Mavzu: matnli ma'lumotlarga ishlov berish dasturlari


MAVZU: Nashriyot tizimlari



Download 9,31 Mb.
bet2/32
Sana23.07.2022
Hajmi9,31 Mb.
#841355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
MAVZU 2 kurs 2021-2022

MAVZU: Nashriyot tizimlari.
Keyingi paytlarda turli korxonalarda kichik nashriyotlar paydo boia boshladi. Kichik nashriyot deganda, shaxsiy kompyuter bazasida, tez chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha turli qurilmalar vositasida bosma mahsulotlar (kitob, jurnal, broshyuralar, prospektlar va hokazo) chiqarish tushuniladi. Bunda bolajak bosma mahsulotlar kompyuterda tayyorlanadi, ya’ni kompyuter sahifalash, original-maketni tayyorlash ishlari ham kompyuterda bajariladi.
Rizograf esa original-maket shaklida kompyuterda tayyorlangan mahsulotni chop qilish uchun ishlatiladi va u minutiga o‘rtacha 130 sahifa chiqarishi mumkin. Turli rizograflar mavjud. Ular rangli boiib, chop qilishda turlicha tezlikka ega.
Nashriyot sohasida ishlatiladigan matn muharrirlari shu soha uchun yaratilgan maxsus dasturlar bo‘lib, kichik nashriyotlar ular yordamida gazeta-jumallar, kitoblar, turli reklama mahsulotlari tayyorlashga mo‘ljallangan. Kichik nashriyot shaxsiy kompyuter dasturiy texnik vositalari hamda turli- tuman chop qiluvchi va boshqa qo‘shimcha qurilmalar orqali bosma mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bunda bo‘lajak bosma mahsulotlar kompyuterda tayyorlanib, bu matnni terish, tahrir qilishdan to maket tayyorlashgacha bo‘lgan bosqichlami o‘z ichiga oladi. Keyinchalik maket lazerli printerda bitta asl nusxada chop etib olinadi, undan tayyorlangan hujjatning maketi keyin rizograf deb nomlanuvchi maxsus qurilma yordamida ko‘paytiriladi. Kichik nashriyot bulardan tashqari muqovalovchi, broshyuralovchi va kesuvchi qurilmalar bilan ham ta’minlangan.
Sifatli original-maket tayyorlash uchun bir qancha nashriyot tizimlaridan foydalanadi. Ularga misol qilib Page Maker, Ventura Publisher, Post Script, QuarkXPress, TEX, LATEX nashriyot tizimlarini keltirish mumkin.
Shulardan biri va keng miqyosda ishlatiladigani Page Maker dastur- lar paketi kitoblar matnini terish, tahrir qilish, ko‘rib chiqish va chop qilishda juda qulay vosita hisoblanadi.
Ventura Publisher esa gazeta-jurnallar matnini terish va chop etishga mo‘ljallangan. Uning yordamida matnni sahifalarga bo‘lish, matn bo‘lak- larini zarur joylarga joylashtirish (kompanovka) va ushbu sohada ko‘plab ishlatiladigan shu kabi amallarni tez va qulay bajarish mumkin.
Turli formulali (masalan, matematika, fizika, kimyo fanlariga oid) matnlarni tayyorlashda TEX va uning keyingi versiyalari bo‘lmish LATEX tahrir qiluvchi dasturlardan keng miqyosda foydalaniladi.
Page Maker dasturi Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli va qulay dasturdir. Unda ishlash uchun Microsoft Windows operatsion sistemasining to‘liq versiyasi bo‘lishi darkor. Page Maker dasturi fayl va kataloglar bilan ishlaydi. Fayl nomi esa .pub kengaytmasi yordamida yoziladi. Boshqa katalogga o‘tish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini tegishli belgiga (vertikal simvolga) keltirib, uning chap tugmasi ikki marta bosiladi. So‘ng ro‘yxatdan kerakli katalog nomi tanlanib, tugmachani ikki marta bosish orqali ishga tushiriladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, nashriyot. tizimlari- ning asosiy vazifasi nashrni tayyorlashda tez takrorlanuvchi amallarni iloji boricha ko‘proq avtomatlashtirishdir. Ularning afzalligi nashr sa- hifasi va uning umumiy ko‘rinishini tayyorlashdagi qulaylik hamda o‘zgartirishlar kiritishning osonligi va vaqt tejalishidadir. Nashr sahifasining umumiy ko‘rinishini tayyorlashda xususiy kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Original-maketni bosib chiqarish uchun esalazerli yoki post skript printeridan foydalanish ma’qul. Matn va suratlar kompyuter xotirasiga oldindan kiritilishi lozim. Nashrning asosiy elementlarini kompyuterda saqlashning afzalligi shundaki, matnni to‘g‘ridan to‘g‘ri harf terish qurilmasiga berish mumkin, shunda matn bilan suratlarni tegishli joylarga qo‘lda joylashtirishga ehtiyoj qolmaydi.
Page Maker Aldus Corporation firmasi tomonidan yaratilgan keng imkoniyatli, qulay nashriyot sistemasidir. AQSH firmasining Yevropa bo‘limi 1989-yil sentabr oyida Page Maker dasturining ruscha variantini e’lon qildi. Page Maker dasturi ishlashi uchun Microsoft Office dasturining to‘liq versiyasi bo‘lishi darkor. Shaxsiy kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanish bo‘lgan foydalanuvchi diskning formatlash, fayl nusxasini hosil qilish, faylni o‘chirish, uni bosib chiqarish yoki dasturni ishga tushirish buyruqlarini albatta bilishi kerak. Windows muhiti operatsion sistemaning qobig‘i hisoblanib, foydalanuvchiga uning buyruqlarini yoddan bilmasdan turib operatsion sistemaning barcha imkoniyatlarini ishga tushirish imkonini beradi.
Page Maker dasturi yordamida nashr sahifasini ekranda ko‘rish va chop qilingunga qadar unga tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Bar- cha kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, original-maket harf terish qurilmasiga uzatiladi yoki lazerli printerda bosib chiqariladi.
Har qanday hujjatni nashrga tayyorlashda quyidagi ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi:
tahrir qilingan qo‘lyozma elementlarini oxirigacha tayyorlash;
kerakli surat, belgi va chizmalarni yaratish va joylashtirish;
original-maketni tayyorlash.
Ko‘rsatilgan rejani amalga oshirishda va har bir sahifaning umumiy ko‘rinishini tayyorlashda Page Maker nashriyot dasturi ishlatilishi mumkin. Sahifani nashrga tayyorlash uchun qo‘lyozmaning matn va suratlarini qanday tartibda joylashtirish masalasini hal qilish lozim bo‘ladi. Shundan so‘ng, Page Maker dasturi yordamida original- maket tayyorlanadi. Agar qo‘lyozma hajmi ma’lum bo‘lsa, sahifa- ning katta-kichikligini, suratlar va chizmalar egallaydigan joylarni, har bir sahifadagi ustunlar sonini va matnning bosib chiqarilgandan keyingi ko‘rinishini aniqlash hamda va sarlavhalarni turli ko‘ri- nishlarda berish mumkin. Dasturda tog‘ri chiziq, aylana va to‘g‘ri to‘rtburchak belgilarini 17 xil ko‘rinishda chizish mumkin.
Page Maker dasturi uchun boshlang‘ich matnni ixtiyoriy matn muharririda tayyorlash mumkin. Lekin bu muharrirlar yordamida bir sahifada turli shriftlarda matn yozish va shu kabi bir qancha amallami bajarish ancha qiyinchilik tug‘diradi. Nashriyot dasturlari esa matnni formatlashti- rish uchun maxsus tuzilgan. Ushbu dastur turli matn muharrirlarida tayyorlangan matnlar vositasida yakuniy matnni tayyorlaydi. Tayyorlangan matnni nashriyot dasturiga uzatishdan oldin uning xatolarini albatta tekshirish lozim, chunki nashriyot dasturida tuzilgan matnni qayta o‘zgartirish uchun matn muharririga uzatish mumkin emas.
Page Maker dasturi yordamida qo‘lyozmani kiritish, tahrir qilish, o‘qib chiqish, maxsus simvollar bilan ishlash va har xil chizmalar chizish kabi amallarni bajarish mumkin. Page Maker dasturi matn muharririda yuborilgan sahifa raqamlari, kolontitul va matnning o‘ng chegarasi kabi formatlash elementlarini qabul qilmaydi. Lekin u quyidagilarni qabul qiladi:
shriftlar (garnitura va kegl), interlinyaj, bosh harf va kichik harflar, qo‘shtirnoq va tire simvollarini avtomatik ravishda moslashtiradi;
matn muharririda o‘rnatilgan chap chegara o‘zgarishsiz qoladi. Page Maker dasturi matn satrini ustun kengligida ajratadi;
matnning chap va o‘ng chegaralari Page Maker dasturi o‘rnatgan ustunlar chegarasiga asosan hisoblanadi. Masalan, matnlar faylida chap chegara 1 duym qilib belgilangan bo‘lsa, u holda Page Maker dasturi matnni joylashtirishda ustunning chap tomonidan 1 duym joy qoldiradi;
Enter va Return klavishlarining bosilishi holati paragrafning oxiri deb qabul qilinadi;
tabulyasiyaning ichki simvollari matnni yoki jadval ustunlarini tekislash uchun ishlatiladi. Rage Maker dasturida ustunning bitta satridagi tabulyatsiya simvollarining soni yigirmatadan oshmasligi kerak.
Siz ishlatgan shrift o‘matilgan printerda bo‘lmagan taqdirda ham Page Maker dasturi o‘sha shriftni eslab qoladi. Matnni chop qilishda ko‘rinishi o‘sha shriftga yaqin bo‘lgan shrift ishlatiladi. Keyinchalik esa printemi almashtirib, kerakli shrift bilan matnni bosib chiqarish mumkin. Matnlarni ko‘pincha Page Maker dasturining o‘zida format- lash qulay hisoblanadi.
Ba’zi maxsus simvollar kompyuter klaviaturasida bo‘lmasa, siz uni Page Maker dasturida yoki Windows muhitidagi matn muharririda kiritishingiz mumkin. ANSI Windows simvollar to‘plamidagi istalgan sim- vol Alt klavishasini bosib turgan holda nol raqamini va ANSI simvoli- ning kodini kiritish orqali amalga oshiriladi. Maxsus simvollarga savdo markasining belgisi, mualliflik huquqi belgisi, boblar va paragraflarni belgilash simvollari, ochilgan va yopilgan qo‘shtirnoqlar, poligrafik tire va milliy alifboning o‘ziga xos maxsus belgilari kiradi. Agar ishlatilayot- gan matn muharririda bu belgilar bo‘lmasa, ularga joy tashlab ketishin- giz va original-maketni tayyorlagan paytda ularni Page Maker dasturida kiritishingiz mumkin.
Savol va topshiriqlar
1.Amaliy dasturlar paketi deganda nimani tushunasiz?
2.Kasbiy sohalarda qanday amaliy dasturlar paketi qoilaniladi?
3.Nashriyot tizimlarida qanday dasturlar qo‘llani!adi?
4.Matnli va grafik muharrirlar nima?
5.Case texnologiyasi tushunchasini tavsiflab bering
6.Page Marker dasturi vazifasi nima?



Download 9,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish