Mavzu: Milliy boylik,uning tarkibi va ko’paytirish omillari Organized by Sharipbayev Bobur MILLIY BOYLIK MILLIY BOYLIK — mamlakatning tovarlar ishlab chiqarishi. , xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurelari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iktisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylik turlari - Tiklanadigan milliy boyliklar
(binolar,zavodlar,texnikalar…) - Tiklanmaydigan milliy boyliklar
(tabiy resurslar:neft,oltin,gaz,suv…) - Asrlar davomida ota-bobolarimiz tomonidan barpo etilayotgan,yaratilayotgan bino va zavod-fabrikalar yoki texnikalar kiradi. Biz bularni qayta tiklay olamiz. Masalan: Binolar buzilib ketsa biz uni qayta qura olamiz, texnikani qayta yarata olamiz.
Tiklanmaydigan milliy boyliklar - Bunga asosan tabiiy resurslar kiradi,yer va yerosti boyliklari,yerusti boyliklari kiradi. Ularning miqdori cheklangan ,ularni ko’paytirib bo’lmaydi ularni tiklash ham juda qiyindir. Man masalan aytaylik yer osti boyliklaridan foydalanyapmiz, ko’mirni qazib olyapmiz u ham ma’lum bir vaqtga yetadi .
Tiklanmaydigan milliy boyliklar (davomi) - Bazi bir hisob kitoblarga qaraganda gaz zahirasi 25-30 yilga yetadi. Ular tugagandan keyin bizdan keyingi avlod qanday yashashi mumkin. Albatta bular ham tiklanishi mumkin lekin juda sekinlik bilan tiklanadi.Shuning uchun buni aytishdan maqsad tiklanmaydigan resurslarni , ayniqsa tabiiy resurslarni foydalanishda nihoyatda tejab-tergab foydalanish kerak. Foydalanishga yaroqli suv zahiralari ham chegaralangan. Dunyoni ko’pgina davlatlarida ichimlik suvi ham yetmaydi.
- Bu Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Res-publikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida»gi qonunining (1991 yil 31 avg.) 7moddasida: «Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va oʻrmonlar, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning maʼnaviy boyliklari Oʻzbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi», deb koʻrsatilgan. Shuning uchun ham, birinchi navbatda, mamlakatning insoniy salohiyatini, tabiiy va yaratilgan (ishlab chiqarilgan) boyliklarni aniq baholash, ularni bir-biriga tarkibiy jihatdan muvofiqlashtirish, koʻpaytirish va takomillashtirish eng dolzarb vazifalarga kiradi
- Milliy boylik birinchi marta ingliz iqtisodchisi U. Petti (1623—1687) tomonidan 1664-yilda hisoblangan edi, Fransiyada Milliy boylikni birinchi marta baholash 1789-yilda, AQSHda 1805-yilda, Rossiyada 1864-yilda amalga oshirilgan edi. U. Petti «Mehnat — boylikning otasi, yer — uning onasi», — degan va umumiy boylikni ishlab chikarilgan mahsulotlardan iborat, deb tushungan.
Do'stlaringiz bilan baham: |