Mavzu: milliy boylik statistikasi reja: kirish milliy boylik: mohiyati, tarkibi va baholash muammolari


Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi



Download 126 Kb.
bet3/6
Sana09.07.2022
Hajmi126 Kb.
#760543
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY BOYLIK STATISTIKASI

2. Qayta tiklanadigan (fizik) kapital statistikasi
Milliy boylikning asosiy komponentlaridan biri asosiy kapital hisoblanadi. Asosiy kapital bu - mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko'rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam boMmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob-uskunalar va inventariar, ba'zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib berish vositalari), uy xo‘jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa, asosiy kapital tarkibiga kiritiladi.
Yerlarni obodonlashtirish (holatini) va boshqa ishlab chiqarilmagan moddiy aktivlarm yaxshilash bo‘yicha qilingan xarajatlar ham asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Balansda asosiy kapital tarkibiga qo‘shimcha holda quyidagilar kiritiladi:
a) “Boshqa inshootlar” kichik guruhiga tarixiy obidalar (agar ularning xarid baholari bolsa);
b) "Mashinalar va uskunalar” guruhiga fuqarolik maqsadlarida foyda-laniladigan harbiy jihozlar (avtomobillar, kompyuterlar va hokazo);
d) ‘‘Transport vositalari” kichik guruh kosmik uchuvchi apparatlar;
e) ''Hayvonlar” guruhiga quyonlar, baliqlar, uy qushlari va asal arilar;
f) tugallanmagan obyektlaming (qurilish, ishlab chiqarish, yosh hayvonlar, mevaga kirmagan ko‘p yillik daraxtzorlar va boshqalar) qiy-matlari, agar ular mulk egasini o‘zgartirsa.
Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o‘zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (toiiq boshlang‘ich), joriy (qayta baholangan qiymati — shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati. o'zgannas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik haj-mini hisoblashda o‘z funksiyasi mavjuddir.
To‘liq boshlang‘ich qiymat - bu asosiy kapital obyektining korxona sotib olish xarajatlari, tashib keltirish va montaj xarajatlarini o'z ichiga oluvchi qiymatdir.
Eskirishni hisobga oigan holda boshlang‘ich qiymat (boshlang'ich qoldiq qiymat) - bu toTiq boshlang'ich qiymatidan eskirishni hisobga oluvchi amortizatsion ajratmalar chegirilgandan so'ng hosil bo‘lgan qiymat.
To‘liq qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) - zamonaviy sharoitda korxona tomonidan xuddi shunday asosiy kapital obvektini sotib olish uchun sarflaydigan qiymatdir.
Eskirishni hisobga oigan holda qayta tiklash qiymati (joriy qiymat) - bu to'liq tiklash qiymatidan eskirish qiymatini chegirishdan hosil boTgan qiymat.
To‘liq balans qiymat - asosiy kapitalning korxona balansida aks ettirilgan qiymati. Bunda so‘nggi o‘tkazilgan qayta baholash paytigacha mavjud asosiy kapital toTiq tiklash qiymat bo'yicha, undan so‘ng kiri-tilgan asosiy kapital toTiq boshlang'ich qiymat bo'yicha hisobga olinadi.
Asosiy kapitalni milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati)dagi qoldiq qiymati ko'rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo, mamlakatlarda baholarning o'zgarish tezligi va amortizatsiya siyosatining turlichaligi asosiy kapital hajmining va jon boshiga to'g'ri keladigan darajasining xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini bermaydi.
MaTumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati - bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
1) indekslar (YalM deflyatori, INI, investitsiya deflyatori, o'rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo'yicha indeks. deflyator) yordamida;
2) to'g'ridan-to'g'ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.
O'zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo'yicha)ning eskirishi darajasiga ko'ra “koeffitsientlar” - indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalning qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o'zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroq-liligi (qoldiq qiymatning to'liq qiymatdagi salmog'i) darajasi ham o'zgaradi. Demak, asosiy fondlarning qayta baholanishi asosiy fond-iarning to'liq qiymatini o'zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o'zgartiradi. bu hoi esa, milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qol-maydi.
Oldin ta'kidlaganimizdek, mamlakatda qo'llaniladigan amortizatsiya siyosati ham asosiy fondlar hajmiga (qoldiq qiymatiga) va u orqali fizik kapital hajmiga ta’sir etadi. Amortizatsiya'ni (kengroq ma’noda - asosiy kapital iste’moli) hisoblash metodi YalM va reinvestitsiya hajmiga ta'siri katta ekanligi ma’lum. Shuning uchun fizik kapital bo'yicha qo'llaniladigan metodlar (jahon va O'zbekistonda) ustida to'xtalmoqchimiz. Jahon-da statistika fani va amaliyotida amortizatsiya hisoblashning 11 metodi qo'llaniladi. O'zbekistonda qo'llanilishi mumkin bo'lgan metodlar soni 4 ta, bu metodlar haqidagi informatsiya'ni 05-son BHMS “Asosiy vositalar” milliy standartida bayon qilingan. Unda: to'g'ri chiziqli, bajarilgan ishlar hajmiga ko'ra mutanosib ravishda, kamayuvchi qoldiq usulida, qiymatni foydali xizmat qilish yillar soni yig'indisi bo'yicha chegirib borish usu-lida, qiymatni ishlab chiqariladigan mahsulot hajmiga mutanosib ravishda chegirib borish usulida ko'rsatilgan.
Bunda AKFXKM - asosiy kapital obyektining foydali xizmat qilish muddati.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida asosiy fondlarning eskirish darajasi, qoldiq qiymati va boshqa asosiy fondlar bilan bogiiq bo'lgan ko'rsatkichlarning darajasi buxgalteriya, soliqqa tortish va statistikada amortizatsiya hisoblashning qaysi metodi qoilanilganiga bogiiqdir. Amortizatsiya - asosiy fondlarning eskirishining normativ qiymatini ifo-dalaydi, ammo haqiqiy qiymatini emas. Chet el statistikasida amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning 11 ta metodi mavjud. Ular quyidagilar:
1. Age-life method - xizmat muddatining qolgan qismini e’tiborga olingan holda hisoblash.

2. Annuity method - eskirish summasini hisoblashda annuitet metodi-dan foydalanish. Murakkab prosentlar usulidan foydalanilgan holda teng nonnada hisoblanadi.


3. Combination production and Straight line method - ishlab chiqarish quvvatlaridan, ya'ni asosiy kapitaldan foydalanish koeffitsienti qo‘llanilgan holda teng nonnada hisoblash metodi {N=n-k).
4. Constant percent of decreasing balance method - amortizatsiya hisoblash normasini pasayib borishi metodi.
5. Double cate declining balance method - amortizatsiya summasini hisoblashning tezlashtirilgan metodlaridan biri bo‘ lib, unda asosiy kapitalning qoldiq qiymati asosida ikkilangan nonnada hisoblash.
Bunda A=AK‘-2-N , A - yillik amortizatsiya ajratmasi. AK1 - asosiy kopitalning qoldiq qiymati, —yillik amortizatsiya normasi.
6. Labour - hour method - asosiy kapitalni eksplutatsiya (ishlatishi) soatiga yoinki ishlangan kishi - soatlariga (Working hourse) muvofiq hisoblash metodi.
7. Multiple Straight Line method - vaqti-vaqti bilan o'zgartiriladigan teng normadagi (to‘g‘ri chiziqli) metod.
8. One hundred and fifty percent declining balance method - qoldiq qiymati asosida 150% nonnada hisoblash, ya’ni N=p*l,5; p - yillik norma. Bu usul ham 5-metodga o'xshashdir.
9. Production unit basis method - bajarilgan (ishlab chiqarilgan) ish (mahsulot) miqdoriga binoan hisoblash. Bu metod sobiq ittifoq davrida respublikamizning qazib chiqarish sanoatida qoilanilgan.
10. Straight line method-teng, to'g'ri chiziqli metodda hisoblash. Jahon mamlakatlarida keng tarqalgan metod.
11. Sum-of- the digits (sum-of- years) method - raqamlar yig‘indisi usuli. Respublikada qabul qilingan.
Rivojlangan mamlakatlar statistikasida asosiy kapitalning qoldiq qiymatini (NFC-Net Fixed capital) hisoblashda “uzluksiz inventarizatsiya usuli” (Perpetual Inventory Method)dan keng foydalaniladi (AQSh, Germaniya, Kanada, Angliya, Fransiya va boshqalar). Bu so‘zning va usulning muallifi ainerikalik iqtisodchi R. Goldsmitdir. U bu metodni Nyu-Yorkda 1951 -yilda nashr etgan “Milliy boylikning uzluksiz inventarizatsiyasi” kitobida bayon qilgan.

Download 126 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish