Mavzu: Mollyuskalar (Mollysca) tipi. Qorinoyoqli (Gastropoda) mollyuskalar sinfi



Download 6,75 Mb.
bet17/61
Sana09.04.2023
Hajmi6,75 Mb.
#926276
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Bog'liq
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika

1.Dengiz lolalari, ya'ni dеngiznulifarlari - (Crinoidea) sinfi. Asosiy vakili: dengiz lolasi ya'ni dеngiz nilufari.
Bularning vakillarini qisqacha ta’rifini keltiramiz;
Dengiz yulduzlari - tanasi besh nurli yulduzga o’xshash yoki besh burchakli yassi tanacha shaklidagi qadim zamonlardan fanga ma’lum bo’lgan hayvonlar. Keyinroq bu haqda batafsil tanishamiz.
Dengiz kirpilari - tanasi sharsimon, tuxumsimon yoki oral-aboral tomonidan yassilashgan bo’ladi. Kirpi terisi ostida yaxshi rivojlangan skelet plastinkalari qo’shilib o’sib, qattiq skelet qalqonni hosil etgan. Kirpi tanasining ustidagi tikanlari alohida “bo’g’im” va muskullar orqali teriga tutashganligidan ular harakatlana oladi. Bu hayvonlar dengiz atrofida yashovchi odamlarning sevimli ozig’i bo’lib, hozirgi vaqtda Yaponiyaning maxsus ko’rfazlarida sun’iy urchitiladi.
Ilondumli nina terililar yoki ofiuralar – tanasi disk qismining kattaligi ilonning dumiga o’xshash “qo’llari”ning juda uzun va harakatchanligi, oral tomonidagi ambulakral ariqchasi yo’qolib, oyoqchalari qisqargan hayvonlar. Hozirda 2000 turi bo’lib, tropik dengizlarda keng tarqalgan. Ofiuralar ayrim baliqlar, ba’zilari yirtqich qushlarning ozig’i sifatida katta ahamiyatga ega.
Dengiz bodringi yoki goloturalar - tanasi cho’ziq- silindrsimon yoki chuvalchanglarga o’xshash terisi yumshoq (tikansiz) tuzilgan bo’lib, dengiz tubida o’rmalab hayot kechiradi. Kattaligi 5 sm dan 2 m gacha.Yaxshi himoyalanmagan bu yuvosh hayvon bir oz ta’sirlansa ham tanasini qisqartirib, bodring yoki ko’zacha shakliga kiradi. Dum tomonida anal teshigi joylashgan. Goloturalarning qalin terisida uzunasiga va ko’ndalangiga joylashgan muskullar yaxshi rivojlangan. Terisining orasida turli shakl va turlicha kattalikdagi ohak skelet tanachalari joylashgan. Goloturalar inson va uy hayvonlarining foydali oziqasi sifatida katta ahamiyatga ega.
Dengiz lolalari - sirtidan ochilib turgan lola guliga o’xshagan mazkur nina terililar doimiy yoki vaqtincha o’troqlik bilan hayot kechiradi va shuning uchun eng qadimgi soddalik xususiyatlari saqlanib qolgan. Dengiz lolalari turli rangda bo’lib, dengiz tubidagi go’zal “gulzorlar” ni hosil qiladi. Dengiz lolalari ba’zi dengiz baliqlari va yirtqich mollyuskalarning ozig’i sifatida katta ahamiyatga ega. Paleozoy erasida eng ko’p tarqalgan bu hayvonlarning juda ko’p qadimgi turlari yo’qolib ketgan. Hozirda bu hayvonlarning 1500 turi ma’lum. Oddiy dengiz yulduzi turli ochiq dengizlarda xususan, janubiy dengizlarda ko’p tarqalgan. U ko’pincha dengizning 20-300 m chuqurligida, Uzoq Sharq va Shimoliy dengizlarda ko’p tarqalgan. Dengiz yulduzi 5 nurli yulduz shaklida, turli rangda (qizil, oqish, ko’kimtir) o’rtacha 10-25 sm; ba’zilari 50-60 sm kattalikdagi yirtqich hayvon. Dengiz tubidagi ikki pallali mollyuskalar, qorinoyoqli mollyuskalar, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Bular foydali mollyuskalar (ustritsa, midiya va h.k) ni ko’plab yeb, nihoyatda katta zarar yetkazadi. So’nggi vaqtlarda ko’plab ko’paya boshlagan ayrim dengiz yulduzlari Janubiy dengizlardagi marjonlarni ko’plab qirib katta zarar yetkazmoqda.
Dengiz yulduzining 5 ta katta va harakatchan uchi ingichkalashgan o’simtalarini “qo’llar” deb atalib, bularning uchida bir necha kalta paypaslovchilari va ko’zi joylashgan. “Qo’llar”ni tutashtiruvchi markaziy (‘tana’) qismini disk deb nomlangan. Diskning ostki qismini “oral tomoni, ustini esa “aboral deb ataladi. Pastki oral qismida og’iz, aboral tomonida anal teshigi uning yonida esa suv bilan harakatlanadigan ambulakral organiga suv o’tkazgich - madrepora plastinkasi joylashgan. “Qo’llar ” ning oraliqlariga jinsiy organlarning yo’llari ochilgan. Erkak va urg’ochisi bir xilda. Oral tomonida diskdan boshlab, “qo’llar”ning uchiga qarab yo’nalgan “ariqcha” bo’lib, ariqchaning yon va ichki tomonida yuzlarcha harakatchan o’simtalar - ambulakral oyoqchalar joylashgan. Hayvon ma’lum tomonga qarab, shu oyoqchalar vositasida sirg’anib harakat qiladi. Terisi ancha qalin, teri osti biriktiruvchi to’qimadan ohak skelet parchalari yetishib, tana va terisini mustahkamlaydi. Bir qancha turlarida skelet terisida maxsus o’simtalar yoki ignalar hosil etadi. Ba’zi ignalarining uchi omburchaga o’xshash muskullashgan o’simta – peditsilarillarga aylangan. Bu “omburcha” lar terini tozalab turishga, ba’zi turlarida mayda hayvonlarni ushlashga xizmat qiladi. Ambulakral sistemasi aboral tomonidagi yumaloq madrepora plastinkasidan boshlanib, “tosh” kanaliga ochilgan. Sizilib o’tgan dengiz suvi mazkur kanaldan doira kanaliga, undan esa radial kanallariga tarqaladi. Suv radial kanalidan oyoqchalar ichidagi naychalarga o'tadi. Harakat vaqtida suv bosimi oyoqchalarni harakatga keltiradi.
Hazm organi og'iz bilan tutashgan kalta qizilo'ngach, oshqozon va qo'llarda joylashib, oshqozonga ochiladigan 5 juft «jigar»dan tuzilgan. Anal teshigi aboral tomonda, disk markaziga ochilgan.
Qon aylanish sistemasi qizilo'ngach atrofida va aboral tomonida joylashgan doira kanali «yurak» va 5 ta radial tomirlardan tuzilgan. Qon aylanish sistemasi yopiq. Ayirish vazifasini ambulakral sistema bajaradi. Uning kanallarida doimo suv yangilanib turadi.
Nerv sistemasi oral tomonida, bevosita terining ostida (qizilo'ngach atrofida) joylashgan bo'lib, markazida nerv tuguni va radial holda tarqalgan nerv tolalaridan iborat.
Sezuv organlari dengiz yulduzlarida yaxshi rivojlangan va «qo'l»larning uchidagi ko'zchalardan, paypaslovchilardan iborat bo'lib, ambulakral oyoqchalari ham paypaslagich vazifasini bajaradi. Ko’pchilik nina terililardagi teri hujayralari yorug’likni sezish xususiyatiga ega. Ko’p turlarida hid bilish va ta’m bilish organi rivojlangan. Deyarli hamma turlarida muvozanat organi bor.
Jinsiy organlari 5 ta urug’don yoki tuxumdonlardan iborat bo’lib, sodda shaklda shoxlangan organlarning yo’llari mustaqil ravishda “qo’l”larning oraliqlarida tashqariga ochilgan. Ko’pchilik turlari jinsiy mahsulotini tashqariga chiqaradi urchish va rivojlanishi suvda boradi. Ba’zi turlarida tuxum qo’yish bo’shlig’i bo’lib, tuxumi shu bo’shliqda urug’lanadi.

Download 6,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish