Mavzu: Moliyaviy faoliyatga doir Xarajatlarni hisoblash. Reja:
1.Moliyaviy xo’jalik faoliyat va uning natijalarining iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
2. Moliyaviy natijalar ko’rsatkichlari va ularni shakllanishi .
3.Davr xarajatlarining hisobi.
4. Asosiy(operatsion) faoliyatdan daromadlar hisobi. Moliyaviy faoliyatdan daromadlar va xarajatlarning hisobi.
5. Yakuniy moliyaviy natija hisobi
Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik yurituvchi sub’yektning ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o’ziga qarashli mablag’ning oshishi yoki kamayishidir.
Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konsentual asosining 38,7 bandiga binoan moliyaviy natijalar – xo’jalik yurituvchi sub’yektning foyda yoki zarar siklida ifodalangan faoliyating pirovard iqtisodiy yakunidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jaliklarni foyda bilan faoliyat ko’rsatishi dolzarb masala hisoblanadi. Xo’jaliklarni foyda bilan faoliyat ko’rsatishi nafaqat xo’jalik iqtisodiyotini mustahkam bo’lishini -xo’kalikni mustahkam moliyaviy holatga ega bo’lishi, xodimlar farovonligini oshishini, balki uni soliqlar va boshqa tushumlardagi xissasini oshishi tufayli mamlakat milliy mahsulotiga qo’shgan xissasini oshib borishini ham ta’minlaydi.
.
“ … Moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida nizom”ga binoan moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga(natijaga) quyidagilar kiradi:
- Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalari muomalari bo’yicha ijobiy kurs tafovutlari.
- Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan yalpi daromadlar(lizing to’lovlarini olish).
- Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga,shu’ba korxonalarga va boshqalarga) mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar
- O’zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida ulush qo’shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo’yicha devidendlar va obligatsiyalar hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar
- Olingan royaltilar va sarmoya transferti
Moliyaviy natijalarni shakllanishi va taqsimlanishi to’g’ridan-to’g’ri ularni hisobi bilan bog’likligidan kelib chiqib hisob oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:
1. Moliyaviy natijalar shakllanishi hisobini har bir faoliyat, mahsulot, ish va xizmatlar va boshqalar bo’yicha to’g’ri, aniq va o’z vaqtidaligini ta’minlash.
2. Foyda hajmini uning tegishli manbalari bo’yicha to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash hamda uni tegishli maqsadlarga to’g’ri taqsimlanishi yuzasidan nazorat.
3. Moliyaviy natijalar bilan bog’liq muamolarni va ularni taqsimlanishini tegishli hisobvaraqlar hamda registrlarda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish.
4. Moliyaviy hisobot va rahbariyatni moliyaviy natijalarni shakllanish holati va taqsimlanishi bo’yicha axborotlar bilan ta’minlash.
Moliyaviy natijalarni, ya’ni foyda(zarar)ni shakllanishi bo’yicha asosiy me’yoriy hujjat bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yilni 5-fevralida tasdiqlanib 2003, 2005, 2015 yillarda ayrim o’zgarishtirish va aniqliklar kiritilgan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom” hisoblanadi. Xo’jaliklarda foyda turlari
Mahsulotlarni sotishdan
Asosiy ishlab chiqarishdan
Umumxo’jalik faoliyatidan
Soliqlar to’languncha
Hisobot davrining sof foyda
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan yalpi foyda – ularni sotishdan pul tushumidan sotilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini chegirish orqali aniqlanadi va u quyidagicha ifodalanadi: YAF=SST-TN Bunda: SST – sotishdan sof tushumi. TN – sotilgan mahsulotning tannarxi Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan foyda tarkibiga yalpi foydadan tashqari asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va zararlarining farqi hamda ulardan davr xarajati chiqarilib aniqlanadi, ya’ni: AFF=YAF-DX+BD-BZ. Bunda: YAF – yalpi foyda. DX – davr xarajati BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. BZ – asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa zararlar. Umumxo’jalik faoliyatidan foyda: UF=AFF+MD-MX Bunda: MD – moliyaviy faoliyatidan olingan foyda. MX- moliyaviy faoliyatdan xarajatlar. Soliq to’languncha foyda: STF=UF+FF-FZ. Bunda: FF – favqulodda vaziyatlardan foyda. FZ – favqulodda vaziyatlardan zarar. Sof foyda: SF=STF-DS-BS Bunda : DS – daromad(foyda)dan to’lanadigan soliq. BS – boshqa soliqlar va to’lovlar. Yuqorida keltirilgan foyda ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha tegishli tushunchalar va ular bo’yicha ko’rsatkichlar moliyaviy hisobotni “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot(2-shakl)”da batafsil berilgan. Hisob varaqlar rejasiga binoan davr xarajatlarining hisobiga 9400 “Davr xarajatlari hisobi hisobvaraqalari” hisobvarag’i mo’ljallangan bo’lib, unda davr xarajatlarini hisobi quyidagilar bo’yicha olib boriladi:
9410 – sotish xarajatlari
9420 – ma’muriy boshqaruv xarajatlari
9430 – boshqa operatsion xarajatlar
9440 – keyinchalik soliq solish bazasidan chiqariladigan hisobot davri xarajatlarining hisob varaqlari
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisob davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari (9010, 9300, 9500, 9710) bilan jami faoliyat buyicha kurilgan zarar (9720) va xarajatlarning (9100, 9400, 9600) hamda soliqlar va boshqa yig’imlari (9800) o’rtasidagi farqidir . Bunda jami faoliyat turlaridan olingan daromadlarga 9000,9300,9500 hisobvaraqlar debetlanib 9910 hisobvaraq kreditlanadi. Jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararga 9720 hisobvaraq kreditlanadi. 9910 hisobvaraqga o’tkazilgan xarajatlar summasiga ushbu hisobvaraq debetlanib 9100,9400,9600 hisobvaraqlar kreditlanadi. Shu kabi hisobot davri davomida soliqlar va boshqa yig’imlarni to’lash bo’yicha foydaning ishlatilishiga 9910 hisobvaraq debetlanib, 9810, 9820 hisobvaraqlar kreditlanadi. E’tiboringiz uchun rahmat!