2. Kunjut va moyli zig’ir o’simliklari haqida ma’lumot.
Kunjut
Kunjut — O‘zbekistonda qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekinlardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi o'rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yo'li bilan olingan kunjut xushta’mligi bo‘yicha zaytun moyiga tenglashadi. Kunjut urugMdan konditer sanoatida, meditsinada, shuningdek, konservalar tayyorlashda foydalaniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Issiq presslash yo‘li bilan olingan o'simlik moyi texnik maqsadlarda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan a’lo sifatli tush tayyorlanadi.
Kunjut urug'ida 48—65 % moy, 16—19 % oqsil, 15,7—17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasi tarkibida 40 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi va u konditerlikda ishlatiladigan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun konsentrlangan oziqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bo‘lgan 100 kg kunjarasida 132 o.b. saqlanadi. Kunjutning vatani Afrika. O‘zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan.
J ahon dehqonchiligida kunjut 7 mln gektar maydonga ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko‘p ekiladi.
O‘zbekistonda kunjut sug‘oriladigan va lalmikorlikda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda hosildorligi 2—2,5 t/ga, lalmikorlikda 1—1,5 t/ga.
Botanik tasnifi. Madaniy yoki Hind kunjuti — Sesamum indicum L. bir yillik o'simlik. Kunjutsimonlar oilasiga mansub.
Uning 19 turi ma’lum, ammo ekiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi.
Kunjut tuproqda 1,2—1,5 m chuqurlikka kirib boruvchi o‘qildizga ega. Poyasining bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda 100—150 sm, lalmida SOSO sm, to‘rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qoplangan. Tuklar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqoriga qarab o‘sadi. Bir tup o'simlikda 4—12 shox hosil bo‘ladi. Shoxlanmaydigan shakllari ham bor.
M evasi yashil, tukli, uzunchoq ko'sakcha. Ko‘sagi 2 yoki 4 meva bargidan iborat, chetlari ichkariga qaytib soxta po'st hosil qiladi. Ayrimlarida soxta to'siqlar yaxshi rivojlangan bo'ladi. Ko'saklar chatnab ochiladi.
Ko'sakchada to'siqlar bo'lsa, urug'lar to'kilmaydi, to'siq bo'lmasa to'kiladi. To'siqli ko'sakchalar ocsimlik pishgandan keyin ildizi yuqoriga ko'tarilib silkitilsa urug'i to'kiladi. Seleksiya yo'li bilan pishganda ko'saklari yorilmaydigan navlar yaratilmoqda. Ko'saklar 4—8 uyali, bo'yi 4 sm, eni 0,9 sm. Bir tup o’simlikda 20—100 ta ko’sak hosil bo'ladi.
Bitta ko’sakda 70—80 ta urug' bor. Urug’i mayda, tuxumsimon, bo’yi 2,7—4 mm, eni 1,7—1,9 mm, 1000 urug’ vazni 2—5 g. Rangi oq, qo'ng'ir, jigarrang, qora.
Do'stlaringiz bilan baham: |