Mavzu: Mehnat to`g`risidagi fanning yuzaga kelishi va uning rivojlanishidagi roli


Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishi



Download 1,35 Mb.
bet5/7
Sana01.01.2022
Hajmi1,35 Mb.
#293476
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toxirjon Azimov mehnat iqtisodiyoti

Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishi.

Mehnat mahsulot qiymatidagi moddiylashgan holatiga nisbatan kam bo‘lmagan darajada muhim sifatga ega bo‘lar ekan, mehnat va uning egasi bo‘lmish ishchi kuchi iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi. SHunga ko‘ra, mehnat asosidagi iste’mol qiymati ko‘ngildagidek konsepsiyaviy negiz bo‘ladiki, hanuzgacha ishlab chiqilmagan keng ma’nodagi siyosiy iqtisod rolini bajaradigan «mehnat siyosiy iqtisodi» ayni shu negizga tayanib yaratilishi mumkin.

Mehnatga iste’mol qiymati tomonidan yondashilishi gap foydalilik to‘g‘risida borayotganligi sababli, eng yuqori foydalilik nazariyasi tomonidan, ya’ni marjinalizm tomonidan izohlanadiki, deyilishi ham mumkin. Lekin bunday nazariyyondashuv aslida shunday emas. Marjinalizm mehnat bilan mehnat asosidagi qiymat nazariyasini paradigmasidan tashqariga chiqarib qo‘ydi, yaxshi deganda u mehnatni salbiy foydaliligi bor, deb e’tirof qilishi mumkin bo‘lar edi xolos. Ayni chog‘da shuni ham e’tiborga olish kerakki, bunday salbiy mulohaza jonli mehnatga nisbatan aytilmoqda. U yoki bu ne’matda moddiylashgan mehnat masalasiga kelganda esa, uning foydaliligi inkor etilmaydigina emas, balki hatto ushbu foydalilikning eng yuqori darajasi bilan belgilanadigan narx sifatida e’tirof qilinmoqda. SHunday bo‘lgach, ana shu ikki xil "mehnat" o‘rtasidagi, ya’ni jonli va moddiylashgan mehnat o‘rtasidagi farqni albatta inobatga olish kerak. Aks holda mehnat asosidagi iste’mol qiymati nazariyasi marjinalistik foydalilik nazariyasi bilan bir bo‘lib qolishi mumkin.

D. Rikardo mehnat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariya yo‘nalishlaridan birining asoschisi hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga to‘lanadigan ko‘proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga bog‘liq».

Har qanday nazariyaning asosida bir butun nazariy konstruksiya bunyod etiladigan boshlang‘ich qoidalar bo‘ladi. Agar boshlang‘ich qoidalar benuqson bo‘lsa, nazariya ham hayotiy bo‘lib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.

Mehnat to‘g‘risidagi nazariya quyidagi ikki asosga tayangan:

Mavhum inson mehnati tovarlar qiymatining yagona manbai hisoblanadi. Ishchi kuchi insonning o‘z qiymatidan ko‘proq qiymat yaratadigan mehnat qobiliyati bo‘lib, klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardolar tomonidan ishlab chiqilgan qiymatga oid mehnat nazariyasi va tovarlar qiymatining negizida mehnat yotadi, degan qoidaga tayangan.

Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, fransiyalik iqtisodchi Jan Batist Sey ishlab chiqarish omillari nazariyasini 1803 yilda yaratgan bo‘lib, bu nazariyagako‘ra qiymat mehnat, er va kapital kabi omillarning amal qilishi bilan belgilanadi.

Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning ikkinchi boshlang‘ich mulohazasi uning «ishchi kuchi» tushunchasining kiritganligidadir.Ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati deganda biz inson organizmi, insonning tirik shaxsi ega bo‘lgan va u har safar biron bir iste’mol qiymatini ishlabchiqarayotganida ishga soladigan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig‘indisinitushunamiz.

Ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi kunda

ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud.

- Ishchi kuchi deganda yoshi 16 dan oshgan va shu vaqtda ishlab turgan yoxud

faol ravishda ish izlayotgan, yoxud ishdan bo‘shaganidan keyin uning xizmatlariga

yana murojaat qilishlarini kutadigan xodimlar nazarda tutiladi - hozirgi amerikalik

mehnat iqtisodiyoti tadqiqotchilari ishchi kuchi tushunchasini ana shunday talqin

qiladilar;

Ishchi kuchini mehnatga qodirlik deb talqin qilsa bo‘ladigan ko‘rinadi. Bunday talqin qilinganda insonning mehnat salohiyati, uning imkoniyatlari nazarda tutiladi. Bunda kuch jismoniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi (fizikaning bo‘limi –mexanikada kuch deganda harakat oqibatida jismning holatidagi o‘zgarishlar, masalan, uning tezlashishi yoki deformatsiya ro‘y beradigan bir moddiy jismning boshqa moddiy jismga mexanik ta’sir ko‘rsatishi miqdori bo‘lgan o‘lcham tushuniladi; kuch muayyan son qiymati, ta’sirning makonda yo‘nalganligi va qo‘llanish nuqtasi bilan tavsiflanadi). Kuchning shunday tushunilishidan kelib chiqib, ishchi kuchi yoki xodimning kuchi deb amalga oshganidan keyin o‘z imkoniyatlariga miqdoran to‘g‘ri keladigan muayyan mehnat majburiyatlarini bajarishga qodirlikni atash mumkin. To‘liq kuch bilan ishlansa, natija kuchning

imkoniyatiga teng bo‘ladi, masalan, yarim kuch bilan ishlaganda esa natija imkon darajasining yarmiga teng bo‘ladi.

SHuni takror aytamizki, «ishchi kuchi» tushunchasini insonning mehnatga qodirligi ma’nosida belgilashni kiritibgina qolmay (mehnat uchun odam resursi deb emas), balki ushbu tushunchaning jismoniy ma’nosidan farqli o‘laroq imkoniyat o‘lchami olingan natijalarga to‘g‘ri kelmasligi, ayni ishchi kuchi qiymati va uning qo‘llanilishi bo‘lgan mehnatning qiymati ayni bir narsa emasligi to‘g‘risidagi qoidani ham ta’riflash lozim. Ishchi kuchi qiymati deganda xodim va uning oilasini tiklash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori tushuniladi, mehnat yaratadigan qiymatning o‘lchami esa ishchi kuchining qiymatidan kattaroqdir va ushbu farqniqo‘shimcha qiymat sifatida tushunish kerak.

Korxona egasining mehnat narxi bo‘lgan ish haqini to‘lashdan tashqari, xodimlarni yollash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa sarf-xarajatlar, masalan, ijtimoiy to‘lovlar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari va boshqa sarf- xarajatlar borligi boshqa gap. Xalqaro Mehnat Tashkiloti e’lon qilgan ayrim materiallarda sarf-xarajatlarning ushbu toifasi ishchi kuchining qiymati deb nomlangan, bu esa bizningcha, noto‘g‘ri fikr bo‘lib, uni aniqlashtirish talab qilinadi. Ularni asl mohiyatiga qarab, xodimlarni yollash sarf-xarajatlari deb nomlash kerak.

SHunday qilib, qiymatga oid mehnat nazariyasi haqiqiy hayotda masala qanday kechishini tushuntirib berishga ojizlik qildi, binobarin, bu nazariya aslida noto‘g‘ri

bo‘lgan, degan xulosaga kelsak bo‘ladi.





Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish