Mavzu. Metrologiya va standartlashtirish asoslari
REJA
Standartlashtirish asoslari.
Standartlashtirish va metrologiyaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati.
Standartlashtirish rivojlanish tarixidan qiqsacha ma`lumotlar.
Standartlashtirish asoslari
Standartlashtirish –mahsulot, jarayon yoki xizmatlarni raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarish, mahsulot ayirboshlash sohasida tartibni ta`minlash maqsadida, ko`p marotaba ishlatishga mo`ljallangan, tavsiflar va qoidalarni ishlab chiqish faoliyatidir.
Standartlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Fuqarolarning sog’ligi va hayot xavfsizligi darajasini oshirish, jismoniy, davlat va yuridik shaxslar mulklarining xavfsizligini, ekologik xavfsizlikni, o`simliklar va hayvonlar hayoti xavfsizligni, texnik cheklovlarga amal qilishda hamkorlikni ta`minlash maqsadida;
Tabiiy va texnogen ofatlar kelib chiqish xavfini hisobga olgan holda, ob`ektlar havfsilik darajasini oshirish maqsadida;
Ilmiy texnik rivojlanishni ta`minlash maqsadida;
Mahsulot, jarayon va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida;
Resurslardan oqilona foydalanish maqsadida;
Texnik va axborot muqobilligini (sovmestimost’) ta`minlash maqsadida;
Iqtisodiy va statistik ma`lumotlar, o`lchovlar va tadqiqotlar (sinovlar) natijalarini taqqoslashni ta`minlash maqsadida;
Mahsulot o`zaroalmashuvchanligini ta`minlash maqsadida.
Standartlashtirish mavjud va potensial masalalarni hal qilishda umumiy va ko`p marotaba qo`llash uchun mo`ljallangan mezonlarni bevosita o`rnatishda optimal tartiblashga erishga yo`naltiriladi.
Standartlashtirish va metrologiyaning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
Rivojlangan jamiyatda standartlashtirish xalq xo`jaligini boshqarishning asosiy qurollaridan biri hisoblanadi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va tarkibini (nomenklatura) davlat miqyosida tartibga solish va nazorat qilishni ilmiy uslublar yordamida optimal tartibga solish samaradoligini oshirishga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Sandart va sifat ajralmas birlikni tashkil qiladi. Davlat standarti ishlab chiqarishning ilg’or va fan-texnikaning eng so`nggi yutuqlarining konsentratsiyasini va xalq xo`jaligining rivojlanish istiqbolini ta`minlashga yo`naltirilgan. SHu bilan bir qatorda standartlashtirish mahsulot sifatiga jamiyat tomonidan quyiladigan talablarni shakllantiradi.
Standartlashtirishni ham amaliy faoliyat, ham boshqarish tizimi, ham ilmiy faoliyat turi deb qarash zarur.
Standartlashtirish amaliy faoliyat turi sifatida standartlashtirish bo`yicha me`yoriy hujjatlarni o`rnatishda, me`yorlar, talablar va qoidalarni qo`llash orqali ijtimoiy hayotda, jamiyatda va ishlab chiqarishda takrorlanuvchi masalalarni optimal echimlarini ko`rsatishda bilinadi. Bu faoliyat turi quyidagilarga yo`naltirilgan:
xalq xo`jaligini har tomonlama boshqarishni kompleks me`yoriy-texnik ta`minlashda;
jamoa ishlab chiqarishlarini intensifikatsiyalash va uning samaradorligini oshirishda;
ilmiy–texnik rivojlanishni jadallashtirish va mahsulot sifatini yaxshilashda;
resurslardan oqilona va ratsional foydalanishda.
Standartlashtirish ilm sohasi sifatida standartlashtirish usullari va vositalarini umumlashtiradi, shakllantiradi va qonuniyatlarini alohida standartlashtirish tarmoqlari va umumiy standartlashtirish bo`yicha ishlab chiqadi.
Standartlashtirishning fan sifatida rivojlanishi ushbu sohaning tizimli tashkil qilinishini va sohada amaliy ishlarni takominlashtirishga imkon yaratadi.
Standartlashtirish ob`ekti sifatida standartlashtirishga tortiladigan yoki tortilgan mahsulot, jarayon, xizmatlar, ya`ni teng darajada istalgan materiallar, komponentlar, jihozlar, tizimlar, ularning muvofiqligi, qoidalar, bajariladigan ish tartibi (protsedura), vazifa, usullar yoki faoliyat bo`lishi mumkin. Shuningdek, standartalshtirish ob`ekti sifatida xizmatlar aholi uchun yoki tashkilotlar va ishlab chiqarish uchun ham bo`lishi mumkin.
Texnik ishlab chiqarishga mo`ljallangan mahsulotlar va xalq iste`mol mollari standartlashtirishning an`anaviy ob`ekti hisoblanib, ularga nisbatan eng ko`p standartlar ishlab chiqilgan. Standartlashtirish ob`ektlari sifatida tipovoy texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil qilishning usullari va shakllari, ishlab chiqarish va nazorat operatsiyalarini bajarish qoidalari, mahsulotlarni saqlash va tashish qoidalari va boshqalar ham ko`rilishi mumkin.
Jamiyatning maishiy hayotida standartlashtirish ob`ekti bo`lib, mehnatni va aholining sog’ligini muxofaza qilish, atrof muhitni himoya qilish va yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, insonlarni o`zarotushinish va axborot vositalari va shunga o`xshashlar hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |