Moliyaviy holat tahlili subyektlarining keng qamrovliligi va ular manfaatlarining turlichaligi moliyaviy holat tahlilini o‘tkazish bo‘yicha aniq konseptual asoslarni belgilashni talab etadi.
Lekin xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholashning me’yoriy hujjatlarga tayangan rasmiy va norasmiy jihatlari mavjud.
Rasmiy jihatlarni xo‘jalik subyektlarining reyting bahosini chiqarishda, to‘lovga qobillik va kreditga qodirligini baholashda, iqtisodiy nochorlik va bankrotlik darajalarini belgilashda ko‘rish mumkin
Norasmiy jihatlar bo‘yicha tahlilchi, analitiklar o‘zlari uchun maqbul shaklda tartib va qoidalarni belgilashlari va ularga mos analitik jarayonlarni tuzib chiqishlari mumkin.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |