Mavzu: modda massasini saqlanish qonuni. Massalar farqiga ko’ra ishlanadigan masalalar, bir necha tenglamalar asosida ishlanadigan masalalar yechish usullari. Reja


oliy ta’lim muassasalari kafedralari



Download 2,2 Mb.
bet2/13
Sana11.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#775722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 522206320404936000kurs ishi[1]

oliy ta’lim muassasalari kafedralari — biriktirilgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, professor-o‘qituvchilarni va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablar tashkil etish;
xo‘jalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar — biriktirilgan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, “ustoz-shogird” an’analarini rivojlantirish va o‘quvchilarga kasbiy ta’lim berishga ko‘maklashish;
Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda xo‘jalik birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari va klasterlar — biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini ta’minlash, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, soha yetuk mutaxassislari rahbarligida diplomoldi amaliyotlarni o‘tash, talaba va professor-o‘qituvchilarni laboratoriyalardan foydalanish va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish uchun sharoit yaratish, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishda amaliy rahbarlikni amalga oshirish, ilmiy ish natijalarini amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish borasida hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, biriktirilayotgan tashkilotlar tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va professional ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini darsliklar, laboratoriya jihozlari va uskunalar bilan ta’minlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish va stajirovka o‘tashini tashkil etish, ularning mehnatini rag‘batlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, o‘quvchilarni xalqaro nufuzli olimpiadalarda qatnashish va boshqa xarajatlarini qoplashda yaqindan ko‘maklashadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda biriktirilayotgan xo‘jalik birlashmalarining kuzatuv kengashlarida biriktirilgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va professional ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqilishini ta’minlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga biriktirilayotgan xo‘jalik birlashmalari tomonidan ajratiladigan mablag‘larning miqdorlariga hududdagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda yillar kesimida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish, ularni jihozlash, o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash hamda kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish bo‘yicha boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan maxsus jamg‘armalar tashkil etilsin.
Quyidagilar maxsus jamg‘armalarning mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
har bir hudud uchun kamida 1 milliard so‘m (jami 14 milliard so‘m) miqdoridagi mahalliy budjet mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qo‘shimcha manbalari va budjetdan tashqari mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Xalq ta’limi vazirligi:
a) 2020/2021 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar uchun tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tabiiy fanlar yo‘nalishidagi variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rsin;
b) Agentlik, Moliya vazirligi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablarning kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarining bilimi va pedagogik mahoratini baholash va saralab olingan nomzodlarning malakasini oshirish rejasini tasdiqlasin.
Belgilansinki, o‘tkazilgan baholash natijalaridan kelib chiqib ixtisoslashtirilgan maktablarga va ixtisoslashtirilgan tayanch maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan amalda belgilangan ustama haqi miqdori 2021-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizgacha oshirilsin.
Agentlik, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan tayanch maktablarga qabul qilingan kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilari hamda rahbar kadrlari (direktor va ixtisoslashtirilgan fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari)ning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan ustama haq to‘lash tartibini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
7. Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar Kimyo va biologiya fanlaridan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini (keyingi o‘rinlarda — Milliy sertifikatlash tizimi) joriy qilsin.
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin:
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatlarini (keyingi o‘rinlarda — milliy sertifikat) berish belgilangan tartibda Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
kimyo yoki biologiya fanlarini bilish darajasini aniqlash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;
imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o‘quvchilari davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda kimyo yoki biologiya fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi hamda unga tegishliligiga ko‘ra kimyo yoki biologiya fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi.
8. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi 2020-yil 1-dekabrga qadar kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash dasturlarini xorijiy universitetlar tajribasi asosida tahlil qilib, takomillashtirish choralarini ko‘rsin va ularda, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutsin:
o‘quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, stajirovkalarni tashkil etish va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
o‘qituvchilar faoliyatini baholashning ilg‘or mezonlarini joriy etish.
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2021-yildan boshlab ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo‘yicha milliy tanlov tashkil qilsin.
Belgilansinki, milliy tanlov natijasi bo‘yicha g‘olib deb topilgan mualliflar Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 100 million so‘mdan bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlanadilar.
10. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasining 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro fan olimpiadalarini (keyingi o‘rinlarda — xalqaro olimpiadalar) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini bir martalik mukofotlash hamda tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga davlat granti asosida imtihonsiz o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etiladi.
11. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining:
oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi g‘oliblari hamda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlarini magistraturaga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qishga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilish;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab kimyo va biologiya yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlayotgan barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman (shahar) — viloyat — oliy ta’lim muassasasi) kimyo va biologiya fani bo‘yicha o‘zining olimpiadasini o‘tkazish va 1 — 3 o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasasining mablag‘lari hisobidan imtihonsiz o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
12. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabalar uchun to‘garaklar olib borayotgan professor-o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama haq belgilash tartibini joriy etsin.
13. Belgilansinki: oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisligiga qo‘shimcha imtihonlarsiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi;
oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya mutaxassisligini a’lo baholar bilan tamomlagan magistrlarni tayanch doktoranturaga oliy ta’lim muassasalarining kengashi qarori asosida imtihonlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri kvota doirasida qabul qilish tartibi joriy qilinadi.
14. Kimyo va biologiya sohasidagi ilmiy tashkilotlarning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini ta’minlash manzilli dasturi (keyingi o‘rinlarda — Manzilli dastur) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar: Ilmiy tashkilotlarga biriktirilgan tarmoq korxonalari — Manzilli dasturga kiritilgan har bir ilmiy tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni o‘z muddatlarida va to‘liq ajratilishini;
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda — Manzilli dastur doirasida ilmiy tashkilotlarning ishlanmalarini tarmoq korxonalarining talablariga muvofiq, belgilangan tartibda taqdim etilishini hamda har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Vazirlar Mahkamasiga amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot kiritib borilishini ta’minlasin.
15. Kimyo va biologiya yo‘nalishlaridagi ilmiy tashkilotlarning istiqbolli ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirishni tashkil etish dasturi (keyingi o‘rinlarda — Tijoratlashtirish dasturi) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar:

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish