Mavzu: Mehnat to`g`risidagi fanning yuzaga kelishi va uning rivojlanishidagi roli


Mehnatning inson va jamiyat taraqqiyotidagi



Download 1,35 Mb.
bet4/7
Sana01.01.2022
Hajmi1,35 Mb.
#293476
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Toxirjon Azimov mehnat iqtisodiyoti

Mehnatning inson va jamiyat taraqqiyotidagi о‘rni.

Iqtisodiy tafakkur qadim zamonlardan buyumlar qiymati yuzaga kelishi sirini tushunib yetishga urinib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Arastuning (Aristotel eramizdan oldingi 384—322 yillar) asarlarida tovarlar qiyoslana olishi muammosi tilga olingan edi. U ayirboshlash nisbatlari nima bilan belgilanadi, degan savolni o’ziga o’zi berib, unga bir xil mazmunda javob berolmasligini, lekin u shu xususida bir necha taxminlar borligini bildirgan.

Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo’lgan mehnat to’g’risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit (1723—1790) nihoyatda katta hissa qo’shdi. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» deb nomlangan asosiy asarida (1776) mamlakat boyligi moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari bilan belgilanishito’g’risidagi qoida bayon qilingan.

Mahsulotlarning hajmi chiqarishda qatnashadigan aholining ulushiga va undagi unumdorligiga bog’liq bo’ladi. Mehnatning taqsimlanishi va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining chuqurlashtirilishini A.Smit unumdorligi oshishining sharti deb bilgan. Jamiyatning ibtidoiy holatiga xos vaziyat e’tiborga olinmasa, A. Smitning tovarlar qiymati nazariyasida ikki xil nuqtai nazarni, ya’ni qiymatning mehnat nazariyasi va ishlab chiqarish omillari nazariyasiningbir yo’la mavjudligini ko’rish mumkin. A. Smitning boshqa fikr- mulohazalaridan, narx tarkib topadigan barcha daromadlar manbai mehnatdir, degan ma’no kelib chiqadi.


Mehnat — boyiik manbai. U inson faoliyatining birinchi va zarur sharti hisoblanadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining tarixi har bir jarayonda mehnatning hal qiluvchi ahamiyatga egaekanligidan dalolat beradi. Odamlar atrofdagi tabiatni o'zgartirar ekanlar, o‘zlarining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlari ta’sirida o‘z tabiatlarini ham o‘zgartiradilar: bilimlarini boyitib, qobiliyatlarini rivojlantiradilar va yangi ko'nikmalar hosil qiladilar.

Mehnat o‘zining tarkibiy rivoji jarayonida jiddiy ravishda murakkablashdi:inson tobora murakkabroq va xilma-xilroq operatsiyalami bajara boshladi, tobora uyushgan mehnat vositalarini ishlatib, o‘z oldiga ancha yuksak roqmaqsadlar qo‘yish va ularga erishishga intildi.

Hozirgi sharoitda mehnat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

• mehnat jarayonining intellektual potentsiali ortadi, bu esa aqliy mehnat

rolining kuchayishida, xodimning o‘z faoliyati natijalariga ongli va ma’suliyat

bilan munosabatda boiishi ortishida namoyon bo'ladi;

• mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari

(mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar va shu kabilar) bilan bog'liq

buyumlashgan mehnat ulushining ko‘payishi fan-texnika taraqqiyoti erishgan

yutuqlar bilan bog‘liq bo'lib, inson cheklangan jismoniy imkoniyatlari

sharoitida mehnat unumdorligi va samaradorligining ortishida hal etuvchi

omil bo‘lib xizmat qiladi;

• mehnat jarayoni ijtimoiy jihatining ahamiyati ortadi. Hozirgi vaqtda

mehnat unumdorligining o‘sish omillari faqat xodim malakasini yoki uning

mehnatini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson

salomatligining ahvoli, uning kayfiyati, oiladagi, jainoadagi va umuman,

jamiyatdagi munosabatlar bilan ham bog'liqdir.

Mehnat munosabatlarining bu ijtimoiy tomoni mehnatning moddiy rag'batlantiruvchi omillarini to'ldiradi va inson hayotida muhim rol o ‘ynaydi.

0 ‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat to ‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash tug‘risida»gi qonuni va bu qonunga Mehnat vazirligi (hozir Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi) tomonidan tayyorlangan sharhlar hamda mehnat va uni tashkil etish bo‘yicha davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o ‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar kiradi.

Tabiati va mazmuniga ko‘ra, mehnat turlarining tasnifi ikki yo'nalishda — ijtimoiy va tarkibiy jihatdan olib qaraladi.

Mehnatning tarkibiy tabiati ikki bosh mezon — mehnat vazifasining intellektual darajasi va malakaliligi nuqtai nazaridan mehnatning mazmun xususiyatlari ta’siri ostida shakllanadi.

Mehnat vazifasining intellektual darajasi unda mavjud aqliy va jismoniy mehnat unsurlarining hissasi, shuningdek, ijodiy va oddiy (noijodiy) mehnat hissasiga bog‘liq holda farqlanadi. Mehnat vazifasining malakalilik darajasi uning chegarasi va taridbi: taikibiy qismlar va bu tarkibiy qismlaming miqdori, ulaming rang-barangligi, yangiligi, shuningdek, ijro shart-sharoiti orqali aniqlanadi.

Mazkur belgini u yoki bu xodimga tatbiqan baholash qabul qilingan tarif tizimiga muvofiq uning razryadiga moslab amalga oshiriladi. Shunday qilib, mehnatning tabiati va mazmuni tasnifiy alomatlar sifatida o‘zaro aloqadordir.

Mehnat predmeti va mahsuli bo'yicha mehnat turlarining tasnifi mehnatni professional, funksional va tarmoq nuqtai nazaridan farqlashga asoslanadi.

Mehnatning professional belgisiga ko‘ra, ilmiy yoxud tadqiqotchilik,muhandislik, boshqaruv, ishlab chiqarish, ma’rifiy, tibbiy va boshqa turlariniajratib ko‘rsatish mumkin. Funksional belgisiga ko'ra, mehnat turlari ulaming qay maqsadga yo'naltirilgani, tatbiq etilish sohasi va xo‘jalik faoliyati iqtisodiy turkumidagi funksional roliga bog‘liq holda tarkibiy qismlarga ajratiladi. Uch bosqich — ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni bo'lib ajratuvchi

ma’muriy-rejalashtirish tizimida amal qilinganidan farqli o‘laroq, bozoriqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy turmushning tarkibi tubdan o'zgaradi.

Mehnatni tahlil etishning eng muhim metodologik jihatlaridan biri mehnat funksiyalarini bilib olishdir. Bu funksiyalar qanchalik xilma-xilbo'lmasin, ulaming dialektik birligini ham ta’kidlab o‘tmasdan bo'lmaydi.

Mehnat (Vzining asosiy ijtimoiy funksiyalarida quyidagicha namoyon bo‘ladi:

- ehtiyojlarni qondirish usuli — bu mehnatning birinchi va eng muhim

funksiyasi bo‘lib, insonning ijtimoiy turmushi ana shundan boshlanadi;

- ijtimoiy boylikning yaratuvchisi — bu shunday faoliyatki, uning

yordamida inson o‘z ehtiyojlarini qondiradi, o‘zi bilan tabiat o‘rtasidagi

moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi;

- jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari — mehnat ehtiyojlarni

qondirish va boylik yaratish bilan butun ijtimoiy taraqqiyotga asos boiadi -

jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini va ulaming o‘zaro hamjihatligi asoslarini

shakllantiradi;

- Insonning yaratuvchisi — inson kishilar hayotining barcha boyliklarini

yaratib, ijtimoiy taraqqiyot subyekti sifatida maydonga chiqadi, umuman,

jamiyatni mehnatga jalb qilib, o‘z-o‘zini ham rivojlantirib boradi, bilim va

kasb malakalarini egallaydi, muomala va o'zaro yordam ko‘nikmalarini

shakllantiradi.



Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish