Mavzu: Matn yaratish
Mashg’ulotning maqsadi: Mashg’ulot davomida o’quvchilar savodxonligini oshirish,yozma va og’zaki nutq boyligini boyitish , ularda erkin fikrlash ,mushohada yuritish va xulosalash qobiliyatini shakllantirish.
Mashg’ulot nutqiy va lingvistik kompetensiyalar asosida olib boriladi.
Tayanch kompetensiya: O’zini o’zi rivojlantirish , milliy va umummadaniy kompetensiyalar asosida.
Mashg’ulotning rejasi:
-lug’at diktant;
-uchar qor parchalar o’yini;
-ma’nosini toping;
-matn yaratish (tasvirlarni ifodalash);
-harakatni ifodalash;
-so’zdan iboragacha ;
-sonlarda gavdalanish.
Mashg’ulotning borishi
Lug’at diktant.
Iste’mol, tadbirkor, tamoyil, nafaqaxo’r, itoatgo’y, istihola, bozor-uchar, ayyuhannos, gulg’uncha, modernizatsiya, pasttekislik, poyabzal, sajdagoh, tanho,uzr-ma’zur, xulq-atvor, ziyon-zahmat, zardo’ppi, alloma, aforizm,bayramoldi.
(Diktant yozib bo’lingach, har bir o’quvchi doskaga chiqib bittadan so’zni yozadilar va diktant tekshirib olihadi)
Mashg’ulot ishtirokchilari yetti kishidan iborat kichik guruhlarga ajtatiladi.
Uchar qorparchalar.
Bu o’yinda o’quvchilar qorparchalarga yozilgan yashirin so’zlarni oladilar va guruhlarini shu so’zlar ,bilan nomlaydilar:
Vatanim , Insonparvarlik ,Yoshlar .
Ushbu so’zlar orqali so’z birikmalari va har bir o’quvchi bittadan gap yozadilar:
Namuna : Mening vatanim, insonparvarlik tuyg’usi, yoshlar istiqboli…
Men Vatanim bilan faxrlanaman…
Har birimizda insonparvarlik tuyg’usini shakllantiraylik…
Vatan kelajadi yoshlar qo’lida…
Ma’nodoshini toping.
O’quvchilar guruhlariga berilgan so’zlarning ma’nodoshlarini topadilar:
Vatan-ulka, diyor, zamin, maskan, makon yurt…
Insonparvarlik-oliyjsnoblik, bag’rikenglik,odamshavanda, saxiylik…
Yoshlar –avlod, kamolot,bolalik…
Matn yaratish
Guruhlarga rasmlar tarqatila. Matn yaratish jarayonida har bir o’quvchi o’zidan oldingi o’quvchining fikrini o’qib, mazmun izchilligi buzulmagan halda yangi gap orqali fikrni davom ettiradi.Qaysi guruh matnni yozib tugatsa, birinchi matnni o’qib beradi.
Qish ziynati
Mening yurtim
Tabiat manzarasi.
Matn yaratish jarayonida o’quvchilarda shakllantiriladigan BKM lar :
-savodxonlik oshiriladi;
-ichki yashirin qobiliyatlar namoyon bo’ladi;
-mustaqil fikrlab yozishga qiziqish kuchayadi;
-o’z ustida ishlash shakllanadi;
-yozma va og’zaki nutq boyligi oshiriladi;
-mushohada yuritish ,mustaqil xulosalashga o’rgatiladi;
-faolligi oshiriladi;
-ijodkorlik qobiliyati o’stiriladi;
-tez va savodli yozishga ko’nikma hosil qilinadi
Yaratilgan matnlar asosida fikr mulohazalar yuritilib , bahs-munozara o’tkaziladi.
Harakatni ifodalash
Insonlarda namoyon bo’ladigan xursand, qurquv, ayyorlik kabi his-tuyg’ular jarayoni harakatlar orqali namoyon etiladi,o’quvchilar bu jarayonni so’zlar va iboralar orqali ifodalab beradilar.
So’zdan iboragacha
Xursand-terisiga sig’madi, boshi ko’kka yetdi, og’zi qulog’ida …
Qo’rqdi-kapalagi uchdi , tarvuzi qultig’idan tushdi, yuragi yorildi…
Ayyor –ilonni yog’ini yalagan, yulduzni benarvon uradigan …
Iboralarni izohlash:
Yog’ tushsa yalaguday-toza,ozoda…
Halovatini topdi-tushundi, angladi…
Yegan og’iz uyalar-indamaslik ,gapirmaslik,jim turmoq,gunohkor…
Sonlarda gavdalanish
O’tilgan mavzular takrorlanadi:
2 raqamiga oid bo’lgan ona tili qoidalarini o’quvchilar doskaga yozadilar:
-sodda gaplar ikki xil(sodda yug’iq va sodda yoyiq);
-nutq tovushlar ikki xil ( unli va undosh);
-so’z birikmasidagi so’zlar 2 ta (tobe va hokim so’z);
-kesim turlari (ot kesim va fe’l kesim);
-bosh bo’laklar ( ega va kesim);
-aniqlovchi turlari (sifatlovchi aniqlovchi , qaratqich aniqlovchi);
-soz turkumlari( mustaqil va yordamchi);
-otning turlari ( atoqli va turdosh otlar);
-gap bo’laklari(bosh bo’lak va ikkinchi darajali bo’lak);
3 raqamiga oid:
-fe’l zamonlari (o’tgan zamon , hozirgi zamon, kelasi zamon );
-shaxslar (so’zlovchi, tinglovchi ,o’zga);
-yordamchi so’zlar(bog’lovchi,ko’makchi, yuklama);
-kelishik qo’shimchalar so’roqlari( kim, nima, qayer);
-eganing so’roqlari(kim ,nima qayer)
4 raqamiga oid:
-sifat darajalari(oddiy, qiyosiy, orttirma, ozaytirma);
-gapning ifoda maqsadiga ko’ra turi (darak,so’roq, buyruq, istak gap);
O’tilgan mavzular takrorlanadi, xotirasi charxlanadi.
Uyga vazifa: “Mening maktabim” mavzusida hikoya yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |