacheykasida jadval ko‘rsatkichi (табличный курсор) deb atalgan qalinroq ramkaga olingan to‘rtburchak shaklidagi element paydo bo‘ladi. Uning vazifasi ma’lumot kiritiladigan va tahrirlanadigan joriy yacheykani ajratib turishdan iborat.
Odatda Excelda ma’lumotlarning adreslari nisbiy bo‘lib, ular ishtirokida yaratilgan formulalar vertikal yoki gorizontal siljitilganda adreslari ham parallel ravishda ko‘chadi, ya’ni yangi adreslar ustida ham shu formula ta’sirida hisoblashlar bajariladi.
Ba’zan maqsadga erishish uchun, formulani siljitganda ham ayrim qiymatlarni siljitmaslikka to‘g‘ri keladi. Buning uchun siljimasligi kerak bo‘lgan yacheyka adresini absolyut adresli qilib qo‘yish kerak.
Absolyut adresbelgisi sifatida “$” belgi qabul qilingan. Agar ustun siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda ustun nomi oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: $S9, $AV2008. Agar satr siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda satr raqami oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: D$15, AC$105. Agar yacheyka siljimas qilinishi kerak bo‘lsa, u holda ham ustun nomi oldiga, ham satr raqami oldiga $ belgisi qo‘yiladi, masalan: $F$22, $A$10. Buning boshqa bir usuli – shu yacheyka adresini nom bilan almashtirib qo‘yish ham mumkin.

  1. Download 186,51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish