Mavzu: Mehnat va ish haqi hisobi Test (1-guruh)



Download 20,13 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi20,13 Kb.
#746387
Bog'liq
test bux


Mavzu: Mehnat va ish haqi hisobi
Test (1-guruh)
1.Mehnatga haq toʻlashning qanday shaklida ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bogʻliq?
A) ishbay ish haqi
B) vaqtbay ish haqi
C) oddiy vaqtbay ish haqi
D) akkord ish haqi
2 Mehnatga haq toʻlashning qanday shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bogʻlik.
A) Ishbay ish haqi
B) vaqtbay ish haqi
C) To’g’ri ishbay ish haqi
D) TJY
3. Mehnatga haq toʻlashning ishbay shakli qanday mehnatga haq toʻlash tizimlariga boʻlinadi?
A) toʻgʻri ishbay, ishbay-mukofot, akkord
B) ishbay-progressiv, egri ishbay tizim.
C) vaqtbay- mukofot, akkord
D) A va B javoblar to’g’ri
4. Mehnatga haq toʻlashning qanday tizimida, ish haqi, oʻrnatilgan ishbay narxlar boʻyicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.
A) ishbay-mukofot
B) akkord
C) toʻgʻri ishbay
D) ishbay-progressiv
5. Mehnatga haq toʻlashning qanday tizimida, toʻgʻri ishbay baholardagi ish haqidan tashqari, Qoʻshimcha ravishda oʻrnatilgan koʻrsatkichlarni (ish sifati, shoshilinchliligi, mijozlar tomonidan asoslangan shikoyatlarning yòqligi va hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun mukofot hisoblanadi.
A) akkord
B) toʻgʻri ishbay
C) ishbay-progressiv
D) ishbay-mukofot

Mavzu: Mehnat va ish haqi hisobi


Test (2-guruh)
1.Ishchilar mehnatiga haq toʻlashning qanday shaklida, oʻrnatilgan boshlangʻich meʼyor (negiz)lar chegarasida toʻgʻri ishbay narxlarida, bu me'yordan ortiqchasi - oshirilgan narxlarda amalga oshiriladi. Ishbay baholarning oshishi, har bir holatda maxsus shkala boʻyicha aniqlanadi.
A) akkord
B) toʻgʻri ishbay
C) ishbay-progressiv
D) ishbay-mukofot
2. Mehnatga haq toʻlashning qanday tizimida, butun ish hajmi (yigʻindisi) uchun ish haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarini bajarish muddatlarini qisqarganlik uchun mukofotlashni oʻz ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati, ishlab chiqarish meʼyoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi.
A) akkord
B) toʻgʻri ishbay
C) ishbay-progressiv
D) ishbay-mukofot
3.Vaqtbay ish haqi shakli qanday tizimlardan iborat?
A) oddiy vaqtbay tizimi va akkord
B) vaqtbay-mukofot tizimi va akkord
C) oddiy vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi
D) barcha javoblar to’g’ri
4. Vaqtbay ish haqining qanday tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bogʻliq?
A) oddiy vaqtbay tizimi
B) vaqtbay-mukofot tizimi
C) akkord
D) TJY
5. Vaqtbay ish haqining qanday tizimida oddiy vaqtbay tizimi boʻyicha hisoblangan ish haqiga qoʻshimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilgʻilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va agregatlarni toʻxtovsiz ishlashi va boshqa koʻrsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi?
A) oddiy vaqtbay tizimi
B) vaqtbay-mukofot tizimi
C) akkord
D) TJY

Mavzu: Mehnat va ish haqi hisobi


Test (3-guruh)
1.Bir turdagi xodimlarning ish haqisi boshqa turdagi xodimlarning ish haqiga nisbatan foiz hisobida ifodalangan mehnatga haq toʻlash shakli, nima deb nomlanadi.
A) bevosita ishbay
B) ishbay- mukofot
C) bilvosita ishbay
D) akkord
2. Tikuvchi bir oyda 120 ishchi xalatini tikdi va har birining bahosi - 425 soʻmni tashkil etdi. Bundan kelib chiqqan holda tikuvchining oylik ish haqi 51000 soʻmni tashkil etdi (120 × 425). Ushbu misol mehnatga haq tòlashning qanday turiga kiradi?
A) akkord
B) toʻgʻri ishbay
C) ishbay-progressiv
D) ishbay-mukofot
3.Yordamchi ishlar bilan band boʻlgan xodimga asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqining 8 foizi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining oylik ish haqi 200000 soʻmni tashkil etdi. Ushbu misol mehnatga haq tòlashning qanday turiga kiradi?
A) bevosita ishbay
B) ishbay- mukofot
C) bilvosita ishbay
D) akkord
4.Ishbay ish haqi hisoblash uchun asos boʻlib, nima xizmat qiladi?
A) Naryad
B) tabel
C) shtat jadvali
D) a va b javoblar to’g’ri
5. Vaqtbay ish haqi hisoblash uchun asos boʻlib, nima xizmat qiladi?
A) Naryad
B) tabel
C) shtat jadvali
D) b va c javoblar to’g’ri
Download 20,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish