Darsning maqsad va vazifalari:
Maqsadlar:
Ta’limiy: O’quvchilarni “Mehrjon sayli” matni bilan tanishtirish, to’g’ri, ifodali va ravon o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni tabiatni sevish, uni asrab – avaylash ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, lug’at ustida ishlash, ongli va ifodali o’qish ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1 – bosqich tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o’quvchilarining darsga tayyorligi teksgiriladi.
|
“Tez javob” didaktik o’yin
|
2 daqiqa
|
2 – bosqich Ehtiyoj (refleksiyasini aniqlash)
|
Dars shiori tanlanadi.Dars davomida rioya qilish lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
3 bosqish
Darsning borishi
|
O’tilgan darsni so’rab
baholash, oqish malakalarini tekshirish
“Ha – yo’q” o’yini
Test topshirig’i
Matn ekran orqali o’qib eshittiriladi
Lug’at ishi
6. Dam olish daqiqasi
|
Savol - javob
Savol – javob
Izlanish
Namoyish
|
5 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
|
4 – bosqish
Mustahkamlash
|
O’quvchilarga matn ifodali o’qitiladi
“Bo’g’inlar tilsimi” ta’limiy o’yini
Boshqotirma
“Meva – sabzavotlar so’zlaganda ” o’yini
Tez aytish musobaqasi
|
O’qish
Izlanish
Izlanish
Izlanish
Musobaqa
|
7 daqiqa
2 daqiqa
4 daqiqa
5 daqiqa
4 daqiqa
|
5 – bosqich
Dars yakuni va baholash
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib, reytingi e’lon qilinadi. Dars yakunlanadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6 – bosqich
Uyga vazifa berish
|
Hikoyani o’qib, mazmunini so’zlab berish
|
tushuntirish
|
1 daqiqa
|
Mavzu: “Mehrjon sayli”. M. Murodov
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga “Mehrjon sayli” matni haqida ma’lumot berish. O’quvchilarning o’zi yashayotgan yurt, uning go’zal va maftunkor tabiati, boyligi, zahmatkash ota – onalarning kuzgi mehnati haqidagi bilimlarini boyitish. O’quvchilarni ifodali o’qish, mazmunini so’zlab berish ko’nikmalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni tabiatni sevishga, uni asrab – avaylashga, undan oqilona foydalanishga o’rgatish, tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda og’zaki va yozma nutqni, mantiqiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: Suhbat, savol – javob, muammoli izlanish “Ha – yo’q”, “Meva va sabzavotlar so’zlaganda”, “Bo’g’inlar tilsimi” ta’limiy o’yinlari.
Dars jihozi: Ko’rsatmali va tarqatma materiallar , multimediya ilovalari, kompyuter, ekran, proyektor, disk.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash. O’quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so’rash va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa - Abdurahmon Akbarning “Kuz” she’rini yoddan so’rab baholash.
Guruhlarga bo’lib olamiz
1 – guruh – Bilimdonlar
2 – guruh – Zukkolar
“Ha – yo’q o’yini”
Kuzda paxta teriladimi? (ha)
Kuzda qaldirg’ochlar uchib keladimi? (yo’q)
Kuzda yig’im – terim ishlari boshlanadimi? (ha)
Havo soviy boshlaydimi? (ha)
Kuzda yangi yil bo’ladimi? “yo’q”
Kuzda sumalak pishiriladimi? (yo’q).
Test topshiriqlari.
1. Birinchi to’rtlikda qaysi mevalar haqida aytilgan?
A). olma, anjir D). xurma, tarvuz
B). uzum, anor. E). behi, nok
2. “Kuz” so’zining qofiyadosh so’zini toping.
A). yoz D). uz
B). suvo’t E). to’rt
3. “Kuz” she’rining muallifi kim?
A). Malik Murodov D). Erkin Malikov
B). Aziz Abdurazzoqov E). Abdurahman Akbar.
4. “Palla” so’zining ma’nodosh so’zini toping.
A). Dalalar, bog’lar. D). huzurbaxsh, yoqimli.
B). Vaqt, payt. E). to’kin,sochin.
5. Qaysi faslda daraxtlar fasli sarg’ayadi?
A). Yoz D) Bahor
B). Qish E). Kuz
III. Yangi mavzuning bayoni:
Bugun biz sizlar bilan Malik Muridovning “Mehrjon sayli” matni bilan tanishamiz. (Muallif haqida tushuncha beriladi).
Matn mazmuniga mos videolavhalar namoyish etiladi, kadr ortidan matn o’qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi. O’quvchilar ketma – ket matnni o’qiydilar.
Notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi o’tkaziladi.
Lug’at ishi.
an’ana - urf – odat, udum
tarovatli – yoqimli
shukronalik – shukur qilish, qanoatli
falak – osmon
zamin – yer
Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. Guruhlar o’rtasida. “Bo’g’inlar tilsimi” ta’limiy o’yini o’tkaziladi. Qovun navlarini bo’g’inlar soni o’sishi tartibida topadi. Masalan: ko’kcha, qirqma, ananas, oqurug’, arqoniy, qoraqand, bo’rikalla, ko’kturnasin.
Mevalar boshqotirmasi beriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash . Darslik bilan ishlanadi.
Darslikdagi savol – javob, maqol va topishmoq ustida ishlanadi.
O’zbeklarning qanday an’analarini bilasiz?
Mehrjon sayli qaysi paytda nishonlanadi?
Maqol:
Mehnating - zebu – ziynating.
Topishmoq:
Beqasamdan to’ni bor,
Ichi qizil lolazor (Tarvuz).
“Meva va sabzavotlar so’zlaganda” o’yini o’tkaziladi. 1 – guruh Bilimdonlar mevalar haqida, 2 – guruh Zukkolar poliz ekinlari haqida she’rlar aytadilar.
Olma: Yuzlarim taram – taram,
Yesangiz maza biram.
Vitaminning koniman,
Asli darmon – doriman.
Anor: Anorman, qizil yuzim,
Yumaloqman, men o’zim
Ohista ochib po’stim,
Maza qilib ye do’stim.
Yong’oq: Kuz kelganda pishaman,
Qoqing tap – tap tushaman.
Yog’li qilib noningni
Tozalayman qoningni.
Jiyda: Bir mevaki, to’ni bor,
To’n ichida ini bor.
Faqat un, deb o’ylamang,
Ichida ustuni bor.
Uzum: Kishmish, charos, daroyi,
Oltin kabi husayni.
To’yib – to’yib yesang ham,
Tag’in ko’ngling tusaydi.
Sabzi: Qizil –sariq rangda biz,
Yengilmaymiz jangda biz
Askarlardek safimiz,
Tegadi ko’p nafimiz.
Piyoz: Ro’zg’orda qish yo yozdir,
Eng kerakli piyozdir.
Oshga solmay ko’ring – chi,
Ta’m bermaydi guruchi.
Lavlagi: Tinglang mening ham so’zim,
Ko’p dardga davo o’zim.
Kamqonlarga qon bo’lgum,
Ham shifo, darmon bo’lgum.
Bolajonlar, keling endi tez aytish musobaqasini o’tkazamiz.
1 – guruh: Ko’k karam ko’pmi,
Po’k karam ko’pmi?
2- guruh: Sobir sakkizta sabzi sanadi,
Sakkizta sabzini sober sanadi.
Inglizcha mevalar qo’shig’i ijro etiladi.
V. Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash.
Darsimizda nimalarni bilib oldingiz?
Navro’z bilan Mehrjon saylining farqini ayting.
G’olib guruh aniqlanadi va faolqatnashgan o’quvchilar baholanadilar.
VI. Uyga vazifa berish.
“Mehrjon sayli” matnini ifodali o’qib, so’zlab berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |