Mavzu: matnli ma'lumotlarga ishlov berish dasturlari


MAVZU: PHOTOSHOPDA RANG TIZIMLARI



Download 9,31 Mb.
bet25/32
Sana23.07.2022
Hajmi9,31 Mb.
#841355
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
MAVZU 2 kurs 2021-2022

MAVZU: PHOTOSHOPDA RANG TIZIMLARI.


Reja:

  • Ranglar tizimi bilan ishlash

  • Tizimdagi asosiy ranglar

  • Ayriluvchi ranglar tizimi

  • Tizimda ranglar palitrasi parametrlari

Tayanch so’zlar: RGB , CMYK,HSB
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo‘shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug‘liklar qo‘shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo‘lsa, bu ranglar qo‘shilib, xona ulardan ko‘ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko‘k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo‘shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo'shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:

Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o‘n olti milliondan ko‘proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko‘k ranglar qo‘shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko‘k ranglar qo‘shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo‘shilib sariq ranglar paydo bo‘ladi. Uchta asosiy rang qo‘shilganda oq rang chiqadi.
Qo‘shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilarnizki, oq qog‘ozni bir necha rangdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yasak, bu ranglar qo‘shilib, to‘qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog‘ozni bo‘yasak, qog‘oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog‘ozga surtilganda qog‘oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo‘yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo‘yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko‘p bo‘lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo‘yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo‘lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, black) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko‘rsatiladi.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli bo‘lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to‘yinganligi) Brightness (Rang yorqinligi) so‘zlaridan olingan.
Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo‘lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo‘lgan aylanada joylashgan
Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120° ga yashil, 240° ga ko‘k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang (120°) va pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan.
.
Bu ranglar bir-biri bilan qo‘shilib, yangi ranglar paydo bo‘ladi. Masalan, ko‘k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°) joylashgan.
Birinchi parametr rangning to‘yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametrning qiymati kamaygani sari rangning toyinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo‘lganda bu rang oq rangga aylanib qoladi
Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Bu radius bo‘ylab harakatlanganda doira chegarasi, ya’ni aylanada tanlangan rang to‘yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi.

Color palitrasi


Color (Цвет) palitrasi ranglarni tanlash yoki aralashtirish uchun ishlatiladi. Ranglarni tasvirlarga har xil chizish asboblari yoki tuzatish-kiritish buyruqlarini masalan, Fill (Залить) yoki Canvas Size (Размер холста) yordamida berish mumkin. Palitraning menyusidan rang modelini tanlang. Ranglarni aralash­tirish uchun siljitgichni surish orqali amalga oshiriladi. Rangni tez tanlash uchun tayyor holda foydalanish kerak, buning uchun tayyor bo‘lgan ranglar paneli chertiladi, bu panel Color palitrasining past qismida joy­lashgan.


Color Picker (Выбор цвета) rang tanlash panelini ochish uchun asosiy yoki fon rangini tanlab kvadratga bir marta chertish kerak, agarda joriy bolmasa ikki marta chertish kerak.
Swatches palitrasi
Swatches (Образцы) palitrasi tayyor ranglardan foydalanmoqchi bolsangiz, ishla­tiladi. Ranglar palitrasiga alohida Swatchesni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin. Palitra menyusining buyruqlarini yuklash, boglash, xotirada saqlash mumkin.
Styles palitrasi
Styles (Стили) palitrasi avvalgi yaratilgan effektlar va ularning birikmalarini xotirada saqlashdan foyda­laniladi. Bu amal avval faqat ImageReady dasturida mavjud edi, hozir esa, Photoshop dasturida ham ishlatiladi.

Navigator palitrasi


Navigator (Навигация) palitrasi yordamida tasvirning bitta parchasini oynada ko‘rsatadi yoki shu parchaning masshtabini o‘zgartiradi.
Info (Информация) palitrasida kursor ko‘satgan pikselining rang komponentalari ko‘rsatiladi. Shu bilan birga tasvir uchun tanlangan ranglar haqida ma’lumotlar uchun tayyor ranglarning kamida to‘rttasi joylashtirilgan bo’ladi. Agarda ranglarni tuzatish uchun muloqot oynasi ochilgan bo‘lsa, ranglar palitrasini o‘zgartirilmasdan avvalgi va keyingi ranglari haqida ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga tasvirda kursor joylashgani haqida x va у o‘qlarini koordinatalari ham beriladi.
Palitrada boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin va u qanday asbob joriy holda turganligiga bog‘liq bo‘ladi: masalan, ajratilgan qismni siljitganda nuqtalar orasidagi masofa, figuralarni qurganda yoki Measure (Измеритель) asbobidan foydalanganda; tasvirdan qirqib olinadigan sohani, ramkaning olchami; yoki transformatsiya qilinayotgan obyektning eni (W), balandligi (H), burchagi (A), vertikal (V) va gorizontal (H) qiya chiziqlari, chizg’ichning olcham birliklarini o’zgartirishi uchun yo’nalishga sichqoncha bilan chertish kerak.
Ko’rsatilgan yo’nalishga sichqoncha bilan chertish kerak va uni qo’yib yubormay turib, chiqadigan ma’lumotlarning rejimini tanlash kerak: Actual Color tasvirni joriy rejimi, Proof Color, Grayscale, RGB, Web, HSB, CMYK, Lab Color, Total Ink yoki joriy qatlamni Opacity (Непрозрачность) parametr qiymatlarini bering. Rang haqida ma’lumot beruvchi rejim joriy tasvirning rejimidan farq qilishi mumkin.
Eslatma
Agarda ranglar haqidagi ma’lumotda “!” belgisi turgan bo’lsa, rang CMYK palitrasidan tashqariga chiqib ketganligini bildiradi, bosmaga chiqarishda tasvir o’zining ko’rinishini o’zgartiradi.
Ranglar haqida yoki o’lcham birliklari haqida ma’lumot olish uchun Info Options (Опции палитры Info) oynasidan foydalanamiz. Bu oynaga ruhsatni palitra menyusidagi Palette Options (Опции палитры) buyrug’i beradi.
Layers palitrasi
Yangi tasvir yaratganda tasvir foni tiniq rangda bo’lmaydi. Layers (Слои) palitrasi qatlamlarni qo’shish, o’chirish, ko’rinadigan/ ko’rinmas holga olib kelish, nusxalash, guruhlash, bog’lash va forrning yuqori qismida joylashgan qatlamlarni joylashish tartibini o’zgartirishi kerak. Har bir qatlamga o’zining aralashtirish rejimi va tiniqlilik rejimlari mos kelib va har bir qatlamni boshqa qatlamlarga to’liqsiz turda muharrirlash imkoniyatiga ega bo’larniz. Shu bilan birga qatlamlarni maskaga (mask) bog’lasa ham bo’ladi. Standart turdagi qatlamlardan tashqari, Photoshop dasturida ikki xil turdagi qatlamlarni ham yaratsa bo’ladi: korrekirovkalanadigan qatlam (adjustment layer), bu vaqtincha ranglardan foydalanishda yoki qatlamdagi rangni korrektirov kalaganda ishlatiladi va muharrirlanadigan matn qatlarni (editable type layer), bu Type (Текст) yoki Vertical Type (Вертикальный текст) asboblarini ishga tushirganda avtomatik ravishda paydo bo’ladi. Agarda qatlamga qandaydir effekt ishlatilsa (masalan, Inner Glow (Внутреннее свечение), Drop Shadow (Отбросить тень), qatlam nomi enida effekt piktogrammasi va uchib chiquvchi menyudan chaqirish tugmasi cliiqadi.
Faqat joriy qatlamnigina muharririasa bo’ladi (tanlangan yoki joriy). Qatlamni tanlash uchun Layers palitrasidan qatlam nomiga sichqoncha yordamida chertish kerak.
Yangi qatlamdagi eng pastki qatlam foni tiniq bo’lmagan holatidan tiniq holatiga o’tkazish uchun Contents (Содержание) guruhidagi muloqot oynasidan, Transparent (Прозрачный) ga bayroqcha qo’yish kerak. Bu menyuning File > New (Файл > Новый) buyrug’i yordamida chaqiriladi.

Layers palitrasi.






Download 9,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish