Milliy g`oya nomoyon bo`lishiga ko`ra quyidagi xususiyatlari mavjud?
falsafiy;
dunyoviy va diniy;
badiiy;
ijtimoiy-siyosiy;
sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy;
ma’naviy va ma’rifiy;
axloqiy va estetik;
tarbiyaviy va x.k.
5.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday qonunlarini bilasiz ?
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Umumiy
O‘ziga xos qonuniyatlar
Bu qonuniyatlar quyidagi printsiplarni o`z ichiga oladi:
milliy manfaatlarning ustuvorligi,
har bir mamlakatning milliy taraqqiyot g‘oyasida umumxalq manfaatlari mujassam bo‘lish zaruriyati,
taraqqiyotning strategik yo‘nalishi milliy zaminlarga asoslanishi,
milliy taraqqiyotda jahon mamlakatlari va ularning xalqlari erishgan yutuqlar tajribalaridan foydalanish,
taraqqiyotning strategik vazifalarini belgilash, amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga amal qilish,
millatlararo totuvlik, siyosiy barqarorlikka erishish,
mamlakatda yashovchi barcha millatlar va elatlar taraqqiyoti uchun teng imkoniyatlarni yuzaga keltirish,
tinchlik va demokratiya tamoyiliga amal qilish va boshqa bir qator qonuniyatlardir.
6.“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining huquqiy asoslarinini izohlang.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining quyidagi huquqiy asoslari mavjud:
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida»gi farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani haqidagi davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi va boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.
7. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining kategoriyalarini asoslab bering.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining quyidagi kategoriyalari mavjud:
Substansional;
Gnoseologik;
Aksiologik
1.Substansional (lotincha «substantio» – mohiyat, asos ma’no- larini anglatadi) kategoriyalarga milliy g‘oya, milliy istiqlol g‘oyasi, mafkura,mafkuraviy immunitet mafkuraviy bo‘shliq, mafkuraviy poligon, milliy g‘urur, milliy o‘zlikni\anglash, ogohlik, hushyorlik, tolerantlik, jasorat kabi tushunchalar kiradi;
2.Gnoseologik - (yunoncha«gnosis– bilim, ilm, «logos» – ta’limot, nazariya ma’nolarini anglatadi)1 kategoriyalarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, diniy tolerantlik, millatlararo bag‘rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, komil inson tushunchalari tashkil etadi.
3. Aksiologik (yunoncha «axio» – qadriyat, «logos» – fan, ta’limot ma’nolarini anglatadi) kategoriyalarga insonparvarlik, xalqpar- varlik, vatanparvarlik, sadoqat, mehr-oqibat, birdamlik, qahra- monlik, tinchliksevarlik kabi tushunchalar kiradi.
8. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qanday tamoyillari mavjud ?
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining quyidagi tamoyillari mavjud:
Obyektivlik
Ilmiylik
Relyativlik
Insonparvarlik
Do'stlaringiz bilan baham: |