Mavzu: matnli ma'lumotlarga ishlov berish dasturlari



Download 9,31 Mb.
bet29/32
Sana23.07.2022
Hajmi9,31 Mb.
#841355
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
MAVZU 2 kurs 2021-2022

Tayanch iboralar: Kanal, Okno, Pixel


Ranglar tizimida har bir rang bir nechta tashkil etuvchiga ajratiladi. RGB tizimida ranglar qizil, yashil va ko‘k tashkil etuvchi ranglarga ajraladi. Tasvirning har bir pikseli o‘z rangiga ega va barcha piksellar uchun bu ranglaming tashkil etuvchilarini qo‘lda aniqlab chiqishning deyarli iloji yo‘q. PhotoShop bu yerda ham yordamga keladi. Uning Каналы (Kanallar) palitrasi aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Biror rasmni yuklab olib, Каналы (Kanallar) palitrasini ochamiz. Buning uchun asosiy menyuning Окно (Oyna) bo‘limidagi Каналы (Kanallar) bandini tanlaymiz. Palitraning RGB tizimi uchun ko‘rinishi quyida keltirilgan. Rasmda faqat bitta tashkil etuvchini qoldirish uchun unga mos kanalni qoldirib, qolganlarini yopish kerak. Buning uchun bu kanalga mos qo‘sh- tugmani bosish yetarli. Qizil kanalga Ctrl+3, yashil kanalga Ctrl+4, ko‘k kanalga Ctrl+5 qo‘shtugmalari mos qo‘yilgan. Ulami navbatma-navbat bosib, rasmning o‘zgarishini kuzatamiz.

CMYK ranglar tizimiga mos keluvchi kanallar quyidagi rasmda keltirilgan. Ulami ko‘rsatish uchun tasviming ranglar tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Birning uchun asosiy menyuning Изображение (Tasvir) bo‘limining birinchi bandi - Режим (Tartib) ni, paydo bo‘lgan yangi menyudan CMYK bandini tanlaymiz.
Kanallarga yangisini qo‘shish mumkin. Bunday kanallardan biri alfa kanal deb ataladi. Alfa kanallar tasviming bir qismini ajratib olish uchun ishlatiladi. Filtrlar PhotoShopning yana bir kuchli tomonidir. Filtr deb oldindan bel- gilab qo‘yilgan algoritm bo‘yicha tasvimi qayta ishlashga aytiladi. Filtrlar asosiy menyuning Фильтр (Filtr) bo‘limida yig‘ilgan. Bu bo‘limning bandlari quyidagi rasmda keltirilgan:

Bo'limning birinchi yarmida ko‘p ishlatiladigan filtrlar va ularga mos qo'yilgan qo‘shtugmalar keltirilgan. Bo‘limning ikkinchi yarmida qolgan filtrlar 10 ta guruhga bo‘lib chiqilgan. Oxirgi band yordamida intemetdan yangi filtrlami yuklab olish mumkin. Filtrlaming qo‘llanishiga misollar quyidagi rasmlarda keltirilgan. Bu filtrlar Стилизация (Stillashtirish) guruhining Выделение края (Chetini ajratish) va Тиснение (0‘yib chiqish) filtrlaridir:

Quyidagi rasmlarda Искажения (Buzilish) guruhidagi Дисторсия (Egri- lash) va Зигзаг (Egri-bugri) filtrlarining qo‘llanishi ko‘rsatilgan.

Odatda grafik fayllar katta o‘lchamga ega bo‘ladi. Masalan, BMP, TIFF yoki PCX formatlaridagi grafik fayllar samarasiz kodlanadi va tasvirni to‘g‘ri etkazishga kerakli o‘lchamdan ham katta o‘lchamga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilarning katta qismi tarmoqqa modemlar orqali ulanadi. Foydalanuvchi modemlarining provayderlar bilan ulanish tezligi 56 KBit/sek dan oshmasligini hisobga olgan holda, bunday grafik fayllardan foydalanish maqsadga muvoffiq emas, chunki sahifalar yuklanish vaqti cho‘zilib ketadi.
Bunday holatda sahifalarni tarmoqda nashr qilishga tayyorlashda asosiy maqsad- illyustrasiyalar hajmini maksimal darajada kamaytirishdir, chunki grafik fayllar hajmi sahifaning umumiy hajmini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida uning yuklanish tezligiga ta’sir qiladi.
Tarmoqdagi grafikaning yuklanish vaqtini qisqartirish uchun grafik fayllarni siquvchi juda ko‘p sonli texnologiyalar ishlab chiqilgan. Grafik ma’lumotlarni siquvchi texnologiyalar ikki xilga bo‘linadi:tasvir sifatining yo‘qolishiga olib keladigan va tasvir sifatini saqlab qoluvchi. Siqish texnologiyasining birinchi tipi bu jarayon vaqtida grafik fayllarning ba’zi ma’lumotlarini yo‘qotadi, bu bilan u tasvir sifatiga zarar yetkazadi; ikkinchi xilda esa tasvir sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda grafik fayllarni siqadi. Format va grafik fayllarni siqish texnologiyasini to‘g‘ri tanlab, boshlang‘ich tasvir sifatini buzmagan holda 10-50 martagacha kichraytirish mumkin, ya’ni, siqilgan va siqilmagan tasvirlar orasidagi farqni inson ko‘zi bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda tarmoqlarda ikki asosiy grafik format qo‘llanadi: GIF va JPEG (yoki JPG). Bu grafik formatlarda illyustrasiyalangan sahifalarni barcha keng tarqalgan brauzerlar tushunadi va to‘g‘ri tasvirlaydi. Bu formatlarning har biri o‘z ustunliklari va kamchiliklariga ega, bu ularning qo‘llanish sohasini aniqlaydi, ular orasidagi farqni tushunish o‘z navbatida sayt sahifalarini grafik bezash ishlarini osonlashtiradi.

Tаshqi qurilmаlаrining ishlash tаrtibining ko’rib chiqаmiz.


PLАNSHЕT. Bu оddiy tеkis to’g’ri burchаkli yuzа bo’lib, ungа tаyyor chizmа qo’yiladi vа chizmаning ustidаn ko’rsаtkich bilan yurgizilаdi.
Yurgizish jаrаyonidа kоmpyutеr vаqti-vаqti bilаn ko’rsаtgich uchining kооrdinаtаsini sаnаydi. Kооrdinаtаlаmi hisоblаshning bir qаnchа usullari mаvjud. Ulаrdаn ikkitаsini ko’rib chiqаmiz. Plаnshеtning ishchi yuzаsi (250 x 250) tаgigа H vа U o’qlari bo’ylаb 1024 tа pаrаllеl simlаr jоylаshtirilgаn. Ulаrning hаr birini kеngligi 75 mkm, qаlinligi 25m km bo’lgаn mis simlardan tаyyorlаngаn. Sim o’qlаri оrаsidаgi mаsоfа 250 mkm gа tеng, bir simgа 2 mаrtа kоdlаngаn аniq hаbаr kеltirilgаn. Bu hаbаrlаmi sig’im аlоqаsi оrqаli ko’rsаtgich qаbul qilаdi. Ko’rsаtgichgа sеzgir kuchаytirgich jоylаshtirilgаn. Bu kuchаytirgich kоdlаngаn hаbаrlаrni qаbul qilib kаbеl оrqаli uni kоdlаngаn hаbаrlаrini yеchаdigаn lоgik sxеmаgа uzаtаdi. Hаr bir kеtmа-kеt qаbul qilingаn impulslаr fаqаt bittа simgа tеgishli. Shuning uchun kоdlаr yеchilgаndаn kеyin ikkitа sоn hоsil bo’lаdi. Bu sоnlаr ko’rsаtgichning Plаnshеt yuzаsidаgi hоlаtini ko’rsаtаdigаn kооrdinаtаlаr bo’lаdi. Plаnshеtdа 0,25 mm dаn kichik bo’lgаn grafik elеmеntlаr qаbul qilinmаydi.
Ko’sаtgich uchigа uchqunli dаtchik jоylаshtirilgаn. Bu dаtchik sоpоl izоlyatоr bilаn аjrаtilgаn elеktrоddаn tаshkil tоpgаn. Elеktrоdlаr оrаsidаn mа’lum vаqt ichidа uchqun chiqаdi. Ikkila schyotchik uchqun hоsil bo’lishidаn bоshlаb, tоvush signаlini qаbul qilishgаchа bo’lgan vаqt intеrvаlini bеlgilаydi. Plаnshеt jоylаshtirilgаn tаsmаli mikrоfоn tovush impul’slаrni qаbul qilаdi. Ikkitа impul’s vаqtini tuztаb turish qiymаti, ko’rsatkich uchidаn Plаnshеtning mikrоfоn o’rnаtilgаn ikki tоmоnigаchа bo’lgаn mаsоfаgаchа prоpоrsiоnаl bo’ladi. Shuning uchun, bu qiymаtlаrni ko’rsatkich hоlаtini H vа U kооrdinаtаlаri dеb qаbul qilsа bo’lаdi.
Skaner yoki raqamli kamera yordamida olingan tasvirlar, slaydlar, fotografiyalar, tasvirlar raqamli shaklga o’tkazilib, kompyuter qabul qila oladigan shaklga keltirgandan keyin muharrirlash va boshmaga chiqarish mumkin. Photoshop dasturidan foydalanib yoki boshqa maxsus dasturlar yordamida skaner qilish mumkin va olingan natijani Photoshop dasturi qabul qiladigan formatda xotiraga yozish mumkin.
Skaner yordamida sifatli tasvirni olish uchun dastlab skaner qilinadigan tasvirni yaxshilab tekshirib, tanlab oling. Ba’zi bir skanerlar tasvirning ottenoklarini kamaytiradi, natijada tasvir kontrastligi ortadi, shu sabablarga bog’liq tanlangan fotorasmning ranglar balansi yaxshi bo‘lishi kerak. Agarda tasvirni o’zingiz skaner qilmoqchi bo’lsangiz skanerlash parametrlarini tanlashda adashmang.
Skaner qilingan tasvir sifati skaner turiga ham bog’liq bo’ladi. Agarda Siz tasvirni Photoshop dasturi yordamida o’zgartirmoqchi bo’lsangiz (masalan, filtrlarni qo’llash yoki kist yordamida ko’zlangan sondagi shtrixlarni solish), u holda qimmat bo’lmagan RGB-tasvir qiladigan planshet skaner qilinadi. Agarda ranglarni va tasvirning detallarini aniq berish kerak bo’lsa, slaydlar bilan ishlaydigan pristavkali skaner yoki slayd-skaner kerak bo’ladi.
Agarda sizga yuqori sifatli professional tasvirlar kerak bo’lsa, u holda servis markazlarida CCDO skanerlarida yuqori tan olishlikda skanerlash kerak (Scitex Smart-Scanner) yoki barabanli skanerlarda qilgan ma’qul bo’ladi. Oxirgi model skanerlari ranglarning har xil turlarini va soyalarni skaner qila olish imkoniyatiga ega. Bu skanerlar CMYK - formatli tasvirlarni yaratadi, hajmi katta bo’ladi.

Skanerlash uchun dasturiy ta’minot haqida asosiy ma’lumotlar


Skaner qilish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotlar ko’zlangan opsiyalarni beradi. Hamma dasturlar uchun eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlar quyida berilgan. Skaner qilingan tasvir faylining hajmi va sifatini berilgan rejimdan ajrata olish masshtabi tasvir kesilishiga bog’liq bo’ladi.
Fotorasmni yoki tasvirni skanerga qo’yib, Preview (Пред­варительный просмотр) yoki PreScan (Предварительная информация о сканировании sichqoncha bilan cherting. Skanerni ajrata olish (ppi) dyuymdagi piksellar bilan o’lchanadi va Resolution (Разрешение) parametri bilan berilgan.Tasvirni ajrata olish qancha yuqori bolsa, shuncha ko’p nuqtalar bo’ladi, demak, tasvirni detallari haqida ko’p ma’lumot berilgan bo’ladi. Shu bilan birga faylning hajmi ham katta bo’adi.
Kompyuter resurslarini tejash uchun eng kam ajrata olishni tanlang. Ajrata olishni o’zingizga kerakli bo’lganidan yuqori qilmang: kerak bo’lgan tasvir faylining hajmi katta bo’ladi, bu tasvirni ekranda, setda yoki bosmadan chiqarishda ancha vaqt ketadi, shu bilan birga tasvir sifatli emas. Ikkinchi tomondan, past ajrata olishda bosmaga chiqarilgan tasvir aniq va ravshan bo’maydi. [Ko’pchilik holda fotorasmlarni ajrata olishni skaner qilganda 200-300 ppi, poligrafik tasvirlar uchun - 600 ppi da tanlagan ma’qul bo’ladi.
Tasvirni bosmaga chiqarmasdan avval bosmaga chiqadigan tasvirni ajratib olib tanlash kerak. Buning uchun avval bosmaga chiqaruvchi qurilmani yoki fotoqurilmani ajrata olish imkoniyatini bilish kerak, yana rastr liniaturasini qanday bo’lishini ham bilish kerak (skanerdagi ajrata olish bosmaga chiqaruvchi qurilmadagi ajrata olishdan farq qiladi).
Yarim ta’sirchanlilik tasvirlar uchun ajrata olishni rastr liniaturasiga nisbatan bir yarim marta katta qilib (1 dyuym yuzadagi chiziqlar soni) yoki rangli tasvirlar uchun ikki marta katta qilib berish kerak. Yuqoridagi ajrata olish imkoni skanerlari (600 ppi va undan katta) shtrixlangan tasvirlar uchun kerak bo’ladi. Masalan, agarda tipografiyada oq-qora tasvirni 133 ta chiziqli ekranda bosmaga chiqarmoqhi bo’lsak, u holda skaner ajrata olishini 200 ppi qilib berish kerak bo’ladi. Agarda mahsulotni fotoqurilmalar yordamida tayyorlamoqchi bo’lsa (bunda yarim ta’sirchanlik texnologiyasi yo’q), u holda, skanerni ajrata olishini ko’rsatishni so’rang. Agarda tasvirning bir qismini skaner qilmoqchi bo’lsangiz, u holda kadrirovaniyc qilish kerak. Kerakli bo’lgan tasvir parchasini olish uchun avvaldan ko’rib olish oynasidan siljiydigan chegaralarni o’zgartiring. Tasvir kesishga tayyor bo’lgan faylning hajmini birmuncha kichiklashtiradi.
Ba’zi bir holatlarda masshtablashga to’g’ri kelib qoladi. Agarda tasvirning o’lchamini kattalashtirmoqchi bo’lsangiz, u holda 100% katta bo’lgan masshtab tanlang. Tasvirlarni kattalashtirganda yoki ajrata olishni orttirganda Photoshop dasturida yoki boshqa qo’shimchalarda tasvir yuvilgan holda bo’ladi, sababi qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish uchun dastur matematik interpolyatsiya usulini qo’llaydi. Tasvir haqidagi aniq ma’lumot faqat skaner qilish paytidagina yozilgan bo’ladi.
Skaner qilish modulini tanlang yoki File > Import > Twain_32 (Файл > Импорт > Twain_32) yoki File > Import
WIA buyruqlaridan bittasini tanlab bajaring.
Prescan (Предва­рительная информация о сканировании) tugmasiga cherting. Tasvir saqlangan fayl hajmini ajrata olishda va masshtablarini o'zgartirganda o‘zgarishiga e’tibor bering


Download 9,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish