Tovush (fizikada) — keng maʼnoda — gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda toʻlqin shaklida tarqaladigan elastik muhit zarralarining tebranma harakati. Tor maʼnoda — odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilisheshitish hodisasi. Eshitiladigan va eshitilmaydigan tovush bor. Chastotasi 16 Hz — 20 kHz gacha boʻlgan toʻlqinlar inson qulogʻida tovush sezgisini uygʻotadi. Chastotasi 16 Hz dan kichik boʻlgan elastik toʻlqinlar infratovush deb ataladi. Chastotasi vq20 kHz Q 1 GGs boʻlgan toʻlqinlar ultratovush va chastotasi u>1GHz dan yuqori boʻlgan toʻlqinlar gipertovush deyiladi. Infra, ultra va gipertovushlarni inson qulogʻi eshitmaydi. Gaz va suyuqliklardagi tovush toʻlqini faqat boʻylama toʻlqin, qattiq jismlarda tarqaladigan toʻlqinlar esa ham boʻylama, ham koʻndalang boʻlishi mumkin. Tovush tezligi quruq havoda 15°Cda 0,34 km/s, suyukdikda 152 km/s, qattiq jismda 5,6 km/s (olmosda 18 km/s) boʻladi.
Insonlar qabul qilgan tovushlarni ularning yuksakligi, tembri va qattiqligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Ana shu har bir subʼyektiv bahoga tovush toʻlqinining aniq fizik xarakteristikasiga mos keladi.
Ultratovush bilan davolash — davolash va diagnostika maqsadida ultratovushdyan foydalanish. Ultratovushning taʼsir etish mexanizmi mexanik (hujayra va toʻqimalar mikromassaji), termik (issiq hosil boʻlishi) va fizikkimyoviy faol moddalar hosil boʻlishi va boshqa omillarga asoslangan.
Ultratovush tibbiyot amaliyotida 30-yillardan qoʻllana boshlandi. Undan davo maqsadida foydalanishda maxsus apparatlar qoʻllaniladi.
Ultratovush tanaga 1 cm dan 5—6 cm gacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli aʼzolarni davolashda foydalanishga imkon beradi. Ultratovush bilan davolashda, asosan, uning toʻqimalardagi xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologik faol moddalarning hosil boʻlishi, va boshqalar) faollashtirishga yordam beruvchi kichik dozasidan foydalaniladi.
Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq taʼsir kidali. Ultratovushning terapevtik taʼsiri mahalliy va umumiy reaksiyalardan iborat boʻlib, neyroreflektor va gumoral yoʻl orqali yuzaga chiqadi. Ult ratovush maʼlum dozada ogʻriqsizlantiruvchi, soʻruvchi, yalligʻlanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik, qonni suyultiruvchi taʼsir qiladi. Uning taʼsirida bitish va tiklanish jarayonlari tezlashadi, nervmuskul apparati qoʻzgʻaluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan impuls oʻtishini tezlashtiradi, toʻqimaning trofik funksiyasini yaxshilaydi va h.k.
Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit, periferik nerv sistemasi jaroxati va kasalligi, hazm aʼzolari kasalliklari, meʼda va 12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit, faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologik kasalliklar (prostatit) va stomatologik kasalliklar (parodontoz)la yaxshi naf beradi.
Pekin ultratovushni qoʻllash bemorga toʻgʻri kelishikelmasligini faqat vrach aniqlab beradi. Toʻqimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining oʻlchamini va boshqalarni aniqlashda qoʻllaniladi.
Ultratovush bilandavolashDavolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultra tovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Fizioterapiya amaliyotida ultra tovushlar 800-900 kilogers chastotasi ko‘rinishida qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kg ravishda qo‘llanilishi mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning chastotalariga bog‘liqdir. Qo‘llanilayotgan tebranish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, u shuncha to‘qima ichiga kam kiradi. Masalan: chastotasi 1600-2600 kg bo‘lgan ultra tovush faqatgina 1 cm chuqurlikka kiradi, chastotasi 800-900 kg bo‘lgan ultra tovush 4-5 cm ichkariga kiradi. Ultra tovushlarning ta'siri asosida mexanik va issiqlik omillari hamda shular tufayli organizmda kelib chiqadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar yotadi. Mexanik ta'siri asosan chaqiralayotgan mikrovibratsiya bilan tushuntiriladi, bu esa to‘qimalarda mikromassaj holatini hosil qiladi. Buning natijasida to‘qimalarning funksional holati o‘zgaradi, membranalarning o‘tkazuvchanligi oshadi, diffuziya va osmos jarayonlari kuchayadi, to‘qimalardagi har xil tuzilmalarning bir-biriga bog‘liqligi oshadi. Issiqlik ta'siri ultra tovushning bir tomondan mexanik energiyasining issiqlikka aylanishi bilan, ikkinchi tomondan biokimyoviy jarayonlarning oshishi bilan tushuntiriladi. To‘qimalarda haroratning ortishi qon va limfa tomirlarining kengayishiga olib keladi, mikrotsirkulyatsiya oshadi, modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi. Fizik-kimyoviy ta’siri to‘qimalarning molekulyar kompleksining qayta qurilishi bilan tushuntiriladi. Bunda bir qator fermentlarningfaolligiortadi, oksidlanish-tiklanish jarayonlari yaxshilanadi, to‘qimalarda biologik aktiv moddalar (geparin, gistamin, serotonin va h.z) hosil bo‘ladi. Ultratovushlarning fiziologik ta'siri mahalliy va umumiy reaksiya-lardan, gumoral va neyroreflektor ta'sirlaridan kelib chiqadi. Natijada og‘riq qoldiruvchi, spazmalitik, yallig‘lanishga qarshi ta'sirlar yuzaga keladi. Shuningdek reparativ va regenerativ jarayonlar, nerv-mushak apparatining qo‘zg‘alish darajasiortadi, nerv bo‘yicha impulslarning o‘tishi yaxshilanadi. Ultra tovush bilan davolash muolajasi quyidagi apparatlar yordamida o‘tkaziladi :
-partotiv - UTP-1, LOR-1, LOR-2, LOR-3, UZT-101, UZT-102, UZT-103
-statsionar - UTS-1, UTS-1M.
Ko‘rsatmalar : tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra, osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari (tonzilit, vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va urologik kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari (bronxial astma, bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z. Lekin shu bilanbirqatordatromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik holatlarida muolajani qo‘llash mumkin emas.
Infratovush (lot. infra — quyi, past, ostida) — inson qulogʻiga eshi-tilmaydigan past chastotali (chastotalari 16Hz dan past boʻlgan) elastik toʻlqinlar. Yer yuzida infratovush hosil qiluvchi manbalar xilmaxil (mas, chaqmoq chaqishi, togʻlar koʻchishi, oʻrmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi va h. k.). Infratovush muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi. Infratovushning bu xususiyatlaridan, maalan; atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer poʻstini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli toʻlqinlar tarqa-layotgan manba uzokligini aniqlashda foydalaniladi. Infratovushni oʻlchashda maxsus asboblar — mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi.
Mavzuni mustahkamlash. "Mexanik to‘lqinlar" bo‘limidan masalalar yechish uchun quyidagilarni bilish zarur:
1) To‘lqin turlari.
2) Mexanik to‘lqinning xarakterlovchi kattaliklarni va ularni o‘zaro bog‘lanishi.
3) Mexanik to‘lqinlarga xos bo‘lgan narsa bu ularning tabiati va u yoki bu muxitda hosil bo‘lish mexanizmidir.
Garmonik tebranishlar tezligi u bilan to‘lqinning fazaviy tezligi tushunchalari orasidagi farqning aniq bilish shart. Garmonik tebranma harakat tezligi U=Awcos(wt+jо). Bu nuqta tebranishini t - vaqtdagi oniy tezligi. To‘lqinning fazaviy tezligi esa o‘zgarmas kattalikdir. To‘lqinning biror fazasini muxitda tarqalish tezligi fazaviy tezligi deb ataladi.
To‘lqin tarqalishida muxit zarralari ko‘chmaydi, lekin energiya to‘lqin yo‘nalishi bo‘yicha uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |