Mavzu: moyli ekinlar reja: kirish kungaboqar morfologiyasi. Kunjut va moyli zig’ir o’simliklari haqida ma’lumot. Yeryong‘



Download 1,17 Mb.
bet4/6
Sana01.03.2022
Hajmi1,17 Mb.
#476691
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Акрамов Х (2)

Moyli zig‘ir
Moyli zig‘ir muhim texnikaviy ekinlardan biri — poyasidan tola, urug'idan qimmatbaho moy olinadi. Urug'i tarkibida 30—47,8 % moy bor. Zig'ir moyi texnikada, lak, bo'yoqlar tayyorlashda, lenoleum, klyonka, yomg'ir o'tmaydigan materiallar, sharlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Kunjarasi tarkibida 33,3 % oqsil va boshqa to'yimli moddalar saqlaydi. 100 kg kunjarasida 186 o.b. bor. To'yimliligi yuqori. Pishib yetilmagan urug'lar tarkibida zaharli sinil kislotasi bor. Bunday kunjaralarni mollarga qizdirib (dimlab) berish kerak.

Zig'ir poyalaridan sifatli qog'oz tayyorlanadi, tola olinadi. Sershox poyalardan sifatsiz tola olinadi. Poyasidan tolaning chiqishi 10—13 %.
Kalta tolalardan arqon va dag'al materiallar tayyorlanadi. Zig'ir poyalari issiq saqlovchi vosita sifatida foydalanilishi mumkin. Uning to’poni yaxshi oziqa.
Moyli zig'ir O'zbekiston, Ukraina, Tojikiston va Rossiyaning ayrim viloyatlarida ekiladi. Ammo moyli zig'ir tolali zig'irga nisbatan kam ekiladi.
Moyli zig'ir hosildorligi tuproq-iqlim sharoitlariga ko'ra turlicha. O'zbekistonning lalmikor maydonlarida urug' hosili 4—5 s/ga, shartli sug'oriladigan yerlarda 16—20 s/ga. Bu ekin juda qadim zamonlardan buyon Markaziy Osiyoda yetishtirila boshlangan (g'o'zadan ham oldin). Vatani O'rta dengiz sohili va Osiyo. Dunyoning hamma joyida uchraydi, sifatli tola va moy olinadi.
Urug(lari mayda tuxumsimon, yassi, uchi biroz bukilgan, yaltiroq, jigarrang, ba’zan och qo'ng'ir tusda. 1000 urug' vazni 3—8 g, tarkibida moy miqdori 32—47 %, yaxshilangan navlarda 47—50 %.
Zig'ir gullari o'zidan va chetdan changlanadi. Havo quruq bo'lsa chetdan, nam yetarli bo'lsa o'zidan changlanadi.

3. Yeryong‘oq va maxsar o’simliklari haqida tushuncha.
Yeryong‘oq
Araxis yoki yeryong‘oq — Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonda keng tarqalgan qimmatli moyli ekin. Uning moyi konserva, margarin, sovun sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Kunjarasida 45 % oqsil, 8 % yog' saqlanadi. Urug‘laridan turli sharq shirinliklari, shokoladlar, holvalar, konservalar, tortlar va boshqa konditer mahsulotlari tayyorlanadi. Dukkaklari qovurilib bevosita iste’mol qilinadi.
Urug'ida 60 % yog', 35 % oqsil saqlanadi. Shuningdek, urug'ida vitaminlardan A, E, K, D saqlanadi. Poya va barglari qimmatli oziqa. Dukkagining po‘chog‘idan izolat-siya materiallari tayyorlashda hamda yonilg‘i (o‘tin) sifatida foydalaniladi.
O‘zbekistonda araxis dehqon xo‘jaliklari, tomorqalarda ko‘p ekiladi. Dunyo bo‘yicha 22 mln gektar maydonni egallaydi. Eng ko‘p Hindiston, Xitoy, Indoneziyada ekiladi. U Amerikaning tropik ham subtropik mamlakatlarida, Afrikada keng tarqalgan.
Y er yong'oqning vatani Janubiy Amerika, u yerdan Fillipinga, keyin Yaponiyaga va Xitoyga tarqalgan. Yevropaga Xitoydan keltirilgan, shuning uchun uni Xitoy yong'og'i deb ham atashgan.

Yeryong‘oq. 1, 2 — rivojlangan unib chiqish va gullash fazalaridagi o'simlik;


3 — poyaning bargli va gulli qismi;
4 — mevani butuni va kesilgani.

O‘zbekistonda, asosan, sug'oriladigan yerlarda ekiladi, hosildorligi 30—40 s/ga, Andijon nav sinash uchastkasida hosildorligi 61 s/ga ga yetgan.



Mevasi — pillasimon yoki silindrsimon dukkak, bir necha joyi bukilgan uzunligi 2—6 sm. Rangi somonsimon, yuzasi to'rsimon. Po‘chog‘i dukkak vaznining 25—40 % ini tashkil qiladi. Tup shaklidagi o'simlikda dukkagi ildiz atrofida g‘uj bo‘lib joylashadi, yer bag‘irlab o'sadigan shaklida tarqalib joylashadi. Dukkaklaming 1000 vazni 500—1900 g. Dukkaklar chatnamaydi. Urug'i yumaloq, oval, cho'zinchoq, bo‘yi 1—2 sm, och pushti, och qizil, kulrang, 1000 vazni 200-1200 g. 0 ‘rtacha 400—500 g.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish