Mavzu: milliy davlat tizimining barpo etilishi, boshqaruvda yangi usullarning shakllantirilishi
MAVZU: MILLIY DAVLAT TIZIMINING BARPO ETILISHI, BOSHQARUVDA YANGI USULLARNING SHAKLLANTIRILISHI.
REJA:
REJA:
1. Milliy davlat tizimining barpo etilishi.
2. Boshqaruvda yangi usullarning shakllantirilishi.
3. Mustaqillik yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining "O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida" farmoni chiqdi. Unga muvofiq O’zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada Vitse- Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi.