Mavzu: Model va uning turlari


Oddiykoptok tavsif qiymati sferasimon  2,2 kg  15sm  rezina  Ko`p



Download 478,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.09.2021
Hajmi478,85 Kb.
#165445
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Model-va-uning-turlari

Oddiykoptok tavsif qiymati sferasimon 

2,2 kg 


15sm 

rezina 


Ko`p  hollarda  ma’lum  bir  sohaga  oid  izlanishlar  olib  borilayotganda 

haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma’nodagi nusxasi  o`rgnniladi. 

Bunga,  bir  tomondan,  ma’lum  bir  sabablarga  ko`ra  (chaqmoqning  turg`un 

emasligi,  quyoshning  uzoqligi,  obyekt  bilan  ishlash  katta  mablag`  talab 

etishi  yoki  inson  hayotiga  havf  solishi  va  hokazo)  haqiqiy  obyektni 

to`g`ridan-to`g`ri  o`rganishning  iloji  bo`lmasa,  ikkinchi  tomondan 

izlanishlar  uchun  obyektning  qandaydir  ma’nodagi  nusasini  o`rganishning 

o`zi  ham  yetarli  bo`ladi.  Albatta,  bu  hollarda  obyektning  nusxasi  izlanish 

olib borilayotgan sohaning talablariga to`liq javob berishi kerak bo`ladi. 

Model  -  haqiqiy  obyektning  izlanish  olib  borilayotgan  sohaning 

ma’lum talablariga javob beradigan nusxasidir. 

Model 

so`zi 


(lotincha 

modulus

o`lchov, 

me’yor) 

sizga 


samolyotsozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to`garaklari orqali tanishdir. 

Hayotda  obyektlarning  modellariga  juda  ko`p  misollar  keltirish  mumkin. 

Masalan,  yerning  modellari bo`lib globus yoki  xarita; samolyotning  modeli 

bo`lib  kichiklashtirilgan  nusxasi,  avtomashinaning  modeli  bo`lib  siz  bilgan 

o`yinchoqlar; 

chaqmoqning 

modeli 

bo`lib 


yuqori 

kuchlanishli 

elektrmanbaidagi  qisqa  tutashuv  yoki  payvandlash  elektrodining  yonishi; 

insonning  modeli  bo`lib  uning  hujayrasi  yoki  qo`g`irchoq  yoki  fotosurati; 

inson miyasining hisoblashga oid modeli bo`lib kalkulyator yoki kompyuter 

xizmat qiladi. 

Haqiqiy  obyekt  va  uning  modeli  o`tkazilayotgan  tajribalarda  bir 

xilnatija  bersagina  izlanish  olib  borilayotgan  soha  talablariga  javob  beradi. 




 

Masalan,  samolyot  va  uning  kichik  nusxasi  bo`lgan  model  bir 



xilaerodinamik  qonunlarga  bo`ysunadi.  Model  uchun  topilgan  natijalar 

haqiqiy samolyot uchun ham o`rinlidir. Loyihalashtirilgan haqiqiy samolyot 

qurilgach, uni laboratoriyadagi maxsus qurilmalar -samolyotga havo oqimini 

yuboruvchi  stendlarda  sinab  ko`riladi.  Bu  holda  laboratoriyadagi  stendlar 

atmosferaning modeli bo`lib xizmat qiladi. 

Hayotda  shunday  jarayonlar  bo`ladiki,  ularning  modeli  sifatida 

matematik  munosabatlar  va  formulalar  qaraladi.  Bu  holda  tanlanganmodel 

haqiqiy obyektning xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan bo`lishi zarur, 

ya’ni  o`rganilayotgan  obyekt  va  tanlangan  model  xususiyatlari  bir  xil 

munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim. 

O`rganilayotgan  obyekt  tavsiflarining  matematik  munosabatlar, 

belgilar va bog`lanishlar orqali ifodasi matematik model deb ataladi. 

O`rganilayotgan  obyektning  matematik  munosabatlar  va  belgilar 

orqali ifodalanish jarayoni matematik modellashtirish deb ataladi. 

Avvalgi  darsda  ko`rib  o`tilgan  kitob  sahifasidagi  satrlar  sonini  topish 

masalasi kvadrat tenglama ko`rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat 

tenglama  ko`rinishida  ifodalash  jarayoni  matematik  modellashtirish,  mos 

tenglama  esa  masalaning  matematik  modeli  bo`lar  ekan.  Shuningdek, 

Arximed  kuchi,  Pifagor  teoremasi  va  perimetr  formulasi  ham  matematik 

model bo`ladi. 

Matematik modellashtirish jarayoni qadimdan astronomiya, kimyo va 

fizika  fanlarida  qo`llanib  kelingan.  Misol  sifatida  Neptun  sayyorasining 

kashf etilishini olish mumkin. 1846-yilda fransuz astronomi U.Leverye Uran 

sayyorasining  g`ayritabiiy  harakatlanishiga  Quyosh  sistemasining  o`sha 

paytgacha  noma’lum  bo`lgan  sayyorasi  sababchi  ekanligini  matematik 

isbotlab  bergan.  Shu  yili  Leveryening  ko`rsatmalariga  asoslanib  nemis 

astronomi Galley Neptun sayyorasini teleskop orqali kuzata olgan. 

Kimyoviy reaksiyalarning matematik modeliga misollar: 

1. 

xlor bilan natriyning birikish reaksiyasi: 2Na + Cl



2

 = 2NaCl; 

2. 

tabiiy gazdan oltingugurt ajratib olish reaksiyasi: 2H



2

S + O


2

= 2H


2

+ 2S. 



Fizik hodisalarning matematik modeliga quyidagilar misol bo`ladi: 

1) 


Nyutonning ikkinchi qonuni, ya’ni jismga ta’sir etayotgan kuchning 

formulasi: F = ma, bunda m- jism massasi, a- tezlanish; 

2) 

Nyutonning 



butun 

olam 


tortishish 

qonuni: 


bundam



1

m

2

-  bir-biriga  ta’sir  etayotgan  jismlar  massalari,  R  -  ular  orasidagi 

masofa, G- gravitatsiya doimiysi. 

Hozirgi  kunda  ham  modellashtirishni  kimyo,  biologiya,  tibbiyot, 

iqtisod  kabi  fan  yo`nalishlarida  keng  qo`llanib,  juda  qiziqarli  natijalar 

olinmoqda. 




 

Umuman  olganda,  modellar  obyektlarning  ifodalash  vositalarini 



tanlashga  qarab  quyidagi  sxemada  tasvirlanganidek,  uch  asosiy  turga 

bo`linadi: 

 


Download 478,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish