Mavzu: Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ta’lim tizimi hodimlarining mas’uliyati Reja



Download 59,85 Kb.
bet1/6
Sana12.06.2022
Hajmi59,85 Kb.
#660168
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singd


Mavzu: Milliy mafkuraning o’quvchi yoshlar ongi va qalbiga singdirishda ta’lim tizimi hodimlarining mas’uliyati


Reja:



  1. Mafkura va milliy mafkura tushunchasi.

  2. Mafkuraviy faoliyat – milliy g’oyani amalga oshirish vositasi

  3. Milliy mafkurani yoshlar ongi singdirishda oila, mahalla va maktabning roli.

    1. Mafkura va milliy mafkura tushunchasi

Mafkura tushunchasi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi.
O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlamlarning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi.
Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.
O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi.
Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men ja1. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir.
Insoniyat tarixi mobaynida turli shakldagi juda ko’plab mafkuralar yaratilgan, behisob ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z g’oyalari va ta’limotlari bilan maydonga chiqqan, maqsad va niyatlariga yetishmoq uchun harakat qilgan. Biz har qanday mafkurani g’oyalar tizimi sifatida talqin qilar ekanmiz, shuni unutmaslik kerakki, biror bir mafkuraning mohiyatini anglab yetish uchun faqat uning tarkibidagi g’oyalarni tahlil qilishning o’zi yetarli emas. O’tmishda turli kuchlar va guruhlar o’z g’arazli niyatlariga erishish, asl maqsadlarini yashirish uchun yuksak va jozibali g’oyalardan foydalangan. Eng yovuz bosqinchi va eng razil guruhlar ham o’z kirdikorlarini ezgu g’oyalar bilan niqoblashga uringan.
Demak, mafkuraning mohiyati faqat uning asosiy g’oyalari vositasida emas, shu g’oyalarga erishish usullari va vositalari, umume’tirof etilgan tamoyillari, ularning aksariyat omma manfaatlariga mosligi orqali ham namoyon bo’ladi. O’zining mudhish talab-ehtiyojlari va yovuz niyatlarini boshqa xalqlar hisobiga qondirishni ko’zlab harakat etuvchi mafkuralar halokatga mahkumdir.
Mafkuralar, ma’no-mohiyatiga ko’ra, falsafiy, dunyoviy, diniy va boshqa turli ta’limotlar asosida yaratiladi. Xilma-xil ijtimoiy-siyosiy kuchlar o’z mafkuralarini yaratishda siyosiy g’oyalar bilan birga, diniy oqimlar va ilm-fan yutuqlariga tayanadi, ulardan nazariy asos sifatida foydalanadi.
Mafkuraning falsafiy ildizlari haqida fikr yuritganda, uning falsafa ilmi xulosalariga asoslanishi nazarda tutiladi. Bunga g’arbdagi Uyg’onish davrini hamda o’rta asrlarda o’z milliy davlatchiligini tiklay boshlagan yevropa xalqlarining har biri o’ziga xos mafkurasini yaratganini misol keltirish mumkin. Mazkur mafkuralar Rim imperiyasi parchalanganidan keyin o’z davlatchiligiga ega bo’lgan xalqlarning o’ziga xos qadriyatlari va mentaliteti zaminida vujudga kelgan milliy falsafalari asosida shakllandi. Shu bois o’sha davrdagi italyan, ingliz, fransuz falsafasi o’zi mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu milliy maktablar zaminida vujudga kelgan falsafiy ta’limotlar, ma’rifiy qarashlar insoniyat madaniyati xazinasiga salmoqli hissa bo’lib qo’shildi. Kant, Gegel, Feyerbax kabi mutafakkirlar nomi bilan shuhrat topgan nemis falsafasi xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Jumladan, haqiqiy milliy xususiyatlarga ega bo’lgan Gegel falsafasi Avstriya imperiyasidan ajralib, mustaqillik yo’lini tutgan Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi darajasiga ko’tarilgan edi.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Insoniyat asrlar mobaynida bosqichma-bosqich dunyoviylik sari intilib keldi. Umume’tirof etilgan tamoyillar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi xususiyatlar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haq-huquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Ana shunday jamiyat mafkurasi «Dunyoviylik – dahriylik emas» degan tamoyil asosida rivojlanadi, ya’ni dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini aslo inkor etmaydi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda, u inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bog’liq ekani va shu bois uning g’oyaviy ildizlari diniy ta’limotlarga borib taqalishi tushuniladi. Ya’ni, ko’pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, «Zabur», «Tavrot», «Injil» va «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o’z ifodasini topganini ko’ramiz.
Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini asoslab bergan Konfutsiy va Lao-szining ta’limotlari ham diniy qarashlarga asoslangan edi. Bu ta’limotlar asrlar mobaynida Xitoy xalqining milliy mafkurasi bo’lib kelgan.
Dunyoviy va diniy g’oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom g’azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonma-yon yashab faoliyat ko’rsatgan davr yorqin misol bo’la oladi.
Bunday jarayon bugungi dunyoda amaliyot falsafasi deb tan olingan pragmatizm, hayot falsafasi bo’lgan ekzistensializm kabi dunyoviy va diniy g’oyalardan oziqlangan ta’limotlar misolida ham ko’zga tashlanmoqda.
Inson darajasi ko’tarilishi omili sifatida oldin iymon keyin ilm zikr qilinmoqda.Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon bo’ladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim bo’lganidek, insonning darajasi ko’tarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak. Iymon kesib tashlandi deylik? Ammo Iymon va Ilm bir-biriga qarama qarshi narsalar, deya jar solindi. Aslida esa iymonsiz ilm, ilmsiz iymon bo’lmasligi kerak. Nobel mukofoti sohibi Albert Eynshteyn: “Dinsiz fan o’likdir, fansiz din cho’loqdir”, degan.
Qur’oni karimda mujodala surasida “Allox sizlardan iymon keltirganlarning, Xususan,ilmga berilganlarni darajalarga ko’tarur” 11-oyat.
Ushbu oyati karimada bandalarni oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qo’yilmoqda. Avvallari ilimlarni diniy va duyoviyga ajratish bo’lmagan. Hammasi bir xil – “ilm” deb atalgan va shunga amal qilingan. Shuning uchun qadimgi davrda bir gurux falaqiyot ilmi mutaxassislari o’z kasblariga oid kitobni muzokara qilib o’tirishganida, diniy ulamolardan ba’zilari o’tib qolib: “Nima qilyapsizlar?” deb so’rashgan. Shunda falaqiyotchilar: “Alloh taoloni “Ular nazar solmasmilar tuyaning qanday yaratilganiga.... va osmonning qanday ko’tarilganiga?!” degan oyatini sharhini o’rganyapmiz”, deb javob berishgan. Shuning uchun ham tibbiyot ilmi dahosi Abu Ali ibn Sino tabibman deb o’tirmay, islom falsafasining ko’zga ko’ringan arboblaridan biriga aylangan. Sha’riy ilmlarni yaxshi bilan va qur’oni karimning ba’zi suralariga tafsir yozgan.
Termiziy rivoyat qlgan. Hadisi sharifdagi “Hikmatli kalima” dan foydali ilmdir. Hikmat – ilm ekani hammaga ma’lum. O’sha hikmat bir kalima bo’lsa ham, mo’min kishi uni olishga urinishi lozim. Talabi ilm ibodatdir. Ilm ba’zi o’tgan gunoxlarning yuvilishiga sababdir. Shuning uchun ham musulmonlar doimo ilm talabida bo’lishlari kerak. Shariyatda ilm talab qilish har bir musulmonga farz qilingan.
Ilmiy kashfiyotlar ham mafkura rivojiga katta ta’sir o’tkazadi.
Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, kibernetika sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gen-nasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o’zgartirmoqda.
Ayni vaqtda yuksak ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlari, bir tomondan, inson aql-idrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Xirosima, Nagasaki, Chernobil fojialari, ommaviy qirg’in qurollari, ekologik halokatlar, ma’naviy tanazzul kabi umumbashariy muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Shunday ekan, ilm-fan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog’lom g’oya, sog’lom mafkura kerak.
Biz hozirgi vaqtda muayyan darajada murakkab davrda yashayapmiz. Chunki yurtimiz xavfsizligini saqlab qolish bilan bog’liq masalalar, vazifalar ko’lami kengaydi. Shu bois, davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida, xususan xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning eng asosiy vazifasi, garchi ular qanchalik keng ko’lamli bo’lmasin, hozirgi murakkab, ziddiyatli davrda xavfsizlik muammosi, shuningdek, katta va kichik tahdidlarni anglab yetish ustida tinmay izlanish masalasi bo’lmoqda. Bu, bir tomondan, rahbarlar oldiga qo’yilayotgan asosiy talab bo’lsa, boshqa tomondan, ularning layoqati, ilmiy salohiyati, huquqiy va siyosiy savodi hamda nimalarga qodir ekanini belgilaydigan bosh mezondir. Nafaqat ta’limi tizimi rahbarlari, balki har bir insonning jamiyat oldida qonun bilan himoyalangan huquqlari bor. Huquq bor joyda erkinlik bo’ladi. Erkinlik bo’lgan joyda mas’uliyat bo’lishini ham yoddan chiqarmasligimiz lozim. Burch haqida o’ylaganimizda A.Blokning “Burchingni unutma, u birdan-bir dil navosidir. Burchsiz hayot ham, ehtiros ham yo’q”, - degan gaplari yodimizga keladi. “Burchdan voz kechib o’z vazifasini tan olmaslik, hamma huquqlarini talab qilish xudbinlikdan boshqa narsa emas”, degan edi rus yozuvchisi F.Dostoevskiy. Shunday ekan, har bir ta’lim tizimining rahbar va boshqa xodimlari eng avvalo, insoniylik burch va vazifasini unutmasligi zarur.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, Prezident Islom Karimov xalqimizning tinchligi, barqaror tarqqiyoti hamda farovonligi, Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligi uchun javobgar shaxs, qolaversa, shu aziz va betakror yurtning farzandi sifatida, xalqimiz va xalqaro hamjamiyat diqqat-e’tiborini mana shu qaltis, o’ta murakkab, hayot-mamotimizni hal qiladigan masalalarga qaratish, ularning to’g’ri va oqilona yechimini topish haqida tinimsiz bosh qotirib kelmoqda. Yurtboshimizning faoliyati barcha soha rahbar xodimlariga, jumladan ta’lim tizimining rahbar va xodimlariga dasturilamal bo’lib xizmat qilishi kerak.
"Hyech shubhasiz, bugun biz yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarilayotgan bir paytda, hayot shiddat bilan o’zgarib, yon-atrofimizdagi ichki va tashqi vaziyat keskinlashib, oldimizda turgan vazifalar ko’payib, muammolar murakkablashib borayotgan hozirgi sharoitda — xo’jalik yoki tumanda bo’ladimi, viloyat yoki respublika miqyosida bo’ladimi, qaerda bo’lmasin – birinchi rahbarga qo’yilayotgan talab oshib borayotgani haqida gapirib o’tish ortiqcha..."2. Binobarin, bu talab, birinchi navbatda, ta’lim tizimining barcha rahbar xodimlarga ham tegishli.
Zero, xalqimiz milliy an’analariga ko’ra hamisha rahbarga tayanadi, undan adolat va insof kutib yashaydi. Xalqimizda "O’n qo’shchiga-bir boshchi" degan naql bor. Ajdodlarimiz azal-azaldan o’z yetakchilariga qattiq ishongan va ixlos qo’yganligi bilan boshqa davlatlar, ayniqsa, G’arb davlatlaridan ham ajralib turadigan jihati mana shundadir.
Bu borada yurtboshimizning ma’ruzalarida, nutq va asarlarida davlat xizmatchilari va rahbar kadrlarga qo’yilgan talablar, rahbar sifatida ularning shakllanishi, kamol topishi, ularni tarbiyalash qanchalik muhim ekanligi batafsil tushuntirib berilgan. “Eng avvalo, rahbardan aql-idrok talab etiladi. Aql-idrokli bo’lish bilan bir qatorda rahbar odam mustahkam irodali, imoni butun, oriyatli bo’lishi shart. U bag’ri keng, ayni zamonda, talabchan bo’lishi zarur. Jasur, matonatli rahbar el orasida obro’ topadi. Bizga tashkilotchi, tashabbus ko’rsatib, boshqalarni ergashtira oladigan rahbarlar kerak, chunki bunday insonlar xalqni jipslashtiradi. Kuch va bilimini savobli ishlarga safarbar etadi”. Bu o’rinda bobokalonimiz Amir Temur davlat xizmatchilarining shaxsiy ibrati, uddaburonligini muhim deb hisoblagan. Rahbarning mansabini suiste’mol qilishi, adolatsizligi, yolg’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi, o’z so’zining uddasidan chiqmasligini qattiq qoralagan. Demak, ma’naviy-huquqiy tarbiyaning yana bir muhim sharti shundaki, bu boshqalarga o’rnak bo’lishdir. Biz qanchalik milliylik, ezgu qadriyatlar, qonunlar va huquqlarning muqaddasligi, uni bajarish zarurligi haqida gaprmaylik, eng avvalo, unga o’zimiz itoat etmasak, g’oyaviy-huquqiy tarbiya yo’lida qilayotgan ishlarimiz yetarli samara bermaydi. Darhaqiqat, rahbar xizmati murakkab va serqirra jarayondir.
Eng muhim vazifa hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, ta’lim tizimi boshqaruvida, yangicha fikrlaydigan, fidoyilik ko’rsatib, keskin vaziyatlarda mas’uliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir iymoni pok, bilimdon, tashabbuskor, mard, tomirida vatanparvarlik qoni jo’shib turgan odamlargagina ishonch bildirib, ularga rahbarlik vazifalarini topshirishdir. Faqat shunday rahbarlargina ta’lim jarayonidagi salbiy voqyea-hodisalarning tub sabablarini teran anglab, ularni bartaraf etib, har qanday og’ir vaziyatda ham oqilona ish yurita oladi.
Har bir rahbar davlat taraqqiyotida muhim omil hisoblangan yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratishi, yoshlar muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ularni oliy maqsadlar sari ergashtira olishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishiga sabab bo’ladi. Yosh avlodni milliy manfaat va qadriyatlar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda turli axborot xurujlari, mafkurafiy kurashlar, diniy ekstremizm va aqidaparastlik, xalqaro terrorizm, narkobiznes kabi yovuz illatlarga bo’lgan salbiy munosabatlar, ularni dunyodagi turli siyosiy o’yinlardan, manfaatlar to’qnashuvidan voqib qilish kabi vazifalar ta’lim tizimining zimmasiga muhim vazifalarni yuklaydi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldidagi dolzarb vazifa bo’lib turgan maktab boshqaruvida rahbarlik faoliyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan:

Download 59,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish