Mavzu: milliy boylik statistikasi reja: kirish milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari



Download 126 Kb.
bet1/6
Sana09.07.2022
Hajmi126 Kb.
#760543
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY BOYLIK STATISTIKASI


MAVZU: MILLIY BOYLIK STATISTIKASI
REJA:
KIRISH
1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari.
2. Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi.
3. Milliy boylikning kengaytirilgan konsepsiyasi: tabiiy va inson kapitali statistikasi muammolari.
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR



KIRISH
Milliy boylik mamlakatning tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish va kishilar hayotini taʼminlash sharoitlarini belgilovchi resurelari majmui. Umuman, mamlakatning mulkiy holatini tavsiflashda qoʻllaniladigan Milliy boylik koʻrsatikichi turli shaklda jamgʻarilgan kishilar mehnat mahsullari natijalari bilan birga iqtisodiy muomalaga kiritilgan tabiat resurelarini, shuningdek, xorijdagi moliyaviy aktivlar va hisobkitoblar saldosini ham oʻz ichiga oladi. Milliy boylikni hisoblash milliy hisoblar tizimi konsepsiyasiga asoslanadi, Milliy boylik har bir mamlakat xalqi hayoti va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻlib, umumiy hayot darajasini, mamlakatning salohiyatini ifodalaydigan juda muhim makroiqtisodiy va umumiqtisodiy koʻrsatkichdir. Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi haj-mini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug'ullan-ganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning haj-mini birinchi bor Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan.


1. Milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari
Milliy boylik - iqtisodiy statistikaning tayanch ko‘rsatkichlaridan biridir. Uning hajmi (solishtirma baholarda) - mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini ifodlaydi, jon boshiga to'g'ri keladigan miqdori esa -mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beradi.
Jahonning turli mamlakatlarida iqtisodchilar milliy (xalq) boyligi haj-mini hisoblash va mamlakatlararo solishtirish masalalari bilan shug'ullan-ganlar. Iqtisodiyot va statistika tarixidan ma’lumki, milliy boylikning haj-mini birinchi bor Angliyada (1664-yilda) U. Petti hisoblagan. Bu ko‘rsatkich Fransiyada 1789-yilda, AQSh da 1805-yilda va Rossiyada esa, 1864-yilda hisoblangan.
XX asr oxirlarida kelib milliy boylikning tarkibiy qismlarini belgilash. ularni yagona konsepsiyalar asosida qiymatini, tarkibini, dinamikasini hamda foydalanish darajasini hisoblash va iqtisodiy statistik tahlil qilish yanada dolzarb muammoga aylandi. BMT statistika komissiyasi hamda Jahon banki huzurida Dj. Dikson (AQSh) va K. Hamilton (Kanada) boshchiligida ishchi guruhi tuzildi. Bu guruh 1997-yilda 92 mamlakat bo'yicha (1994-yil ma’lumotlari asosida) va 2000-yilda 10 mamlakat bo‘yicha (1997-yil ma'lumotlari asosida) milliy boylik elementlarining qiymatini, strukturasini va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasi hamda indeksinihisoblashdi.2000-yilningavgustidagiDaromadlarvaboyliklarning tadqiqotlari xalqaro assotsiatsiyasining umumiy 26-konferensiyasida turli mamlakatlarning rivojlanishi to'g'risidagi yig'ma hisoblashlarning nati-jalari haqida ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi. Mazkur konfe-rensiyada K. Hamiltonning jahonning 110 mamlakatida milliy boylikni 1997-yildagijon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasi va uning o‘sishi sur'atlari hisoblangan ma’ruzasini taqdim etdi. K. Hamiltonning hisob-kitoblariga qaraganda ko'pgina mamlakatlarda (jon boshiga to'g'ri keladigan YalM darajasi o‘rtacha jahon darajasidan past bo'lganlarida) umumiy kapital hajmining o‘sish sur'ati aholi soniningo‘sishi sur'atidan pastligini, ya'ni bu mamlakatlarda aholi farovonligining pasayishi jarayoni yuz berayotganini ko‘rsatdi.
12.1-jadval ma’lumotlari asosida milliy boylik tarkibini tahlil qilish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, “Yettilik” va Yevropa ittifoqi davlatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan milliy boylik hajmi dunyoning boshqa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori. Bu davlätlarda inson kapitali qiymatining yuqoriligi mazkur davlatlami yuqori o‘rinda turishi-ga sabab bo'lmoqda. OPEK va MDH davlatlarida tabiiy boylikning milliy boylik tarkibidagi ulushi bu davlatlar ulushidan deyarli 10 barobarga yuqori bo:lsada, inson kapitalining ulushi 47,4% va 50% ni tashkil qiladi. Demak, shunday xulosa qilsa boMadiki, iqtisodiyotning taraqqiy etish darajasi yuksalib borishi bilan inson kapitaliga sarflar ortib boraveradi, bu esa milliy boylik hajmining ko'payishiga olib keladi. Hisob-kitoblar natijalari ma lum bo‘lgan “boylar boyimoqda, kambag‘allar qashshoqlashmoqda” iborasini tasdiqlaydi.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish