MAVZU: Mirtemining “Onaginam” “Betobligimda” “Toshbu” she’rlarini o’qib o’rgatish
Maqsad: O`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda o`zgalarning ruhiy kechinmalarini tushunish, darddoshlik tuyg`ularini o`stirish.
Darsning borishi:
1. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
2. Yangi mavzu bayoni. Aqliy hujum.
4. She’rlarni o’qib tahlil qilish.
5. She'rning asosiy g'oyasini tushuntirib berish. 6. Guruhlarda ishlash.
7. Fikrlar himoyasi.
8. Uyga vazifa berish.
O’tilgan mavzu: Abdulla Qahhorning “Daxshat” hikoyasining mazmun mohiyati, sarlavhaning asarda mazmunini ochib berishda tutgan o’rni,asarda qahramonlarning ichki ruhiy kechinmalari va obrazlar talqini xususida savollar o’rtaga tashlanib,suhbatlar o’tkaziladi va dars mustahkamlanadi.
Yangi mavzuni bayon qilish. Aqliy hujum:
Mirtemir kim, uning ijodiy faoliyati haqida nimalarni bilasiz? O’quvchilarning javoblari umumlashtiriladi va to’ldirish uchun adib umrbayoni bilan tanishtiriladi. O’rganilajak she’rlarni tahlil qilish uchun avvalam bor shoirning hayotini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalgi sinflarda o’quvchilar shoirning hayoti bilan tanish bo’lganligi uchun uning “Onaginam” she’rini tahlil qilib beriladi.
She'rning asosiy g'oyasini tushuntirib berish.
Mirtemir ijodda milliy adabiy an’analar, she’riy madaniyat ufqlarini kengaytirishga intildi va buni muvaffaqiyat bilan ado etdi. Ona mavzusidagi she’rlari ham ushbu fikrni tasdiqlaydi. Hayot kezlarida onani munosib darajada qadrlab, xizmatini qilish, duosini olib, roziligiga erishish – ulug‘ saodat. Lekin, taassufki, bunga hamma ham birday muyassar bo‘lavermaydi. Shu ma’noda, Mirtemirning “Onaginam” she’ri zohiran biografik xarakterga ega bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida umumlashma xususiyat kasb etadi.
She’rning boshlanishida shoir lirik qahramon ruhiyati tasvirini kuchaytirib ifodalovchi g‘ashlik tushunchasiga urg‘u beradi. Uning “tovonga chaqir tikanakdek botguvchi, bedavo sizlovuqday sizlatguvchi” ekaniga e’tibor qaratadi. “Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon chuchvaraga tukkuvchi” – bu sifatlash g‘ashlik lirik qahramon ruhiyatini batamom chulg‘ab olganini ko‘rsatadi. O‘quvchida bu g‘ashlikning sababini bilishga bo‘lgan qiziqish tuyg‘usi kuchaya boradi. Bu so‘zlar keyingi misralarda tasvirlanajak holatlarga muqaddima kabi taassurot qoldiradi:
Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi –
g‘ashlik,
Bedavo sizlovuqday sizlatguvchi –
g‘ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga tukkuvchi –
g‘ashlik.
Mirtemir – san’atkor shoir. Tabiiyki, mahorat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Keyinroq, shoirning o‘zi bunday deb yozgan edi: “She’r – bu yurak degani, qalbning sa’y-harakati va tug‘yonlari degani, she’r obraz va obrazli fikrlash degani” Ana shu tushunchaga sodiq qolgan Mirtemir ona haqidagi she’rida inson qalbini hayajonga soladigan yorqin, mukammal, eng muhimi, odamni o‘ylashga, tafakkur qilishga da’vat etadigan obrazli tasvirlar yaratdi. Mana bu misralar o‘quvchining ruhiy olamini ag‘dar-to‘ntar qilishga, uning qalbida buyuk zot – ona oldida o‘z vaqtida ado etilmagan qarzdorlik tuyg‘usini uyg‘otib yuborishga qodir:
“Rozi bo‘l, odam sanalay menam…” – bu xulosa milliy ruh ifodasi, poklangan ko‘ngilning o‘zbekona samimiy izhori. Zero, ona roziligi o‘zbek uchun eng muqaddas tushunchalardan biri, odamiylikning bosh shartidir. Ona rizosiga, el rizosiga muyassar bo‘lmoq xalqimiz uchun sharaflar ichra eng oliy sharafdir. Mirtemirning ona mavzusidagi she’rlari ana shu toza tuyg‘u, milliy ruh betakror talqin etilgani bilan yangi zamon o‘zbek she’riyati rivojida alohida mavqega ega. Bu she’rlar tahlili shoirning ona timsolida elni, el deganda esa onani tushungani haqidagi muhim xulosaga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |