O‘qituvchi: N.shakadirova Matn muharrirlari Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Hayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga, yozuv quroli ham takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar о'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avto-ruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon-matn o'zgartirilishi kerak bo'lsa, uni qayta ko'chirib yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu esa juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq. Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Hatto bir rusumli kompyuter uchun ishlab chiqilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlari uchun „RED", „Volna", „Punktir”, IBM rusumidagi kompyuterlar uchun „WD", “Foton”, “Leksikon”, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo. Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Ma'lumotlarni kiritish
Xatoliklarni tuzatish
Belgilar, so'zlar, satrlar, abzaslar o'rnini almashtirish yoki o'chirib tashlash
Matnni biror “qolipga solish”, ya'ni chap va o'ng tomonlarini tekislash, satrlar orasidagi masofani o'zgartirish
Matnni diskda saqlash
Matnni diskdan o'qish
Chop etish
Matn muharrirlarida, asosan, matnning mazmuniga e'tibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) ahamiyatga ega bo'lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi. Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari:
ishchi maydoni
menyu
yurgich
Ishchi maydoni Matn muharriri kompyuter ekranida „ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks etib boradi. Yurgich Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda, gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi. Menyu Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida, asosan, matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Masalan, “Блокнот” matn muharriri Файл, Правка, Формат, Вид, Справка menyulariga ega. Bloknot matn muharriri Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular biroz farqlansa-da, ma'nosini tushunib olish qiyin emas. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba'zi matn muharrirlari menyusida „yozish" deb nomlangan bo`lsa, boshqalarida „saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida „o'qish", „yuklash" yoki „ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo’lsa ham deyarli bir xil ma'noni anglaiadi va aynan bir xil vazifani bajaradi. Imkoniyatlari ko'proq bo`lgan matn muharrirlari kamroq imkoniyatli matn muharrirlari bajara oladigan barcha amallarni bajarish imkoniyatiga ega. Shu bois yuqori imkoniyatli matn muharririda ishlashni o'zlashtirib olsangiz, boshqa matn muharrirlarida ishlash qiyinchilik tug'dirmaydi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |